Домой Foydali Amir Temur haqida. Tarjimai hol

Amir Temur haqida. Tarjimai hol

Sahifa orqali Buyuk sarkarda Amir Temur hayoti va ijodi,O’gitlari, Qilgan ishlari va janglari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

Amir Temur haqida.

Amir Temur 1336- yil 9- aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro’-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro’-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.
XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi. Amir Temuming asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shahaming himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylami barpo etishni boshlaydi.

Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so4ngra bosqinchilik yurishlarini boshlaydi.
Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 – 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.

Amir Temur 1405- yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.

Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida insho 

Temur tuzuklari.

Amir Temuming hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuzuklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asming bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temuming hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi vaboshqaruvi kabilar bayon qilingan.

Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan. “Tuzuk” so‘zining lug‘aviy ma’nosi qonun-qoidalar to‘plami, nizom, degan ma’nolami anglatadi. Boshqacha aytganda, tuzuk — konstitutsiya ya’ni davlatning Asosiy qonuni. Shu ma’noda “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga shariat qonunlari bilan bir qatorda kuchli ta’sir o‘tkazgan.

Atoqli rus olimi D.Logofet “Temur tuzuklari”ga Turkistonda Yevropadan 500
yillar oldin vujudga kelgan Konstitutsiyaviy kodeks, boshqacha aytganda, Amir Temur saltanatining Konstitutsiyasi, deb yuksak baho bergan. Binobarm, mustaqillikning dastlabki yillari Konstitutsiyamiz loyihasining muhokamasi davrida Asosiy qonunimizni “Tuzuklar” deb atash tavsiya etilgani ham bejiz emas.

Sohibqiron ilgarigi davrlardan farqli holda, jamiyatdagi barcha tabaqalarning haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirgan. Har bir toifaning haq-huquqlari, burch va majburiyatlari o‘ziga xos qonun bilan kafolatlab qo‘yilgan.

Amir Temur haqli ravishda “Kuch — adolatda” degan oliy me’yorni o‘ziga shior qilib olgan va hatto ushbu hikmatni uzuk-muhriga o‘yib yozdirgan. Bu haqda Ibn Arabshoh shunday guvohdik beradi: “Temur tamg‘asining naqshi “Rosti rasti” boTib, bu “haqgo‘y boTsang, najot topasan” demakdir”. Sohibqironning bu purhikmat so‘zlari bugun ham qudratli demokratik huquqiy davlat qurish uchun asosiy yoTlanma hisoblanadi.

Amir Temur asos solgan buyuk davlat o‘zining turli bosqichlarida — ham Turon, ham Xuroson, ham Eron, ham Hindistonda adolat me’yorlariga asoslangan tuzum sifatida olam ahlining diqqatini o‘ziga tortib, hanuz tarixiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Bugungi kunda Sohibqironning sud va qonunchilikka munosabati ham alohida o‘mak vazifasini o‘taydi. Zero, bundan olti asr burun Movarounnahr sud tizimida o‘ziga xos tartib va qoidalar mavjud bo‘lgan.

O‘zbekiston istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi- yangi kuch-quvvat va shijoat bag’ishlab turibdi. Zero, ma’naviyatimizning eng teran o‘q tomirlaridan biri — ulug‘ zot Amir Temur siymosidir. Sohibqiron siymosi insoniyat tarixida bizgacha bo’lgan, bizdan keyin ham bo’ladigan katta bir olamshumul voqelikdir.

Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida 2

Amir Temur o’gitlari.

1.Kuch — adolatdadir.

2.Kurashib erishilmagan g‘alaba g‘alaba emas.

3.Chorasi yo‘q ishga kirishma, chunki undan qutulib bo‘lmaydi.

4.Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing.

5.Bir tayoqni sindirish mumkin, ko‘p tayoqni bukolmaysan ham.

6.Og‘zingga qon to‘lsa ham, dushman oldida tupurma.

7.Qilichim o‘tkir bo‘lsa-da, o‘ylab qinidan chiqardim, shirin so‘z aytib, g‘animning imon topmog‘iga yo‘l ochdim.

8.Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi, bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.

9.Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Alloh jasur kishilarni ardoqlaydi.

10.Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.

11.Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.

12.Bir kun keladiki, zolim o‘z barmoqlarini tishlaydi.

13.Vahima— dushmanning yo‘ldoshi.

14.Qilich o‘tkir bo‘lsa-da o‘z sopini kesmagay.

15.Kechira olishlik— mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.

16.Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.

17.Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.

18.100 kunlik toad-ibodatdan bir kunlik adolat yaxshi! Amir Temur

19.Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.

20.Dushmanning kulgani — siringni bilgani.

21.Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim.

22.Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroq ko‘rsam, uni tarbiya qilib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatiga yarasha martabasini yana-da oshirar edim.

Tavsiya etamiz: Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat.