O’zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari.
O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari. O`zbekiston halqlari tarixini yozish o`z tarixshunosligiga ega bo`lib, bugungi kunda ham dolzarb vazifalardan biridir. Mustaqillik sharafoti bilan O`zbekistonning hech qachon o`zgarmaydigan, xolisona tarixini yozish imkoniyati tug`ildi.
O`zbekiston xalqlari tarixining tarixshunoslik tahlili shuni ko`rsatadiki, soxta yoritilgna tarix, hech qachon haqiqiy tarix asari bo`lolmaydi. Uning tarbiyaviy ahamiyati ham bo`lmaydi, yo`q desak ham adashmaymiz, aksincha bunday asarlar xalqni chalg`itadi, ongini o`tmaslashtiradi. O`zbekiston xalqlari tarixni bilishligi dolzarb vazifasi – tarixiylik-haqqoniylikdir, haqqoniylik esa tarixning jon ozig`idir.
O`zbekiston xalqlari tarixnavisligining dolzarb vazifalaridan biri davlatchilik tarixini yoritishdir. Bu yo`nalishda eng qadimgi davr tarixini o`rganish muhim bo`lib, birinchi galdagi vazifa yozma manbalar tarixiga katta e`tiborning qaratilishidir. Bu borada bir guruh olimlar tomonidan “Qadimgi yozma yodgarliklar” kitobining nashr etilishidir.
O`rta Osiyo tarixi bo`yicha ilk yozma manba “Avesto” ni o`zgarish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. M.Ishoqov tomonidan “Avesto” ning “Yangi kitobi” o`zbek tilida o`girildi, nashr etildi. (Avesto yangi kitobi /Mirsodiq Ishoqov tarjimasi. – Toshkent, 2001). Ayni paytda o`zbek davlatchiligi tarixini o`rganish bo`yicha ham izlanishlar boshlanib, uning ilk natijalari rus va o`zbek tillarida “O`zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari” sifatida chop etildi. (O`zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari / Mas`ul muharrirlar D.A.Alimova va EV.Rtveladze. Mualliflar. T.Shirinov, M.Filanovich, B.Kochnev, R.Mukminova, G.Agzamova, N.Abdurahimova, D.A.Alimova, S.A`zamxo`jaev, Q.Rajabov, A.Golovanov. – toshkent, 2001). Ushbu asarning o`rta asrlarda o`zbek davlatchiligining tarixiga bag`ishlangan qismida turk haqonligi, G`aznaviylar davlati, Qoroxoniylar xonligi va Amir Temur davlati haqida so`z uyritilgan. Shuningdek, XVI-XIX asrlarda hukm surgan Buxoro, Xiva va Qo`qon xonlarida davom ettirilgan davlatchilik an`analari hamda Rossiya imperiyasi va sovet davridagi boshqaruv tizimi tahlil etilgan.
Bu davrda o`zbek xalqining shakllanish tarixini o`rganish borasida ilk izlanishlar boshlandi. Bu masalada Karim Shoniyozovning qarluq davlati tarixiga va o`zbek xalqining shakllanishiga bag`ishlangan kitoblari nashr qilindi. (Shoniyozov K. Qarluq va qarluqlar – Toshkent 1999: O`zbek xalqining shakllanish jarayoni D.Alimova, Z. Orifxonova va boshqalar – Toshkent 2001).
O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari. O`zbekistonning mustamlaka davri tarixini o`rganish borasida ham ma`lum natijalarga erishildi. Turkistonning XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar tarixi bo`yicha “Turkiston v nachale XX veka” nomli asar mualliflar guruhi tomonidan tayyorlanib, R.Rajabova tahriri bilan chop etildi. (Turkiston v nachale XX vka: k istorii Ismonov natsional’noy nezavisimosti /Ruk.proekta
D.Alimova, nauch.rezaktor R.Radjapova, avtorы R.Rajapova, R.Abdullaev,
S.Agzamxodjaev, I.Alimov, A.Golovanov, R.Nurullaev, V.Ivanov, E.Prilutskiy,
K.Rajabov, V.Semennok, M.Xasanov, -Toshkent, 2000).
O`zbekiston xalqlari tarixshunosligining yana bir dolzarb vasifasi, bu XX sar tarixini yoritishdir. XX asr insoniyat tarixida erkinlik, shu bilan birga inson huquqlqrining paymol bo`lishi, tug`ilishning ko`payib, insoniyat sonining keskin o`sishi, eng ayanchlisi millionlab insonlarning qirilib ketishi, ayniqsa ikkinchi jahon urishi yillaridagi fojialardir. Mazkur davrda O‘zbekiston xalqlari tarixlarida yana bir bor mustamlakachilik sirtmog‘iga tushdilar. Turkiston o‘lkasining rus mustamlakachiligi va sho‘ro hukmronligi davrida kechgan hayoti tarixiy ilmiy adabiyotlarda qay nuqtai nazardan bo‘lmasin har holda nisbatan to‘laroq ifoda etilgan deyish mumkin. Bu adabiyotlarni mazmun va mohiyat jihatdan 4 davrga ajratsa bo‘ladi.
Birinchi davr – asosan 1917 yilgacha yozilgan tadqiqotlarni, ikkinchi davr – 20-50 yillarda, uchinchi davr esa 50 yilda to 80 yillar birinchi yarmiga qadar yaratilgan asarlarni qamrab oladi.
To‘rtinchi davrga oid adabiyotlar tarixshunoslikda «qayta qurish» deb nom olgan 80 yillarning ikkinchi yarmidan to O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga qadar va mustaqillik yillarida vujudga kelgan asarlar majmuidan iboratdir.
Tarixshunosligimizdagi yana bir muhim muammo shundan iboratkim, mustaqilligimiz tufayli siyosiy, madaniy ongning o`sishi, milliy ong va milliy g`urur uyksalishiga sabab bo`lmoqda.
Imperiyaning parchalarish jarayoni nechog`liq qiyin kechgan bo`lsa, undan so`ng uyzaga kelgan “Postimperiya” MDX makonidagi siyosiy, iqtisodiy, ma`daniy munosabatlar tarzi ham shu qadar murakkab tus oldi va bu xol davom etmoqda. Bu murakkablikning kamida ikki asosiy jihati mavjud. Birinchi jihati – mustaqil davlatlarning mundan buyongi taraqiyot yo`li qanday kechadi? Ikkinsisi – “Postimperiya” hozirgi MDX makonida o`zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy, manaviy munosabatlar jarayonining bugini va kelajagi qanday bo`ladi.
O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari. Quyida mustaqillik yillarida tarixchi olimlarimiz tomonidan chop etilgan mustaqillik davri tarixshunosligi oid asarlar keltirilgan:
- Axmedov B. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari. 1991 y.
- Axmedov B. Tarixdan saboqlar. 1994 y.
- Saidqulov T. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar. 1993 y.
- Karimov Sh., Shamsiddinov R. Turkiston Rusiya bosqini davrida. 1995 y.
- Kamoliddinov S. Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX nachalo XIII veka. 1996 g.
- Choirov Z. Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari (19161917 yillar) 1999 y.
- Rahimov J. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxiv manbalaridan foydalanish. 1995 y.
- Bobobekov X. Qo‘qon tarixi. 1996 y.
- O‘zbekiston tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb masalalari. 1993 y.
- O‘zbekistonning yangi tarixi (Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida) 2000 y.
O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari.