Kuz haqida matn

0
Kuz haqida matn

Sahifamiz orqali kuz fasli haqida matn, kuz mazaralari haqida batafsil ma’lumotlar, Oltin kuz sher va kuz rasmlari to’plami o’rin olgan. Oltin kuz manzaralari.

Kuz haqida matn.

Yurtimizda kuz nafasi esmoqda.
Kuz! Fasllar ichida eng chiroyli fasll. Kuz kirib kelganda hamma joy oltin libosga burkanadi. Kuz kelishi bilan daraxtlarning barglari sam-sariq tusga burkanadi. Men kuz fasllini yaxshi ko’raman.

Ushbu mavsumda tabiat bir oz sokin tortib, mahzun qiyofaga kiradi. Ayni shu damlarda suvlarning oqishida, qushlarning sayrashida o‘zgacha ma’no mujassam.

Daraxt shoxlaridan chirt-chirt uzilib ona zamin bag‘riga singib ketayotgan xazonlar kechagina yam-yashil barg bo‘lib, shoxlarda ko‘kka talpinayotgan edi. Bugun esa uning umri tugab, yana tuproqqa aylanmoqda.

Mana shunday kezlarda kuz nafasi aks etgan bog‘u-rog‘larda, xiyobonlarni kezib, xayol surishning o‘zgacha gashti bor. Ajablanarlisi, bunday damlarda inson o‘zi bilan o‘zi suhbatlashadi, xotiralarini birma-bir sarhisob qiladi.

Kuz yangi rejalar, yangi umidlar davri.Ko‘chada sayr qilar ekansiz, beixtiyor bolalik davringizga tushib qolasiz.Tanho qolgingiz va xotiralar og‘ushiga cho‘mgingiz keladi.

Ayniqsa tabiat kuzning serjilo manzaralari bilan yanada ko’rkamlashadi. Yomg’irli kunlarini aytmaysizmi. Yomg’ir sharros quyib yog’ganda, deraza ortidan ko’chaga bir razm soling, xayollarga berilib qolasiz. Xuddi sehrlanib qolgandek

Hazon barglar ustida to’planib qolgan yomg’ir yoqutdek tovlanib turadi. Yorqin tilla va qizil ranglar bilan bo’yalib, ajoyib rang barang bezanib turadi. Asta-sekin kunlar ham qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. Bir oz sovuq, shamolli va yomg’irli kunlar ko’payadi.

Tavsiya etamiz:  Mehrjon bayrami ssenariysi. Mevalar haqida qo’shiq

Oltin Kuz.

Rang barang hammayoq,
Sarg’aygan gul yaproq,
Tovlanar oltin Kuz,
Seni ko’rib quvnar ko’z.

Yog’in sochin boshlanar,
Chang tuzonlar bosilar,
Fasllarning boyisan,
Eng guzal chiroyisan.

Kuz fasli rasmlari.

Tavsiya etamiz: Mevalar haqida sherlar