Bosh sahifa Uncategorized Sadriddin Ayniy – bolalar shoiri va adibi.

Sadriddin Ayniy – bolalar shoiri va adibi.

Sadriddin Ayniy – bolalar shoiri va adibi.

Sadriddin Ayniy – bolalar shoiri va adibi.

Sadriddin Ayniy – bolalar shoiri va adibi.

Sadriddin Ayniy – bolalar shoiri va adibi.  Sadriddin Ayniy(1878-1954) bolalar uchun ijod etgan ma`rifatparvar adiblardan. Bu bejiz emas, albatta. Ma`rifatparvar S.Ayniy 1903 yili Samarqandga borib, M.Behbudiy tashabbusi bilan tashkil etilgan usuli  jadid maktablarini ko`radi, o`qish va o`qitish ishlari bilan tanishadi. Buxoroga qaytgach, o`zi ham dastlab, tatar maktabida  tojik tiliga tarjimon, so`ngra, 1908 yilda shunday maktab ochishga muvaffaq bo`ladi.

Ayniy bolalar uchun ijod qilishni o`z maktabi talabalari uchun darslik yozishdan boshlab, “Alifbo” darsligini tartib beradi. 1910 yilda esa “Tahzib us-sibyon” darsligini nashr ettiradi. Ushbu darslik ko`p jihatlari bilan o`sha davr pedagogik risolalariga hamohang bo`lgan. Xususan,  “Tarbiyali bola”, “Odobli bola”, “Ota-ona”, “Maktab”, “Ustoz  muallim”, “Marhamatli Ahmadjon”, “To`g`rigo`y  va  o`g`ri bola” singari didaktik matnlar va she`rlarning berilishi an`anaviydir. Biroq, bu didaktik matnlar ifodasida, mavzuni talqin etishda ustod Ayniy darsligining o`ziga xosligi ko`rinadi.

Ayniy  yerli xalq  shevasida , ko`proq tojik tilida ijod qilgan, binobarin, darsliklarida fors tilidagi “Chor kitob”ga xos  an`analarni rivojlantiradi. Ayniqsa, maktabning ilm maskani  sifatidagi ta`rif-tavsifi ustoz-shogird savol-javobiga monand keltirilishi diqqatga sazovor. Bunday  matnlardan dunyoning eng yaxshi joyi- maktab, eng yaxshi bolalar- maktabda o`qiydaganlar, undan ham yaxshilari- hech qachon maktabdan qolmaydiganlari, bulardan-da yaxshisi- saboqni puxta o`zlashtiradiganlari, tag`in o`rtoqlariga samimiy munosabatda bo`lib yordamini ayamaydiganlari ekani o`quvchiga tushuntirilib boriladi. Ustod Ayniy darsligiga kirgan didaktik matnlar bola tarbiyasida maktab, oila va muhit munosabatlari ta`siriga e`tibor berilgani bilan ajralib turadi.

Ya`ni, bunda bolaning to`g`ri tarbiya topishida birgina maktab  emas, oila, ota-ona  va atrofdagi odamlar ham muhim rol o`ynashi ijtimoiy-hayotiy hikoyatlar orqali asoslab berilgan. S.Ayniy maktablar uchun ko`pgina alifbe va o`qish kitoblarini tartib berganligining o`ziyoq, uning bolalikka bo`lgan yuksak e`tiboridan dalolat beradi. Adibning 1920-yillarda nashr etgan o`nga yaqin tojik va o`zbek tilidagi alifbe hamda o`qish kitoblari orasida “Qiz bola yoki Xolida” darsligi qizlar maktabiga mo`ljallangani bilan ajralib turadi. U o`ttiz darsga mo`ljallangan. Asarning bosh qahramoni Xolida ismli qiz bo`lib,  uning xulqi, xarakteri, atrofdagilarga munosabati, so`ngra, o`qishi va tarbiyasi xususida  lavhalar berib borilgan. Jumladan, Xolida oilada, maktabda va tabiat qo`ynidagi faoliyat jarayonida ko`rsatiladi. Shuningdek, Ayniy Xolida misolida umuman qiz bolaning jamiyatda tutgan mavqei, sha`ni va orzu-havaslari haqida fikr yuritadi: “Qiz bola ota-onasining  eng sevukli bir mevasidur. Qiz bola ota-onaning qayg`ulik chog`larinda eng mehribon bir sirdoshidir. Qiz bola qavmu qarindoshlarining obro`yi va nomuslaridir.

Qiz bola uyning ziynati va xonadonning davlatidir. Qiz bola yurtning bog`i va butun elu ulusning chirog`idir”. Ana shundan so`nggina,  qiz bola timsolida Xolida gavdalanadi.  Dastlab, uning olti yasharlik paytidagi arzanda va tantiqligi, kichkina bo`lishiga qaramay, yasan-tusanga o`chligi va o`rtoqlariga ham shunga qarab munosabat qilishi hikoya qilinib, keyinchalik bu qizaloq odmigina Fotima bilan do`stlashgach, xulq atvorida, dunyoqarashida o`zgarish yasalgani oydinlashadi.

Xolidada o`qish va ilm olishga havas uyg`ongani, mehnatsevarlik fazilatlarining shakllana borishi  “Xolida xat va savoddan bo`lak narsani istamaydur”, “Xolida maktabga boradi”, “Xolida shohi va baxmal kiyimlarini sug`urib tashlaydir”, “Xolida qo`l ishlari o`rganadur”, “Xolida tikish tikadur” sarlavhali hikoyalarda o`z ifodasini  topa borgan. Xullas, asar so`nggida kitobxon Xolidani  aqlli va dono qiz sifatida ko`radiki, bu bilan adib bola tarbiyasi, inson shaxsining shakllanishida  mehnat va oilaviy muhit muhim rol o`ynashini ko`rsata olgan. Ayniy bu qissa orqali o`zbek bolalar nasrining shakllanishiga ham katta hissa qo`shdi, deya olamiz.

Bundan tashqari, maktab va tarbiya mavzui unga umr bo`yi  hamdam bo`ldi;  adibning “Eski maktab”, “Yetim”qissasi va “Esdaliklar” memuari shunday xulosaga kelishga asos bo`ladi. Shu ma`noda S.Ayniy o`zbek bolalari uchun nasriy asarlar yozgan, bolalar realistik prozasi rivojida o`ziga xos hissa qo`shgan  zullisonayn adib sifatida alohida e`tirofga sazovor.

Mavzular.

manba