Tashkilotni boshqarish.
Tashkilotni boshqarish.Boshqaruvning mohiyati va boshqaruv tarkibining tuzi- lishini tushunib olishni quyidagi besh bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Tashkilot mehnat jarayonlarining umumlashmasi sifatida namoyon
bo’ladi. Tashkilotlarni boshqarish – ishlab chiqarish jarayonlarini to’g’ri tashkil
qilish va mehnat unumdorligini oshirish. Tashkilotni menejer tuzadi va nazorat qiladi.
2. Tashkilot – eng barqaror qurilgan (ma’muriy mexanizm) piramida. Unda korporativ odob-axloq, javobgarlik va vakolat balansi, mehnat taqsimoti, bir fikrlilik, aniq tarkib namoyon bo’ladi.
3. Tashkilot – byurokratiya, bunda inson – individual belgilarga ega ekanligining huquqsizligi natijasida bu ulkan mashinaning detali, butunni yaratish uchun material. Shaxsning individualligi ko’rsatmalarga qat’iy amal qilish bo’yicha yaratilgan ishlanmalar bo’yicha deyarli yo’q qilingan.
4. Yigirmanchi asrning 30-40 yillarida Elton Meyo tashkilotga «qabila
sifatida qarash kerak va shunga muvofiq uni boshqarish lozim» degan taklifni kiritdi. U ham
insonni ulkan mashinaning detali deb qabul qildi. Lekin u har bir insonning
individualligi huquqini himoya qilib, inson o’z fikrini o’zaro munosabatlarda, ichki
muhitda va tashkilotdan tashqarida ham bildirishga haqqi borligini
alohida ta’kidladi. Bu kontseptsiya bo’yicha birinchi rejaga, oldinga shaxslar
o’rtasidagi va guruhlar o’rtasidagi munosabatlar qalqib chiqadi. Demak , boshqaruv –
guruhlarning ruhiy tarkibiga asoslanishi kerak. Aks holda, o’zboshimchalik,
nazoratga bo’ysinmaydigan «o’zim quraman» kelib chiqishi mumkin.
5. Tashkilot – bu ijtimoiy texnik tuzim. Chunki unda texnologik asoslar
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun odamlarning o’zaro harakatlari ham texnika
bilan bog’langan. Texnik tizim bilan shaxslar o’rtasidagi munosabatlar tizimi chuqur
integratsiya bo’lishi mumkin. Texnik tizim ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq, shaxslar
o’rtasidagi munosabatlar – ishlab chiqarish tizimi. Tashkilot shuning uchun ham murakkab va ehtimolli tizim.
Tashkilotni boshqarish o’zida nafaqat tashkiliy tarkiblardan iborat murakkab tizimlarni namoyon qiladi va shu bilan birga tashkilotni boshqarish usullarni, maqsadlar, jarayonlarni ham o’z tarkibiga oladi. Har qanday tashkilot doimiy ravishda o’zaro harakatlarda va muvozanat harakatlardagi ko’plab elementlardan tashkil topgan. Bu elementlar biri-biri
bilan uyg’unlashib yirik shakllarni, komponentlarni hosil qiladi. Ya’ni tabiatdagi
tizimdagidek, boshqaruv tizimining hosil bo’lishi jarayonlari boshlanadi. Har qanday
tashkilotda yagona boshqaruv tizimi sifatida quyidagi ikkita komponent-
tizimosti (tizim, sub’ekt) boshqaruvi va boshqariladigan tizim (ob’ekt, tizim) mavjud.
Tashkilotning boshqaruv tizimi tarkibida quyidagi tizim osti tizimlari ajratiladi:
• boshqaruv tarkibi: (funktsional tarkiblar; tashkiliy munosabatlarning sxemasi; tashkiliy tarkiblar; personalning professionalligi);
• boshqaruv texnikasi: (hujjatlarning aylanishi tizimi; axborot kanallari; komp`yuterli va orgtexnika, idora mebellari);
• boshqaruv jarayoni: (kommunikatsiya; jarayonlar sxemasi; qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; axborotli ta’minot);
• boshqaruv metodologiyasi: (maqsadlar; vazifalar;qonunlar va tamoyillar; usullar va funktsiyalar; texnologiya va boshqaruv amaliyoti).
Tizimosti tizimlarining tarkiblari yuqorida keltirilgan elementlardan
tashkil topgan bo’lib, har bir element ma’lum bir voqe’lik yoki jarayonni
anglatadi va elementlar uyg’unlashuvida o’zaro hamkorlik harakatlarini boshlaydi.
Boshqaruv bo’yicha birinchi darslikni Angliyalik matematika va muhandislik professori,
tadbirkor Charl`z Bebidj yaratdi-“Mashina iqtisodi va ishlab chiqarish”-1832 yilda.
Boshqaruv tarkibi, boshqaruv texnikasi, boshqaruv jarayoni va boshqaruv
metodologiyasidagi elementlar nafaqat o’z tizimidagi harakatlar bilan balki,
qayd qilingan to’rt tizimosti tizimidagi barcha elementlar bilan
o’zaro munosabatda va biri-biri bilan bog’langan harakatlarda faoliyat
ko’rsatadi. Boshqaruv metodologiyasi bilan boshqaruv jarayonining o’zaro hamkorlikdagi
harakatlari – boshqaruv faoliyati jarayoni sifatida baholanadi. Boshqaruv tarkiblari
bilan boshqaruv texnikasi va texnologiyasining o’zaro hamkorlikdagi
harakatlari – boshqaruv faoliyati hodisasi sifatida baholanadi. Boshqaruv
faoliyati jarayoni bilan boshqaruv faoliyati hodisasi boshqaruvning tizimiga zamin
tayyorlaydi va boshqaruv tizimi ishlab chiqiladi Boshqaruv tizimining ishlab chiqilishi bu
tashkilot faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Ya’ni, tashkilotni yuzaga
keltirishdagi murakkab vaziyatlardan chiqish, boshqaruv nazariyalari tahlili, bashoratlar,
maqsad va vazifalarni belgilash, strategik rejalar, loyihalar va boshq.. ortda qolib,
boshqarishni tashkil qilish va boshqarish dastlabki fikrlardagi
tashkilotni emas balki, faoliyatlar bilan personalni boshqarishdan iborat
ekanligi ma’lum bo’ladi.
E’tibor qilinsa, boshqaruvning tarkibida boshqaruvning tamoyillari, boshqaruvning
funktsiyalari, boshqaruvning usullari, qandaydir tizimlar va tizimosti tizimlari
qayd qilinmagan va keltirilmagan.
20-rasm diqqat bilan tahlil qilinsa, tashkilotni boshqarishning
muayyan asoslari personalni, odamlarni boshqarish bo’lib chiqadi. Bu esa
menejmentning kelib chiqishi, menejmentning nazariyalari, menejmentning maktablari,
menejmentning modellari, menejmentning tamoyillari va boshqaruvni yodga soladi.
Zamonaviy tashkilotlarning boshqaruv tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi
kerak:
-yuqori egiluvchanlikka egaligi;
– ishlab chiqarishning murakkab texnologiyasi talablariga, nazoratning muvofiq shakliga,
tashkillashtirish va mehnat taqsimotiga adekvatli bo’lishi;
– bozor kon’yunkturasi, korxonaning ichki va tashqi muhitidagi omillarning o’zgarishiga tezkor ta’sir ko’rsatishi;
-mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi raqobatni hisobga olishi;
– shartnomalarning bajarilishi va iste’molchilarga sifatli xizmatlar ko’rsatilishi talablarini hisobga olishi;
– tashkilotni yuqori samarada boshqarishni ta’minlash;
– tashkilotning rivojlanishiga yordam berishi;
– amaliyotdagi ilg’or tajribalar va fan yutuqlarini joriy qilishni ta’minlash;
– me’yorlardagi har qanday og’ishlar (narx bo’yicha,sifatdagi og’ishlar, muddat va boshq..) tezlikda qayd qilinishi va o’sha vaqtda korxonaning oldingi me’yorli holatida ishlashini ta’minlovchi qarshi tadbirlarni ishlab chiqishiga, o’z-o’zini boshqarib borishiga yordam
berishi.
Boshqaruv stili. Ruscha-o’zbekcha lug’atda (Qo’shjonov M.Q.
rahbarligida tayyorlangan, O’zbek Sovet Entsiklopediyasi Bosh redaktsiyasi, Toshkent,
1983-1984yy.). Stil-uslub, stil; avtoritar-hokimlik, diktatura, so’zsiz
bo’ysinishga asoslangan; demokratiya-xalq, xalq hokimiyati, liberal-hur
fikrli, murosasozlik deb tarjima qilingan.
Korxonalarni va tashkilotlarni boshqarishda boshqaruv stili hozirgi vaqtda ancha
o’zgaruvchan, biror bir tizimga qattiq bo’ysunish me’yorlarida emas. Chunki, xususiy
mulkka asoslangan erkin bozor sharoitlarida ko’plab tashkilotlar va korxonalar xususiy
hisoblanganligidan bu tashkilotlar va korxonalarning egalari boshqaruvni o’zlari
tanlamoqdalar. Lekin, boshqaruvda avtoritar, demokratik va liberal boshqaruv stillari
ustivorlikda qolmoqda. Tashkilotni boshqarish.
Muallif: Pardaev. O. M.