Домой mavzular Tashkilotning turlari va tiplari.

Tashkilotning turlari va tiplari.

Tashkilotning turlari tiplari

Tashkilotning turlari tiplari

Tashkilotning turlari va tiplari.

Tashkilotning turlari va tiplari.

Tashkilotlarning turlari. Huquqiy-tashkiliy shakllar bo’yicha tashkilotlarning tasnifi.
Tijorat tashkilotlari:
• jamiyat va o’rtoqlik xo’jaligi;
• o’rtoqlik xo’jaligi;
• to’liq o’rtoqlik;
• ishonch asosida o’rtoqlik;
• xo’jalik jamiyati;
• aktsioner jamiyati;
• ochiq aktsionerlik jamiyati;
• yopiq aktsionerlik jamiyati;
• mas’uliyati cheklangan jamiyat;
• qo’shimcha mas’uliyatlik jamiyat;
• ishlab chiqaruvchi kooperativ (artel`);
• davlat va munitsipal korxonalar;
• operativ boshqaruv huquqidagi tashkilotlar.
Notijorat tashkilotlar:
• iste’molchi kooperativlar (ittifoq, jamiyat);
• fondlar;
• jamoaviy va diniy tashkilotlar (birlashmalar:
• idoralar;
• huquqiy shaxslar birlashmalari (assosatsiyalar va ittifoqlar).
Tashkilotlarning kapitalga egaligi bo’yicha tasnifi. Kapitalga egalik bo’yicha va shunga muvofiq korxonalar ustidan nazorat bo’yicha milliy, chet el va birgalikdagi (aralash) korxonalarni ajratishadi.
Milliy korxona – o’z mamlakatidagi tadbirkorlarning kapitaliga ega korxona. Joylashuv o’rni va asosiy kompaniyaning ro’yxatdan o’tkazilishi bilan ham aniqlanadi. Chet el korxonasi – kapitali chet el tadbirkorlariniki bo’lgan va uning nazoratini qisman va to’liq o’rnatadigan korxona. Chet el korxonalari aktsionerlik jamiyati yaratish yoki chet el kapitaliga boruvchi mahalliy firmalarning aktsiya paketlarini sotib olish bilan tashkil qilinadi.
Qo’shma yoki aralash korxonalar – kapitali ikki yoki undan ko’p davlatlarniki bo’lgan korxonalar. Qo’shma korxonalar bir tashkilotda ro’yxatdan o’tadi va bu korxonaning shtab- kvartirasi ya’ni boshqaruvining manzilini bildiradi.
Aralash korxonalar – bu aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo’shma
korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, to’liq yoki hissabay ko’rinishda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar hisoblanadi.
Birgalikdagi, aralash korxonalarni ularning maqsadlari hamkorlikdagi tadbirkorlik
faoliyatlarini amalga oshirishdan iborat bo’lsa, qo’shma korxonalar deb ham atashadi. Kapital bo’yicha aralash shaklli kompaniyalar turli-tuman bo’lib, ko’pincha xalqaro
kartellar, sindikatlar, trestlar, kontsernlar kabi birlashmalarning tashkil qilinishiga
zamin yaratadi.
Davlat tizimida xo’jalik, madaniy, jamoaviy, diniy, xalq xo’jaligi va boshqalar
kabi turli-tuman vazifalarni hal qiluvchi ijtimoiy tashkilotlarning juda katta
miqdorlari mavjud. Bu tashkilotlardagi o’xshashlikni aniqlash ulardagi ajralib turuvchi
belgilarni yozib chiqishda ma’lum bo’ladi. Ko’plab tashkilotlar o’z oldilariga biri-biridan
farqlanuvchi maqsadlarni qo’yganligi uchun, turli tipli tashkilotlarning faoliyatlarini
o’rganish uchun turli usullardan foydalaniladi.
Hattoki, maishiy vazifalarni yechishda ham biz ularning tasniflaridan foydalanamiz.
Aniq vaziyatlarga bog’liq ravishda bizni savdo tashkilotlari, ijtimoiy,
maishiy yoki tibbiy xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar qiziqtirib qolishi
mumkin.
Tashkilotlarning aniq guruhdaligi ularning davlat nazorat organlari,
bojxona xizmatlari, soliq nazoratiga bo’lgan munosabatlarini aniqlab beradi.
An’anaviy tasniflar turli tashkilotlarning hududiy belgilari yoki faoliyat
turlari bo’yicha yoki boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha yaratiladi. Keltirilgan xulosalardan
ma’lum bo’ladiki, tashkilotlarni turlar va tiplarga bo’lishning, tasniflashning juda
ko’plab usullari mavjud. Aniq usulni tanlash, qo’yilgan vazifalarni yoki o’tkazilayotgan
tadqiqotlarning maqsadini aniqlash orqali

• hokimiyatsiz tashkilotlar;
• tijorat tashkilotlari;
• notijorat tashkilotlari;
• byudjet tashkilotlari;
• byudjetsiz tashkilotlar;
• jamoat va xo’jalik tashkilotlari;
• rasmiy tashkilotlar;
• norasmiy tashkilotlar.
Tashkilotlar tarmoqlarga egaligi bo’yicha ham tasniflanishi mumkin:
• transport;
• sanoat;
• savdo;
• qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash boshqa faoliyat yo’nalishlari. Tashkilotlarni ularning ijtimoiy vazifalarni yechishi bo’yicha ham tasniflashadi:
• iqtisodiy;
• moliyaviy;
• siyosiy;
• tibbiy;
• ta’lim va boshqa faoliyat yo’nalishlari.
Ijtimoiy tashkilotlarni uchta asosiy turga bo’lishadi:
• ishchan tashkilotlar;
• jamoat tashkilotlari;
• assotsiativli tashkilotlar.
Ishchan tashkilotlar (korxonalar, ta’sischilar va boshq..). Bu tashkilotlarning
maqsadlari, daromadlarni oshirishga asoslangan usul, ya’ni – tijoriy g’oya hisoblanadi.
Jamoat tashkilotlari jamoaning muhim maqsadlarini birlashtiruvchi individual
qatnashuvchilardan tashkil topadi. Bu tashkilotlar ishchan tashkilotlardan farqlanib, jamoaning ijtimoiy muammolarini yoki o’z tashkiloti a’zolarining muammolarini yechish bilash shug’ullanadi.
Assotsiativli tashkilotlar shaxsiy hurmat, o’zaro bog’langanlik,
qo’llab-quvvatlashga asoslangan umumiy manfaatlar oila, tanishlardan
orttirilgan do’stlar davrasi, talabalar uyushmasi, norasmiy guruhlar va birlashmalarga xizmat ko’rsatadi.
O’rtoqlik – birgalikdagi iqtisodiy faoliyat uchun fizik yoki yuridik shaxslarning birlashuvi. Bu
tashkilotlar faoliyat yo’nalishlari bo’yicha quyidagilarga ajratiladi: to’liq-
subsiyadalangan javobgarlik, daromad va zarar paylar bo’yicha proportsiyali; kommanditli
(yuqoriga)– kiritilgan mablag’ chegaralaridagi tavakkal qiluvchi tashkilotlar.
Jamiyat – umumiy xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun korxona, fuqarolarning
birlashuvi. Bu tashkilotlar faoliyatlari yo’nalishlari bo’yicha: aktsioner jamiyat
(ochiq, yopiq); mas’uliyati cheklangan jamiyat; qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat.
Qo’shma korxona – chet el investorlarining ulushi qatnashadigan korxona,
xalqaro iqtisodiy hamkorlikning eng samarali shakli.

Qo’shma korxona yaratishda bir maqsad yo’nalishida faoliyatni birlashtirish uchun turli
mamlakatlardan ikki va undan ko’p hamkorlarning kapitallari birlashadi. Qo’shma
korxona bu korxona a’zolarining qatnashuvida shartnoma asosida aktsionerlik
jamiyati shaklida, mas’uliyati cheklagan jamiyat shaklida tashkil qilinadi. Qo’shma korxona uni tashkil qilgan, ta’sischisi bo’lgan, ro’yxatdan o’tkazgan davlatning yuridik shaxsi
hisoblanadi. Qo’shma korxona ustav fondining kamida 30% chet el investitsiyasi hisoblanadi va o’zining mahsulotini litsenziyasiz eksport qilishi mumkin.
Transmilliy korporatsiya – o’zining asosiy operatsiyalarini mamlakat
tashqarisida amalga oshiradigan, bir qancha davlatlarda ro’yxatdan o’tgan va bu
davlatlarda tarmoqlari, bo’limlari, filiallari, korxonalari bo’lgan kompaniya,
korporatsiya, firma.
Sindikat – tarkibiga kirgan korxonalarning ishlab chiqarish va yuridik
mustaqilligini saqlagan holda barcha tijorat ishlarini amalga oshirishni o’z
zimmasiga olgan tadbirkorlarning yirik birlashmasi.
Kartel` (frantsuzcha – cartel, italyancha – cartelio)- korxonaning profili
bo’yicha kvotalash, ishlab chiqarish va sotuvning hajmi, baho, sotuv
bozori, litsenziyalarni almashtirish, mahsulotlarni standartlashtirish, boshqaruv
tajribalarini almashishlar bo’yicha ochiq yoki yopiq kelishuvlari yaqin
bo’lgan guruhlarning, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning shartnoma
asosida birlashmalar tashkil qilish shakli.
Kartellar ichki va xalqaro, eksportli va importli, ochiq va yopiq shakllarda faoliyat yuritadi. Odatda kartellar uzoq, uzaytirilishi mumkin bo’lgan muddatlarga yaratiladi.
Konsortsium (lotincha – consortium – qatnashish) – yirik (katta hajmli kapital) loyihani amalga oshirishda dasturlarni amalga oshirish, aniq vazifalarni bajarish uchun ixtiyoriy birlashgan tashkilotlar. Konsortsiumga turli profil va o’lchamlardagi xususiy mulk shakllardagi korxonalar va tashkilotlar kirishi mumkin.
Trest (inglizcha – trust) – korxonalarning, firmalarning birlashuvi. Uning tarkibiga kiruvchi va qatnashchilar o’zlarining savdo-ishlab chiqarish mustaqilligini yo’qotadi, bu sohalarda o’zlarining faoliyatlarini markaziy boshqaruv qarorlari rahbarligi ostida bajarishadi.
Konglomerat (lotincha – songlomeratus – to’plangan) – bozorning turli bo’limlarida faoliyatlar ko’rsatuvchi turli profildagi firmalarning ittifoqlashuvi shakli.
Moliyali-sanoatlashgan guruh (MSG) – federal darajada ro’yxatdan o’tgan huquqiy mustaqil korxonalar, moliyali va investitsiyali institutlar, moddiy resurslar va kapitalning birlashmalari. MSGning bosh tashkiloti ishlab chiqaruvchi tarkib, bank, moliya kompaniyalari bo’lishi mumkin.
Xolding kompaniyalari (hold – ushlab turmoq)-tashkiliy-huquqiy shakllar bilan bog’lanmagan, erkinligi o’zida bo’lgan, boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning nazorat aktsiya paketlarini o’zining aktivlariga kirituvchi tashkilot. Xolding – boshqa kompaniyalarning boshqaruv faoliyatlarini nazorat qilish maqsadida ularning nazorat aktsiya paketlari yoki pay ulushlariga egalik qiluvchi kompaniya yoki korporatsiya.
Kontsern – bu mustaqil korxonalarning (tashkilotlarning) birlashuvi, ular birlashmadagi
faoliyatlarda o’zaro ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab
chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vositasida bog’lanadilar. Kontsern o’ziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to’liq nazorat qiladi.
Korporatsiya (lotincha – sorporatio – birlashuv) – yuridik shaxs-sub’ekt huquqini tashkil
qiluvchi va qandaydir faoliyat uchun fizik va yuridik shaxslar birlashgan uyushmasi. Korporasiyani bir kasbdagi yoki bir faoliyat yo’nalishidagi fuqarolarning professional birlashuvi ma’nosida tushunish mumkin. Korporatsiya asosan bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi.
Bu ishlab chiqarishni monopollashtirishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga korporatsiya,
investitsiya kapitalining to’planishiga hamkorlik qiladi, ilmiy-texnik rivojlanishni
ta’minlaydi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi, mahsulotning
texnik darajalarini ko’taradi va raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Ko’p hollarda
korporatsiya aktsioner jamiyat ko’rinishida tashkil qilinadi.
Xususiy korporatsiyalarda aktsiyalarning katta qismi bir kishi, bir oila yoki
aktsionerlarning kichik guruhi qo’lida bo’ladi. Shuning uchun ham korporatsiya ishlab
chiqarishni yangilashda, mahsulotning yangi avlodini o’zlashtirishdagi tarmoqlarda
samarali tashkilot hisoblanadi.
Tashkilotlarning tiplari. Tashkilotlarning tiplari tashqi muhit bilan o’zaro hamkorlik
qilish bo’yicha mexanistik va organik tiplarga bo’linadi.
Tashkilotlarni loyihalashtirishda mexanistik yondoshuv rasmiy qoidalar va jarayonlardan
foydalanishi, qarorlarni markazlashuvda qabul qilishi va tashkilotda qattiq ieriarxik
hokimiyat bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ko’plab mutaxassislar mexanistik yondoshuvni
veber byurokratik tashkilotlarining sinonimi deb hisoblaydi.
Tashkilotlarni loyihalashtirishdagi organik yondoshuv rasmiy qoidalar va
jarayonlardan kuchsiz yoki mo»tadil foydalanishi, markazlashmagan va ishchilarning
qarorlar qabul qilishda qatnashishi, ishdagi mas’ullikning yuqoriligi, hoki- miyat tarkibining
egiluvchanligi va ieriarxik darajalarning uncha ham katta emasliklari bilan tavsiflanadi. Bu yondoshuv eskirmagan (rutinniy) texnologiyalardan (noaniqlikning yuqoriligi, ishni qaerda va qanday bajarish kerak) foydalanish sharoitlarida o’zining samaradorligini namoyish qiladi, tashkilotning yangi muhit bilan tezlikda moslashishini, o’zaro hamkorligini ta’minlaydi.
Bo’limlar bilan o’zaro harakatlanishi bo’yicha tashkilotlarning tiplari:
• an’anaviy tashkilotlar;
• divizional tashkilotlar;
• matritsali tashkilotlar.
An’anaviy tashkilotlar. An’anaviy tashkilot, tashki- lotlarni loyihalashtirishda
funktsional departamentlashti- rish va chiziqli kombinatsiyalash (o’zaro uyg’un
birikma) hisoblanadi. Tashkiliy tarkiblarning chiziqli-funktsional tizimlari
fabrika-zavod ishlab chiqarishi doirasida tarixan yuzaga kelgan va o’zgargan sharoitlarda
ishlab chiqarishning murakkablashuvi tufayli tashkiliy jarayonlarga “e’tibor” berishga
muvofiq, tashqi muhitning katta miqdorlardagi institutlari (ommaviy iste’molchi,
moliyaviy tashkilotlar, xalqaro raqobat, hukumat, qonunchilik va boshq..) bilan o’zaro
hamkorlik qilishning zaruratidan kelib chiqqan edi.
An’anaviy tashkilot o’ziga departamenttsiyalashning ikki tipidagi ustivorlikni qo’shib oldi va bu tashqi muhit sharoitiga muvofiq me’yorli rivojlanishga xizmat qildi.
Tashkilotlarning divizional tizimi oxirgi natija:
bozor yoki iste’molchi, mahsulotni asos qilib departamenti- zatsiyalashtirishdan o’sib
chiqadi. Shuning uchun ham bu tizim ko’p mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ko’p millatli
kompaniyalarda keng qo’llaniladi. Shuningdek, divizional tizim davlat
apparatini va jamiyat tashkilotlarini tuzishda ham keng qo’llaniladi.
Divizional tizim sanoatning turli tarmoqlarida katta ustuvorliklarga ega.
Yangi tip tashkilotlar. Insoniyatning taraqqiyotida menejmentning paydo bo’lishi dastlabki ibtidoiy qabilalardan boshlangan bo’lsa, hozirga kelib, uning yangi tuzilmalari, shakllari, turlari tiplari o’ta tez va qisqa vaqtlarda yuzaga chiqmoqda. Chunki, ilm-fan taraqqiyotida global chegaralarda innovatsiyaning ustuvorligi natijasida olamshumul tadqiqotlar amalga oshirilib, bu tadqiqotlarning natijalari zamonaviy texnologiyalar nomida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning davlatimiz
boshqaruvini mukammal demokratik asoslarga aylantirish yo’lida qonun
ustuvorligini takomillashtirish, “davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”
shiori, davlatlar bilan halqaro hamdo’stlikni rivojlantirish dasturlari,
ayniqsa 2019 yilni – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishologiyalarni
qo’llab quvvatlash” yili deb e’lon qilganligi mamlakatimizda xalqaro
miqyosda ham, davlatlar o’rtasida ham, mamlakatimizning o’zida ham
yangidan-yangi tashkilotlar tuzilishini, yuzaga kelishini oldindan aytib turibdi.
Shuning uchun ham tashkilotlarning yangi turlari va tiplarining soni ham
tasnifi ham ko’payib boradi.

Hozirgi kunda edxokratik, partisipativli va bozorga qaratilagan tashkilotlarni xalqaro miqyosda yangi tashkilot tizimi deb ta’riflamoqda. Bu tashkilotlarning ta’rifi Q.J. Mirzaevning loyihasi asosida Turdibekov X.I., Maxmudov Q.S. lar tayyorlagan Menejment.
O’quv uslubiy majmuasida (Samarqand, SamISI, 2016.) yaxshi tushuntirilgan.
Edxokratik (ing. adhocracy so’zidan), tashkilotlar nostandart va
murakkab ishlarga, qiyin belgilanadigan va tez o’zgaruvchan tuzilmalarga nisbatan
qo’llanilishi bilan ta’riflanadi. Bu tashkilotlarda maqsadlarga erishish
vositalari ijrochilar tomonidan tanlanadi. Har biri bevosita o’zining harakati uchun
javob beradi. Bunda yakka shaxs tashqaridan kuchli bosimni boshidan kechiradi,
u umumiylik hissini yaratuvchi ish tomonidan bir oz kuchsizlantiriladi.
Quyidagilar tashkilotning asosiy elementlaridir:
– xodimlar o’zlarining ishlarida yuqori malakali ekspertlar bo’ladilar, murakkab operatsiyalarni bajaradilar, bir-birlari bilan yuqori samarali tartibda aloqa qilishni biladilar;
– qarorlar qabul qilish huquqiy va hukmron ierarxiyadagi o’ringa emas, balki
ekspertli bilimlar va omilkorlikka asoslangan bo’ladi, moliyaviy nazorat
yuqoridan amalga oshiriladi;
– mukofotlash tizimi ekspertli bilimlar, xodimning ulushi, uning omilkorligi
va umumiy ishda ishtirok etish darajasida quriladi.
Bu tashkilotning tuzilishi uzviy asosga ega va aniq belgilanmagan, unda norasmiy va gorizontal aloqalar ustuvorlik qiladi. Tuzilmaning qismlari kichik o’lchamlarda saqlanib qoladi va doimo o’zgarib turadi, ko’pgina menejerlarda qandaydir bir ishga qat’iy bog’lanish yo’q. Bunday tuzilma odatda kontsentrik shakldagi rasm taassurotini qoldiradi, unda sanash nuqtasi bo’lib, undan tuzilma radial (radusli) yo’nalishlar bo’yicha doiralar bilan tarqalganday bo’ladi.
Partisipativli tashkilotlar. Partisipativli tashki- lotning asosida yotuvchi barcha darajadagi xodimlarni boshqaruvda ishtirok etish quyidagilarni ko’zda tutadi:
– qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish;
– maqsadlarni belgilashda ishtirok etish;
– muammolarni hal qilishda ishtirok etish;
Boshqaruvda ishtirok etishning quyidagi darajalari ajratiladi:
– takliflarni ilgari surish;
– qarorlarning muqobil loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– yakuniy qarorlarni tanlash.
Birinchi daraja – takliflarni ilgari surish – an’anaviy tashkilotga tarkibiy va boshqa o’zgartirishlarni kiritishni talab qilmaydi va u rahbar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday yondashuv markazlashtirilgan rahbarlikka ega korxonalarda keng qo’llanishi mumkin.
Ikkinchi daraja – muqobil loyihalarni ishlab chiqish – tashkilotda bu vazifani samarali
yechishi mumkin bo’lgan maxsus tuzilmalarni paydo bo’lishini talab qiladi. Amaliyotda bu
vaqtinchalik yoki doimiy qo’mitalar yoki komissiyalarni tashkil etilishida o’z aksini
topadi, ularga ushbu ishni bajarish topshiriladi.
Uchinchi daraja – muqobil loyihalarni tanlash – boshqaruvda ishtirok etish ilmiy-texnik,
texnik-iqtisodiy va boshqaruvchi xarakteridagi maxsus kengashlari ishi shaklida
amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Bu kengashlar tarkibiga, qoidaga ko’ra, tashkilot
ierarxiyasining pastroq darajasidagi, rahbar darajasidan keyinroq keluvchi shaxslar
kiradi.
Bozorga qaratilgan tashkilot. Tashqi muhit, ya’ni bozor bilan o’zaro hamkorlikning
xarakteriga ko’ra, bu o’zidan tashqarida bo’layotgan o’zgarishlarga tez
moslashadigan tashkilotning tashkiliy turidir. Tashkilot ichidagi qismlar o’zaro
hamkorligining xarakteri bo’yicha bu divizional, yoki matritsiyali tuzilma, yakka
shaxsning tashkilot bilan o’zaro hamkorligining xarakteriga ko’ra yakka shaxsli turdir.
Tashkilotning boshqalardan tubdan farqi shundan iboratki, agar oldingi hollarda
bevosita bozorning atrofida tashkilotning faqat bir qismi guruhlangan bo’lsa, bu
holda gap uning barcha qismlarning guruhlanishi haqida ketmoqda.
Tashkilotda mahsulotni iste’molchiga moslashtirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bunda
mahsulotni tez-tez o’zgarishi sodir bo’ladi. Barcha narsa qaror qabul
qiluvchilarni bu qarorini xarid qiluvchilar – iste’molchilar bilan
yaqinlashtirishga qaratilgan. Bu o’z navbatida, boshqaruv darajalarining
sonini kamaytirish va javobgarlikni iste’molchiga yaqinroq joylashgan va
xatarni o’ziga oluvchi ierarxiyaning pastki darajalariga topshirishni talab qiladi. Guruhli
ish, rolli hulk va ishonchga asoslangan o’zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilotning turlari va tiplari.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba