Bosh sahifa 11-sinf adabiyot online test Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar 2. 11 sinf adabiyot test

Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar 2. 11 sinf adabiyot test

Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar 2. 11 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

#1. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon portreti chizilgan? «Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon. Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oyday suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, kun desa ko‘zi bor».

#2. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbekdan qolgan barcha hovliharam va mol-pullarga kim ega bo‘ladi?

#3. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach, uni kimga nikohlaydilar?

#4. «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping. 1) Uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar ustuvorlik kasb etadi; 2) Uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish ham mavjud; 3) Po‘lkan shoir variantida «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi ikkala qarashning ham ta’siri ochiq seziladi; 4) Nomning «go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mavjud bo‘lib, bu narsa talqinda rang-baranglikni keltirib chiqaradi; 5) «Kur» o‘zagi alp, botir, mard, kar kabi ma’nolarni ifodalaydi.

#5. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi nimaga ishora hisoblanadi?

#6. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bibi Hilol arvohining dod deb yig‘lagan tovushini bilib» kim(lar) qabr oldiga keladi?

#7. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamza qulni nechta tangaga sotmoqchi bo‘ladi?

#8. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi podshohning amaldorlari tomonidan aytilgan? «Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi ekan, o‘ldiramiz, kuydirib kulini elakdan o‘tkazamiz, undan keyin sohibi xurush yo‘q bo‘ladi, yurt bizlarga qoladi. Hamma yurtga shahanshoh bo‘lamiz».

#9. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon sherni bir tarsaki urganda sher nimta-nimta bo‘lib tirqirab ketadi?

#10. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi misralarni kim kimga qarata aytgan? Suluv qizlar burab qo‘yar sochini, Mard yigit g‘animdan olar o‘chini. Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan, Menga aytgin yig‘laganing vajini!

#11. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining bobosi kim?

#12. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li nimani qo‘liga olgach, «Shu mozordagi o‘liklarning barini keldim, gartkam» so‘zlarini aytadi?

#13. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li 7 yoshga yetganida kim uning tushiga kirib quyidagi so‘zlarni aytadi? Sarg‘aygandir Hiloloyning siyog‘i, Sening otang Yovmit shahrining begi, Bora solib keta bergin Yovmitga, Rozi bo‘lsin Hiloloyning arvohi, Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim...

#14. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li qaysi yurtni: «Katta taraf – dushmanimning mamlakati», – deya tilga oladi?

#15. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi so‘zlarni Xoljuvon qanday maqsadda aytadi? Yangi olamday qilganman o‘zimni, Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni. Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi, Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni!

#16. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy kimga nopisandlik bilan javob beryapti? G‘o‘non toyni o‘ynatasan, Sen ko‘nglimni qabartasan. Yuraging kuysa, yo‘lovchi, Chashmaning boshiga tushib, O‘zing suv ichib ketarsan.

#17. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida go‘rda o‘lib yotgan Bibi Hilol farzand ko‘rmoqchi bo‘lganida kimlar madadga keladi?

Testni tugatish

Results

Siz testdan o’tdingiz. Yana boshqa testlarni yechib ko’ring

Siz testdan o’ta olmadingiz. Yana boshqa testlarni yechib ko’ring

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish