Домой mavzular Hozirgi kundagi global muammolar

Hozirgi kundagi global muammolar

Hozirgi kundagi global muammolar.

Hozirgi kundagi global muammolar.

Hozirgi kundagi global muammolar. Dunyo sanoatlashib borayotgani sari insoniyat uchun yangidan yangi xavf-xatarlar  va koʻlami ham ortib bormoqda.

Oʻtgan asrlardan boshlab yadroviy urushlar, global moliyaviy inqiroz, epidemiya, suv toshqinlari yoki choʻllanish kabi muammolarga qarshi kurashib kelinayotgan boʻlsa, yangi asr arafasida ozon qatlamining yemirilib borayotgani ular safiga qoʻshilib, u keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar jiddiy ahamiyat kasb etmoqda.

Maʼlumki, ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan oʻrtacha 15-50 km. balandlikda joylashgan. Qutblarda esa, bu bor-yoʻgʻi 8 km. balandlikda boshlanadi. Ahamiyatlisi, 20 kilometrdan 25 kilometrgacha oraliqdagi 5 km.da ozonning eng zich qismi bor. Tashqaridan ozon juda katta qatlamni tashkil etsada, aslida uning zichligi kam, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 mm.li yupqa plyonka hosil boʻlishi mumkin.

Maʼlumotlarga qaraganda, oxirgi chorak asr davomida odamlarda teri saratoni, koʻz kasalliklari, immun tizimining susayishi kabi kasalliklar tobora koʻpayib bormoqda. Qolaversa, oʻsimliklar dunyosi va hayvonot olamida ham sezilarli salbiy oʻzgarishlar qayd etilmoqda. Ayniqsa, dehqonchilik tarmogʻida hosildorlik pasaya boshlagan. Kislorod manbayi boʻlgan daraxtlarning barglari kichrayib, fotosintez jarayoni qiyinlashmoqda. Bularning barchasiga sabab ozon qatlamida tuynuklar paydo boʻlayotgani, borlari esa, tobora kattalashib borayotganligidir. Chunki, ozon Yerning qobiq qismlaridan biri boʻlib, u quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qilib keladi.

Ozon tuynugi dastavval, 1985-yil Antarktida ustida, keyinroq Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992-yil esa Arktika ustida kuzatilgan. Eng dahshatlisi, bundan 20 yillar muqaddam Shimoliy qutb tepasida ozon qatlamidagi tuynuk hajmi rekord darajaga – 26 mln. kv. km.ga yetganligi aniqlandi. Buni bemalol Afrika qitʼasi hududiga tenglashtirish mumkin. Bu oʻz navbatida, sayyoramizning oʻziga xos himoya qalqoni hisoblangan ozon qatlami muhofazasiga har qachongidan koʻproq va jiddiyroq eʼtibor qaratish hozirgi davrda gʻoyat muhim ekanligini koʻrsatmoqda.

Toʻgʻri, Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1985-yil Vena konvensiyasi, 1987-yil Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarga koʻra, ozon tuynuklarni keltirib chiqarayotgan sanoatdagi xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi taʼkidlangan. Biroq, mazkur xalqaro hujjatlar ijrosiga koʻplab davlatlar yetarlicha eʼtibor qaratishayotgani yoʻq.

Oʻylashimcha, yuqorida keltirilgan xalqaro hujjatlarga qoʻshimcha ravishda har bir mamlakat ekologiya, xususan ozon qatlami muhofazasiga doir alohida milliy dastur qabul qilishi lozim. Bu fuqarolarning ekologik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Ona sayyoramizga xavf solayotgan global muammo: sabablar va yechimlar!..

Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston misolida quyidagi ishlar amalga oshirilishi taklifini bildiraman:

  • Maktabgacha taʼlim muassasalaridan tortib Oliy taʼlimning yuqori bosqichigacha ekologiya, jumladan ozon qatlamini muhofaza qilishga doir dars va mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻyish;
  • OAV va media makonni ekologik muammolar hamda ularni bartaraf etishga oid sifatli kontentlar bilan boyitish;
  • Respublika boʻylab har oy kamida bir marta “Avtomobilsiz kun” aksiyalarini oʻtkazish;
  • “Yashil Oʻzbekiston-2040” konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • Ekologik muammolar keltirib chiqarayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlikni kuchaytirish;
  • Ekologik toza va energiya tejamkor korxona va zavodlar faoliyatini ragʻbatlantirish;
  • Hududlarda jahon, xususan Finlyandiya davlati tajribasidan kelib chiqib velosiped yoʻlaklarini bunyod etish va boshqalar.

Xulosa sifatida,Hozirgi kundagi global muammolar – ozon qatlamini himoya qilish barchamiz uchun oldimizdagi nihoyatda  muhim boʻlgan vazifa. Ushbu vazifani ortga surish, befarqlik yoki uni shu bugun amalga oshirmaslik ona sayyoramizni halokatga mahkum etish bilan barobardir.

Tavsiya etamiz:  O’zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari.