Bosh sahifa Adabiyot fanidan 6 sinf testlar G’afur G’ulom testlar

G’afur G’ulom testlar

G’afur G’ulom testlar mavzusida testlar to’plami. Ushbu testni yeching va bimingizni oshiring.

Testlarni yechib, izoh qoldirishni unutmang!

Results

Siz testdan o’tdingiz.

Siz testdan o’ta olmadingiz.

#1. Quyidagi fikrlar kimning xotiralar kitobidan olingan? «Shum bola»ning uchinchi qismi yozilayotganda men G‘afur akaning yonida edim. Qissani tezroq yozdirish uchun «Mushtum»dan meni G‘afur akaning uyiga «komandirovka» qilishgan edi. Uyiga borganimda G‘afur aka yo‘q, qo‘lyozma stol ustida taxlangancha turardi. G‘afur aka menga qo‘lyozmasini ishonardi. Chunki arab alifbosini bilganim uchun uning bir nechta she’r va hikoyalarini mashinistkalarga diktovka qilganman...»

#2. «Shum bola» qissasida Sariboy qimor o‘ynab nimalarni yutib oladi?

#3. Quyidagi fikrlar qaysi kitobdan olingan? «Ana shundan keyin G‘afur aka og‘zi yon tarafdan qo‘yilgan siyohdonga ruchkani tiqib o‘ylab ketdi. Ruchkani siyohdondan chiqarmay turiboq hiringlab kula boshladi. – Qizig‘i keldi. Antiqasi keldi. Agar ertaga yozsam bu gap yo kelardi, yo kelmasdi. G‘afur aka ruchkani qitirlatib yoza boshladi. Hoji bobo Shum bolaga issiq nonni orqalatib ezmalanib gapirib ketayotgan joyi edi. Qog‘ozga shunday so‘zlar yozildi. «Ha, shunaqa, bolam. Ota-ona dunyoga mo‘rt keladi. Endi bitta ona topsang bo‘ldi. Ota o‘z oyog‘i bilan keladi...»

#4. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboyning yoniga qachon borganligini aytadi?

#5. «Shum bola» qissasida Sariboy kim bilan qimor o‘ynab yutadi?

#6. G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri kimga bag‘ishlab yozilgan?

#7. «Shum bola» qissasida «katta yer egasi» kim?

#8. G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi yozib bitirilmasdanoq, bobma-bob qaysi jurnalda e’lon qilinib turilgan?

#9. Quyidagi fikrlar muallifi kim? «G‘afur aka meni ishga buyurib, qochib qolishini bilib turibman. Muharram opa: «Hushyor bo‘ling, akangiz Mirza Abdulla aka bilan allaqayoqqa ketishmoqchi», – deb aytib qo‘ygan edi. Nima qilishimni bilmay qoldim. Hovliga chiqsam, Jo‘raxon shimini cho‘tkalayotgan ekan. Jon uka, bitta papiros opkelib bering, – deb yalindim. Jo‘raxon pulni olib zing‘illagancha ketdi. U Mirza Abdulla akaning o‘g‘li Fatxullaning velosipedida ketgan ekan, birpasda papirosni olib keldi. G‘afur aka endi hech qanday bahona topolmay qoldi».

#10. «Shum bola» qissasida Sariboy shum bolaga xizmat haqi uchun oyiga «xom-pishiq aralash, ona sutidan halol» qancha olma beradigan bo‘ldi?

#11. Said Ahmad xotiralar kitobida G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi ustida salkam necha yil ishlaganligini yozadi?

#12. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboynikida qanday yumushlarni bajaradi? 1) Olmalarga tirgovich qo‘yadi. 2) To‘kilgan olmalarni terib, qoqi qiladi. 3) Bog‘ qo‘riydi. 4) Ba’zida xo‘jayinga pul zarur bo‘lib qolsa, xom-xatala olmalarni aravaga ortib, Darvoza, Sariog‘och atroflardagi bug‘doykor qishloqlarga olib borib sotib keladi.

#13. G‘afur G‘ulom «Shum bola» qissasiga keyinchalik yangi boblar kiritgan holda qaysi obrazga juda ko‘p detallar qo‘shadi?

#14. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboyning yoniga borgan birinchi kuni qayerda tunaydi?

#15. G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasini «birinchi satrlaridan boshlab stenografiya usulida yozib olgan» kim?

Testni tugatish