Bosh sahifa O'qituvchilar 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

1-sinfga qabul

1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi. Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

🔹 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda)  ( elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.