Bosh sahifa Uncategorized Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish.

Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish.

Hujumda qo'llaniladigan yakka taktik harakatlarga o'rgatish.

Hujumda qo'llaniladigan yakka taktik harakatlarga o'rgatish.

Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish.

To‘p uzatish. Tayyorlov mashqlari:

  1. Ko‘rsatmaga (signalga) binoan: harakatlanish vaqtida turli usullarda tezlanishlar: tezlanishlardavomida  turli usulda (sakrab, hatlab, sirpanib va hokazo) to‘xtaish; harakatlanish turini o‘zgartirish; harakatlanish va tezlanish yo‘nalishini o‘zgartirish; harakatlanish tezligini o‘zgartirish.
  2. Shu mashqlar (harakatlanish va tezlanishlar)ni turli usullarda to‘ldirma to‘pni ilib olish va otish (uzatish) bilan bajarish; ko‘rsatma (signal) bo‘yicha to‘p uzatish yo‘nalishini tanlaish.
  1. To‘ldirma to‘pni o‘z ustiga tashlab, o‘z Sheriklari harakatlarini kuzatish; sheriklarini hattiharakatiga qarab, to‘pni o‘z ustiga yoki sherigiga tashlaish balandligini, yo‘nalishini va tezligini o‘zgartirish; bo‘sh joyga yoki kutilmaganda sherigiga to‘pni tashlaish.

Yo‘ndaishtiruvchi mashqlar. Shug‘ullanuvchilar tayyorlov mashqlarini mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng yuqorida qayd etilgan mashqlarga maxsus ko‘rsatma (signal) yoki turli vaziyatlarga nisbatan harakatlanish turini tanlaish elementlari kiritiladi. Bunday mashqlar qo‘llaishda «oddiydan murakkabga» prinsipida ijro etilishi lozim.

  1. Turli usullarda harakatlanish vaqtida quyidagi elementlarni taqlid qilish: ko‘rsatma (signal) bo‘yicha «ikkinchi» to‘pni uzatish – bu maishq maydonda joylaishgan holda va sakrab ijro etiladi: pastdan to‘p qabul qilish, zarba berish.
  2. Harakatlanishdan so‘ng osilgan to‘pni uzatish: Yuqoriga-oldinga, o‘z ustiga, orqaga uzatish yo‘nalishini tanlaish signalga asosan amalga oshiriladi.
  1. Berilgan signalga binoan to‘pni o‘z ustiga tashlab, uni Yuqoriga-oldinga yoki orqaga uzatish. Bu mashqlar tayanch holatda va sakrab ijro etiladi.

Texnikaga oid mashqlar. Asosiy vazifa – «ikkinchi» uzatish usulining mukammalligi va sifatini oshirishdan iborat.

  1. To‘pni tayanch holatda, sakrab, turli balandlik va oraliqdan, to‘r oldida va maydon ortidan, to‘pga nisbatan yuzi va orqa tomon bilan turgan holatlarda uzatish.
  1. Juftlikda o‘z ustiga to‘p uzatish va sherigi xatti-harakatiga qarab, to‘pni balandligi yoki yo‘nalishini o‘zgartirish.
  1. To‘pni devorga chizilgan nishonga aniq uzatish va tabloda ko‘rsatilgan raqamlarni ilg‘ab olish.
  1. 3 va 2- zonalar oralig‘ida joylaishib, to‘pni 3,4,2- zonalarga uzatish. Bu mashqlar ma’lum  signallarga mos bajariladi.

Yuqorida qayd etilgan mashqlarni nazariy bilimlar bilan birga o‘zlashtirish to‘p uzatishda individual taktik harakatlarni mukammal egallash imkoniyatini Yaratadi.

Taktikaga      oid      mashqlar.     Bunday    mashqlarning    mohiyati     shundan    iboratki, shug‘ullanuvchilarga taktik harakat usulini tanlaish va uning samaradorligini baholash sharoiti yaratiladi.

  1. O‘yinchi 6 (5,1)-zonada joylaishadi, uning Sheriklari (hujumchilar) 4,2-zonalarda, bog‘lovchi (to‘p uzatib beruvchi) 3-zonada joylaishadilar. Raqib o‘yinchi Qarshi maydondan, to‘r ustidan o‘zi tashlagan to‘pni ikki qo‘l bilan uzatib, tayanch holatdan yoki sakrab zarba bilan 6-zonaga yo‘llaydi. To‘pni baland yoki past kelishiga qarab, 6-zonadagi o‘yinchi 4 yoki 2-zonaga birdaniga zarbaga to‘p uzatadi yoki 3-zonada turgan bog‘lovchi o‘yinchiga uzatadi. Qarshi maydondan yo‘llaniladigan to‘pni baland-pastligi, tezligi yoki sekinligi oldindan ma’lum bo‘lmaydi.

Aynan Shu maishq orqada 6-zonada joylaishgan o‘yinchini 5 va 1-zonalarda joylaishgan holatda bajariladi.

  1. Qayd etilgan mashqlar Qarshi maydonda joylaishgan 2 ta to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar ishtirokida bajariladi.
  1. Aynan Shu mashqlar 3 ta to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar ishtirokida bajariladi.
  2. «Birinchi» to‘pni uzatuvchi o‘yinga 6,5,1-zonalarda joylaishadi. Qarshi maydondan to‘p turli tezlikda, balandlikda va yo‘nalishda favqulodda uzatiladi. Bog‘lovchi o‘yinchi navbatma-navbat 1,6,5zonalardan to‘p oldidagi zonalarga (2,3,4) chiqadi. 6,5,1-zonalarda (galma-gal) o‘yinchi «birinchi» to‘pni bog‘lovchi o‘yiniga aniq va sifatli uzatadi.

To‘p kiritish. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.

  1. Juftlikda: bir o‘yinchiga gandbol to‘pi, u ma’lum signalga binoan to‘pni bir qo‘l bilan pastdan (pastdan to‘p kiritish), yuqoridan, yon tomon bilan Sherigiga uzatadi. Shu maishq orqa chiziqdan to‘r ustidan to‘p kiritish asosida bajariladi.
  2. Shu maishq turli zonalarga to‘p kiritish asosida ijro etiladi.
  3. To‘p orqa chiziq atrofida osilgan holatda joylaishtiriladi. To‘p to‘rga nisbatan to‘g‘ri turib va yonlama turib, xayolan turli zonalarga uriladi (kiritiladi).

Texnikaga oid mashqlar. Bunday mashqlarning maqsadi – aniq to‘p kiritish mukammalligini ta’minlaishdan iborat.

  1. To‘p kiritish turlarini (pastdan, to‘g‘ri va yonlama, yuqoridan to‘g‘ri va yonlama), tezligini, balandligini, yo‘nalishini o‘zgartirib bajarish, to‘p kiritishni tayanch holatdan va sakrab ijro etish.
  1. Aniq to‘p kiritish: turli zonalarda joylaishgan o‘yinchilarga; turli zonalarda joylaishgan ikki o‘yinchi o‘rtasiga; bog‘lovchi o‘yinchiga; asosiy hujumchilarga.

Taktikaga oid mashqlar. Taktikaga oid mashqlarning asosiy maqsadi – raqibni taktik rejasini «buzish», to‘p qabul qilishni qiyinlaishtirish va ochko olish niyatida voleybolchini to‘p kiritish usullari, tezligi va yo‘nalishini tanlaishga O‘rgatishdan iborat.

To‘p kirituvchi voleybolchi orqa chiziq ortida joylaishadi, Qarshi maydonchada 6 o‘yinchi joylaishadi. To‘p kirituvchi turli zonalarga turli usullarda navbatma-navbat to‘p kiritadi. Qarshi maydonchada joylaishgan qaysi bir o‘yinchi qo‘lini ko‘tarsa Shu o‘yinchiga to‘p uriladi (kiritiladi): ikki o‘yinchi o‘rtasiga to‘p kiritiladi; bir gal maydonni oldi qismiga, bir gal orqa qismiga to‘p kiritiladi; bog‘lovchiga to‘p kiritiladi; asosiy hujumchiga to‘p kiritiladi; endi o‘yinchi almashtirgan o‘yinchiga to‘p kiritiladi va h.k.

Hujum zarbalari. Tayyorlov mashqlari.

  1. 1 kg.li to‘ldirma to‘pni qo‘lda ushlagan holda signal bo‘yicha Yuqoriga sakraish va qo‘ldagi to‘pni boshni orqasidan oldinga-pastga va oldinga-Yuqoriga keskin uloqtirish.
  1. Shu maishq, faqat to‘r ustidan.
  2. Shu maishq, faqat yugurib kelib, to‘g‘ri yo‘nalishda va gavdani burib, to‘pni to‘r ustidan tashlaish.

Yondoshtiruvchi mashqlar.

  1. Signal bo‘yicha tennis to‘pini sakrab o‘ng va chap qo‘l bilan to‘r ustidan uloqtirish.
  2. Gandbol to‘pini sakrab, Qarshi tomondagi to‘siq qo‘yuvchi fo‘llariga urib; chetga chiqarish;

to‘siq yonidan chalg‘itib  tashlaish; to‘siq ustidan chalg‘itib tashlaish.

  1. Shu maishq, faqat 3 ta to‘siq qo‘yuvchi Qarshiligida ijro etiladi.

Texnikaga oid mashqlar.

  1. Kuchli zarbalarni chalg‘ituvchi (aldaish) sekin zarba (tashlaish)lar bilan navbatma-navbat almashtirib bajarish.
  1. Tovush signali bo‘yicha har xil usullarda ijro etiladigan zarbalarni aniq bajarish.
  2. To‘g‘ri yo‘nalishda yoki gavdani burib (o‘ng va chapga) zarba berish: kuchli zarbani ishora qilib, chalg‘itib to‘pni sekin to‘r ustidan tashlaish; turli usulda «baland» to‘pdan zarba berish; turli usulda «qisqa» to‘pdan zarba berish.
  1. Shu mashqlar 1 ta, 2 ta va 3 ta to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar Qarshiligida bajariladi. Barcha mashqlar Shartli signal berish asosida amalga oshiriladi.

Taktikaga oid mashqlar. 1 ta harakatlanmaydigan to‘siq Qarshiligida to‘pni to‘siqqa tekkizmasdan zarba berish; to‘siq yonidan to‘pni chalg‘itib tashlaish; to‘siq ustidan chalg‘itib tashlaish; sakraish elementini taqlid qilib (oyoqni yerdan uzmasdan), ikkinchi marta depsinib, sakrab zarba berish.

Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish.

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba