Bosh sahifa 11-sinf adabiyot online test Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar 4. 11 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan...

Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar 4. 11 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar 3. 11 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

#1. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida vafot etgan Bibi Hilol qancha muddatdan keyin ko‘zi yoriydi?

#2. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning bozorchi savdogarlarini kim talaydi?

#3. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying. «... Bibi Hilolni … ga nikohlab berdi».

#4. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz: «Har nima bo‘lsa o‘ljangni birovga berma, mard ekansan, sen ham o‘g‘il ekansan, haloling bo‘lsin!» – deya Go‘ro‘g‘liga taslim bo‘ladi?

#5. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tomonidan Go‘ro‘g‘liga qarata aytilgan? Buralib bo‘yningga qo‘lim solaman, Harna bo‘lsam sening bilan bo‘laman. Yig‘lama, chirog‘im, ko‘nglim buzildi Rostin aytsam, sening tog‘ang bo‘laman.

#6. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon qachon Holmonning gapiga kirmaganidan afsuslanadi?

#7. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qahramonlarning portretiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, quyidagi Go‘ro‘g‘lining portretida qanday tasvir vositalaridan foydalanilgan? «Rustambek shunday qarasa, Go‘ro‘g‘li o‘n besh kunlik oyday, qaddiqomati, shoni-shavkati, har kishining bo‘lar ekan o‘ziga yarasha hurmati».

#8. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon shahardan uzoqroq yerdan sakkiz oshyonlik imorat soladi?

#9. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning yurtiga bostirib kelgan yovning kimligini bilib kelish uchun yuborgan lashkar boshlig‘i kim?

#10. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li tug‘ilgach, qancha vaqtdan keyin go‘rdagi chiroq o‘chadi?

#11. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning xotinining esli ekani, G‘oro‘g‘lini «to‘shiga bosib, ostiga yetti qavat to‘shak» tashlagani aytiladi?

#12. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon Xoljuvonga yetisha olmasa-da, har yili Ahmadbekning yo‘qligini poylab, pana yerlardan turib uni ko‘rib ketar, ko‘rmasa kasal bo‘lib qolar va uni har doim olib qochish payida bo‘lar edi?

#13. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka-Yovmit elining o‘quvchi bolalari har kuni o‘qib, qaysi kuni tushdan keyin ozod bo‘lar edilar?

#14. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arabni izlab yo‘lga chiqqan Go‘ro‘g‘li qaysi buloqqa yetib boradi?

#15. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Odilxon nima uchun Ravshandan umidini uzadi?

#16. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamzadan qulni kim sotib oladi?

#17. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qo‘llanilgan «mirg‘azab» so‘zining ma’nosini toping.

#18. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushining ta’biridan olingan quyidagi misralarda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni ketma-ketlikda qo‘ying. Tepangdan sochilgan tillang – ... Og‘zingdan uchgan qush – ... Qulagan imorat – sening ... 1) qoningdir; 2) koningdir; 3) taningdir; 4) Haqning kal(i)masidir; 5) joningdir.

#19. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning amaldorlari ko‘cha-ko‘yda yig‘ilishib, but Lot, Manot, tilla payg‘ambar, kumush chahoryordan fotiha olaylik deb yuradilar?

#20. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obrazlar hali hayot tajribasiga ega bo‘lmagan qahramonga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o‘rgatadi?

Testni tugatish

Results

Siz testdan o’tdingiz. Yana boshqa testlarni ham urinib ko’ring.

Siz testdan o’tmadingiz. Yana boshqa testlarni ham urinib ko’ring.

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish