Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat.

0
Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat. 

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat. 

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat.

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat.Amir Temur  hukmronlik  qilgan  davlarda  davlatning  markaziy  ma’muriyati  boshida  devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yiQish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat  bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar.

Bu davrlarda yerga egalikning ba’zi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg’ol yerlar, vaqf yerlar, jamoa  yerlari edi. Xususiy yer egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga  ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod  qilganlar. Amir  Temur  davrida  asosiy  soliq  daromad  solig’i-xiroj  bo’lib,  u  olinadigan  daromadning  uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki yer  osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron bog’ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod  qilsa, faqat yerni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun  doirasida xiroj solig’i olingan. Undan tashqari ushr, mol, suvloq kabi soliq turlari mavjud bo’lib, ular  yillar  davomida  amal  qilingan  tartib-qoidalarga  binoan  to’plangan.  Soliq  to’plovchi  soliq  yig’ish  jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib  chiqmasligini nazorat qilishi shart edi.

Amir  Temur  davlatni  mustahkamlashda  qonun-qoidalarning  tutgan  o’rniga  keng  e’tibor  berdi.  Fransuz olimi Alfons de Lamartin Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Yevropa na Iskandarda,  na Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan yangi fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan  bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, – deb yozgan edi Amir Temur, – saltanat  qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va  maqomimni mustahkam saqlab turdim».

Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab, Samarqandni poytaxt  qilib  olgach,  u  juda  katta  imtiyozlarga  ega  bo’lgan  shaharga  aylanadi.  Sohibqiron  harakati  bilan  Samarqandda  dunyoning  yirik  shaharlaridan  keltirilgan  binokorlar,  me’morlar  tomonidan  masjidlar,  madrasalar, maqbaralar bino etildi. Hatto G`ariblarga oziq-ovqat beradigan G`aribxonalar, yo’lovchilar  qo’nib o’tadigan maxsus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralib, Ohanin,  Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning  qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu yerda quriladi.  Temur noyob qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli go’zal  bog’lar qurdirardi.

Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. Yozma  manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar  barpo ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan  qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga keng  e’tibor  berdi. Jumladan, Xoja Ahmad  Yassaviy maqbarasini qurish bilan bu yerda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi  orasidagi munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi yotgani ma’lum.

Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o’tmoq  lozim.  Temurning  sa’y-harakatlari  bilan  Buxoro,  Shahrisabz,  Toshkent  kabi  shaharlar  savdo  va  hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilikning keng  rivojlanishi   shaharlarda   hunarmandchilik   mahallalari,   savdo   rastalari   soni   ortib   borishida   katta  ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning tinchligiga keng e’tibor berib bordi.  Shaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini  ta’minladi.

 

Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari  siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan aloqani keng yo’lga qo’ydi.  U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat’iy, faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon  miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Fransiya,  Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. Shunday  qilib u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati  borligini  ko’rsatib  o’z  davlati  shuhratini  Yevropaga  tarqata  oldi.  Uning  saltanatini  dovruQi  bu  mamlakatlarga yetib borishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya,  Ispaniya kabi davlatlarning  qirollari  sohibqiron  bilan  siyosiy,  iqtisodiy,  savdo  aloqalari  o’rnatishga  intilganlar.  Shu  bois  ular  sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet davlatlar bilan olib borgan  diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam bergan.

Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. Sohibqiron o’z davrining fan  va madaniyati jonkuyari sifatida shuhrat qozondi. Temur taqvodor ruhoniylarga chuqur hurmat bilan  qaradi. Ularning duolarini oldi, doimo kamsitilgan mazhab tarafdorlarini o’z himoyasiga oldi. Darvesh,  faqir va miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslik uchun barcha talablarini bajardi. Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba