Домой mavzular Zamonaviy menejer.

Zamonaviy menejer.

Zamonaviy menejer faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar.

Zamonaviy menejer faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar.

Zamonaviy menejer.

Zamonaviy menejer.

MENEJER TUSHUNCHASI VA MENEJERNING VAZIFALARI.

Aniqlanishicha birinchi menejer angliyalik sanoatchi Robert Ouen bo’lgan. U
1820 yilda o’zining N`yu-Lenarkdagi (Shotlandiya) yigiruv fabrikasida birinchi
bo’lib mehnat unumdorligi va faoliyatni motivlashtirish, ishchilarning fabrika
bilan o’zaro munosabatlarini va mehnat jarayonlari bilan bog’langan savollarni,
muammolarni yechdi. Bu haqdagi Menejmentning asosiy vazifalari
mutaxassislarning muhim darajalilari, menejerlar yordami bilan yechiladi. Menejer – bu tashkilot faoliyatida, boshqaruv faoliyatida asosiy o’rinlardan birini egallaydigan professional mutaxassis. Bu yerda professional so’zining ma’nosi shundan iboratki, bu mutaxassis uchun
korxonada (tashkilotda) doimiy ish o’rni bor va korxona faoliyatida korxonaning
aniq sohalarida boshqaruv qarorlarini qabul qilish vakolati ham unga beriladi.
«Menejer» atamasini va «menejer» nomini korxonada (tashkilotda)
ishlayotganlarning barchasi keng ma’nolarda bilishadi. Ularning xulosalari bo’yicha
Menejer:
• guruh yoki guruhlarning rahbari;
• laboratoriya, bo’limlarning, korxonadagi funktsional xizmatlarning boshlig’i;
• ishlab chiqarish bo’limlarining boshlig’i;
• tashqi hamkorlar va turli bo’limlar faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi turli darajalardagi administrator;
• firma, korxona rahbari.
Menejerlarni asosan quyidagi uch guruhga ajratishadi:
• yuqori daraja menejerlari – bu bosh direktorlar;
• o’rta bo’g’in menejerlari – boshqaruv rahbarlari;
• quyi bo’g’in menejerlari – guruh, brigada, sektor rahbarlari.
Menejerning kimligi va menejerning asosiy faoliyatlaridan ma’lum bo’ldiki, u yuqori, o’rta va quyi darajalardagi rahbar ekan. Menejer atamasi bizda hali urfga deyarli kirmaganligi uchun rahbarning tavsiflarini keltirish mumkin. Lekin biz rahbarlarning haqiqiy tavsiflarini va
haqiqiy ish faoliyatlarini ham yaxshi bilamiz. Shu o’rinda rahbarning (menejerning) tavsiflarini mamlakatimizdagi menejment ta’limining ustozlari (M.Sharifxo’jaev va YO.
Abdullaev) bo’yicha keltiramiz:
• yuqori daraja menejerlari firma istiqbolini
belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Firmaning rejalarini yaratadi va bu rejalarni amalga oshiradi;
• o’rta bo’g’in menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini (ishlab chiqarish,
mahsulotlarni sotish, narx-navo, moliyaviy faoliyatlar, yangi mahsulotlarni o’zlashtirish,
yangi texnologiyalarni joriy qilish, mehnatni tashkil etish yo’nalishlarini
tashkil qiladi va boshqaradi;
• quyi bo’g’in menejerlari belgilanganidek, quyi bo’g’in (sex, brigada, bo’lim)
doirasidagi ishlarni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ishlarning bajarilishini
boshqarib boradi.
Menejmentga bag’ishlangan ilmiy asarlarda ko’pincha o’ta talantli menejer sifatida
Amerikalik Li Yakkoka nomini keltirishadi. Uni «biznesdan chiqqan super qahramon» deb ham atashadi. Li Yakkoka 1980 yillarda xalqaro avtomobil kontserni bo’lgan «Kraysler»ni inqiroz halokatidan qutqarib qoldi.
U ishlab chiqarish marketingining novatori nomini oldi. Shuni ham qayd qilish lozimki, u o’sha vaqtdagi boshqaruvning an’anaviy tavsiyalariga deyarli e’tibor bermadi balki,
iqtidorli menejer-tadbirkor, tadbirkor sifatida samarali menejmentning tavsiflarini,
boshqa so’z bilan ta’riflaganda menejmentning falsafasini shakllantirdi. Zamonaviy menejer.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba