Abulfayzxon dramasi insho

0
Abdurauf Fitrat Abulfayzxon dramasi insho.

Abulfayzxon dramasi insho.

Reja:

1.Kirish. Fitrat-o’zbek dramaturgiyasi asoschisi.
2.Asosiy qism:
1.O’zbek publitisistikasiga tamal toshini qo;ygan adibga shon-shuhrat keltirgan asar.
2. ,,Abulfayzxon’’- o’zbek adabiyotidagi durdona asar.
3. Toj-u taxt uchun kurash va ezgulik, insof, diyonat, adolat g‘oyalari o‘rtasidagi kurash .
3.Xulosa.

Fitratga qadar o’zbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular o’ziga yarasha o’rin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy g’oya bilan sug’orilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat o’zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.

Fitrat elni, yurtni ozod va obod ko’rish dardini dramaturgiyada ham to’kib soldi.
,,Abulfayzxon” dramasi orqali muallif o’zbek adabiyotida ilk bor inson va tarix, shaxs va jamiyat munosabatlarining badiiy yo’sinda gavdalantirish va bu masalalardagi badiiy gavdalantirishni ham yo’llarini izladi. Qay daraja jamiyat farzandi bo’lmasin, ijtimoiy munosabat unda qay yo’sinda o’z muhrini qoldirmasin, shaxs, Fitrat talqinicha, end avvalo, alohida individdir. Shaxs kamolotida tarbiya va jamiyat ta’siri muhim bo’lgani bilan shaxs tabiatida irsiyat va shundan kelib chiquvchi o’ziga xoslikning o’rni kuchlidir. Shuning uchun shaxs, Fitrat talqinida, tarixning harakatga keltira oluvchi kuch, jamiyatga faol ta’sir ko’rsatuvchi siymo sifatida ko’rsatiladi.

Tragediyada gavdalantirgan Abulfayzxon ana shunday shaxs, biroq afsuski, tarixda salbiy iz qoldirgan shaxsdir. Lekin dramaturg qahramonini salbiy deb, faqat qora ranglar bilan chatlamaydi. U tarixan hayotda qanday bo’lsa, shunday gavdalantiradi. Badiiylik qonuniyatlari bilan xarakterini teranroq va tiniqroq biladi, xolos.

Tavsiya etamiz: Hamlet timsoliga tavsif

Fitrat jamiyat, muhim va sharoitning shaxsga ko’rsatuvchi ta’sirini badiiy gavdalantirrishni ham unutgani yo’q.

Xonnig xo’jasaroyi Ulfat, Qozi kalon Nizom, Davlat to’qsabo, Rahimbiy va Hakimbiy otaliqlarining Abdulfayzxon tegirmoniga suv quyib, uni jaholat va razolatga sudrashdagi faolliklari haqida yuqorida gapirildi. Bu xuddi o’sha muhitning, sharoitinig, tarixiy vaziyatning shaxsga o’tkazuvchi ta’siri va shu tarixiy jarayonning badiiy talqinlaridir. Ubaydullaxon, Abdulfayzxon, Abdumo’minxonlarning xiyonatkorona o’ldirilishida ham tarixiy sharoitlarning inson taqdiriga ko’rsatgan ta’siri yotadi.

Asar so’nggiga yaqin Abdulfayzxon o’z razilliklaridan pushaymon, nadomat chekkan holda beriladi. Bu bilan muallif tarix va shaxs aro munosabatlarning vovaylo qo’ynida inson hech qachon faqat razillik timsoli bilan qololmaydi, inson o’zini-o’zi anglash fursatini topmog’i kerak, degandek bo’ladi. Asar tragediya janrida bo’lgani uchun unda fojealar ko’p. Lekin hayot faqat fojealardan iborat emas.

Dramaturg hayot qirralarini, nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat, inson va tarixning o’zaro munosabatlarini shu qahramonlar talqiniga singdiradi.
Shaxs va jamiyat aro munosabat masalasidek o’z idealini dramaturg, ayniqsa, Ibrohimbiy obrazida aks ettirdi.

Abulfayzxon dramasi nafaqat o‘z zamonasi uchun, balki bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan mavzularni yoritadi. Drama, siyosiy hokimiyat va adolatni qidirishning o‘tmishdagi va hozirgi kundagi ahamiyatini, shuningdek, xalq va hukmdor o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qiladi. Shu bilan birga, drama o‘zbek xalqining tarixiy xotirasini saqlab qolish, qadriyatlarni hurmat qilish va adolat yo‘lida kurashish zarurligini targ‘ib qiladi.

Xulosa

Abulfayzxon dramasi — o‘zbek adabiyotining yirik asarlaridan bo‘lib, uning siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy xususiyatlarini o‘rganish, o‘zgarishlar va qarorlar qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni tushunishga yordam beradi. Drama, o‘z zamonasida adolatni qidirgan bir hukmdorning qarashlari va xalqiga bo‘lgan mas’uliyatini ifoda etadi. Bu asar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, zamonaviy boshqaruv va ijtimoiy hayot uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy va Bobur tavalludiga atab

manba.