Bosh sahifa mavzular Tashkilotlar va ularni boshqarish.

Tashkilotlar va ularni boshqarish.

Tashkilotning turlari tiplari

Tashkilotlar va ularni boshqarish.

Tashkilotlar va ularni boshqarish.

Tashkilotlar va ularni boshqarish.

TASHKILOT TUSHUNCHASI VA UNING TASNIFLARI
Tashkilot tushunchasi. Ibtidoiy tashkilotlar qadimdan ma’lum. Boshqaruvning dastlabki tashkilotlari ibtidoiy jamoaning, «oqsoqollar kengashi»ning yuzaga kelishidan boshlangan degan xulosani qilsak ham xato bo’lmaydi va insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan uning tashkiliy shakllari ko’payib, tarqalib, murakkablashib bordi. Shu bilan birga tashkilotlarning
murakkablashib borishi odamlar hayotida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tarixda odamlarning umumiy maqsadlarini birlashti- ruvchi birgalikda
faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlarning uchta shakli ma’lum:

• korporatsiya;

• assotsiatsiya.
Agar tashkilotni shakllantirish va uning mazmuni hamda mohiyatini anglatmoqchi
bo’lsak, odatda «tashkilot» tushunchasi odamlar guruhining umumiy maqsadlarga erishishi uchun o’zaro hamkorlik qiladigan joyini, makonini bildiruvchi fikrlar paydo bo’ladi.
Shuning uchun ham «tashkilot»ning eng oddiy rasmiylashtirilishi hamisha
keltirgan fikrlarimiz bo’yicha o’zaro hamkorlikdagi odamlar guruhlarining umumiy
maqsadlar yo’lidagi faoliyati bilan bog’liq. Bu maqsadlarga erishish uchun o’zaro
hamkorlikdagi guruhlarning o’zaro faoliyatlari ongli ravishda muvofiqlashtirilishi kerak. Shuning uchun ham tashkilotga umumiy maqsadga (maqsadlarga) erishish
uchun o’zaro faoliyatlari ongli ravishda muvofiqlashtiriladigan odamlar guruhi deb qarash
mumkin. Lekin, bunda muhim, asosli farqlar ham mavjud bo’lib, bu farqlar
tashkilotlarning ikki hildagi ko’rinishga, ajralishiga olib keladi.

Sonning oshishi turlanishni talab qiladi, turlash uchun albatta ajratiladigan tur o’zining sifat belgilariga yoki alohida xususiyatlariga ega bo’lishi kerak. Shu nuqtai-nazardan, tashkilotning mohiyatiga berilgan maqom ikkiga bo’linib, rasmiy tashkilot va norasmiy tashkilotni hosil qiladi.
Norasmiy tashkilot – bir-biri bilan o’zaro hamkorlikga yetarlicha, doimiy kiruvchi, o’z-o’zidan paydo bo’lgan odamlar guruhi.
Rasmiy tashkilot – ta’sis hujjatlarida faoliyatlari maqsadlari tasdiqlangan, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan tashkilot. Faoliyat ko’rsatishi me’yoriy aktlarda, kelishuvlarda va holatlarda, tashkilotning har bir a’zolarining mas’ulligi va huquqlari reglamentlangan.
Rasmiy tashkilotlar tijorat tashkilotlar va notijorat tashkilotlarga bo’linadi. Tijorat tashkilotlari – faoliyati xizmatlar ko’rsatish yoki ishlarni bajarish, mahsulotlarni sotish, mulklardan foydalanishda tizimli daromad olishga yo’naltirilgan tashkilotlar hisoblanadi. Notijorat tashkilotlar – tashkilotlarda qatnashuvchilar o’rtasida olingan daromadni
taqsimlanmaydigan, o’zining faoliyatini asosiy maqsad sifatida
ko’rmaydigan tashkilotlardir.

Norasmiy tashkilotlar barcha rasmiy tashkilotlarning ichida mavjud bo’ladi. Ular rasmiy tashkilotlar boshqaruvining ko’p tomonlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Norasmiy tashkilotlar haqida gapirilganda ularni qisqa qilib «norasmiylar» deb qo’yishada. Shuning uchun ham ushbu mavzuda faqat rasmiy tashkilotlar haqida so’z yuritiladi.
Tashkilotlar va ularni boshqarish.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba