Suniy intellekt haqida.
«Sun’iy intellekt» bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi – bu miya ishini tushunishga intilish, inson ongining sirlarini ochish va inson aqlining ma’lum darajasiga ega mashinalaryaratish muammosi.
Intellektual jarayonlarni modellashtirishning asosiy imkoniyati shundankelib chiqadiki, miyaning har qanday funktsiyasi, cheklangan miqdordagi so‘zlardan foydalangan holda qat’iy bir ma’noli semantikaga ega tilda tasvirlangan har qanday aqliy faoliyat printsipial ravishda elektron raqamli kompyuterga o‘tkazilishi mumkin.
Birinchidan, shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda sun’iy intellekt va siyosatga oid nashrlar sonining ko‘payishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Biroq, ularning aksariyati siyosatshunoslikning markaziy muammolari bilan faqat bilvosita bog’liq.
Ushbu mavzu bo‘yicha nashrlar ko‘pincha texnik fanlar, fan va texnologiya falsafasi, raqamli aloqa jurnallari va boshqalar bo‘yicha jurnallarda uchraydi. Yaqin kelajakda siyosatshunoslarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishi sezilarli darajada oshishiga guvoh bo‘lamiz, deyishga barcha asoslar bor. Demak, sun’iy intellekt – bu kelajak fanidir.
Bugungi kunga kelib suniy intellekt tushunchasi juda keng qamrovli tushunchaga aylanib bormoqda. Masalan, mobil qurilmangizdagi dasturlar: Google, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi.
Zamonaviy sun’iy intellekt bu o‘z atrof-muhitini idrok eta oladigan va o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun harakat qila oladigan, ma’lumotlarni o‘rganadigan va tahlil qiladigan tizimdir.
Faqat hozirda ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.
Sun’iy intellekt foydali bo‘lishi uchun u qo‘llanilishi kerak. Uning haqiqiy qiymati faqat amalda bo‘ladigan ma’lumotlarni taqdim etganda amalga oshirilishi mumkin.
Agar biz sun’iy intellektni inson miyasi nuqtai nazaridan o‘ylaydigan bo‘lsak, unda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llar, ko‘zlar va tana harakatlariga o‘xshaydi – bu bizga miya g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Quyida eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt texnologiyalari keltirilgan.
ChatGPT.
ChatGPT kabi yangi sun’iy intellekt vositalari haqiqatan ham tilni odamlar kabi tushunadimi? Sun’iy intellekt chatbotlari va katta til modellari rivojlanar ekan, ularning inson ta’limiga ta’siri va imkoniyatlari haqida yangi savollar tug‘ilmoqda.
OpenAI loyihasi tomonidan ishga tushirilgan ChatGPT generativ sun’iy intellektdir. U matnli javoblarni yaratishda qo‘l keladi va oddiy suhbatlardan tortib murakkab muammolarni hal qilishgacha bo‘lgan turli xil yechimlarni taklif qila oladi. Quyida ChatGPT haqida qisqacha:
ChatGPT ning xususiyatlari:
- Ko‘p tillarda suhbat qura olish: GPT nafaqat ingliz, balki boshqa tillarda ham suhbat qura oladi, tillar ro‘yxatida o‘zbek tili ham mavjud;
- Kreativ javob berish: ChatGPT kontent uchun takrorlanmas matnlar yoza oladi, ularga hatto hikoya va she’rlar ham kiradi;
- Kodlar bilan ishlay olish: Sun’iy ong dasturchilarga kodlari bilan ishlashda yordam berishi, kodlardagi xatolarni topishi, ularni formatlashi mumkin;
- Ma’lumot izlash: GPT o‘zining kundan kunga kengayib borayotgan ma’lumotlar bazasi orqali siz izlayotgan narsani topib bera oladi.
Tavsiya etamiz: Zamonaviy Kasblar