Bosh sahifa 11-sinf adabiyot online test Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar

Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar

Go’ro’g’lining tug’ulishi. Go’ro’g’li dostoni haqida testlar. 11 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

#1. Alisher Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilinadi?

#2. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon mag‘lub bo‘lib, mullavachchalarni qo‘yib yuborishga buyruq berganida, tashqaridan kimlar mullavachchalarning ichiga qo‘shilib o‘lja bo‘lib ketadilar?

#3. Quyidagi hadisda nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying. «... agar siz yaxshi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lsangiz va, aksincha, yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, haqiqiy ... ekansiz».

#4. Quyidagilardan qaysi ijodkorning asarlarining asosiy qahramonlari bilimi, shijoati, go‘zal xulqi bilan ajralib turadi?

#5. Turli fan sohalaridan boxabar bo‘lgan Farhod, atrofidagi qizlarning barchasi hayoli va oqila, har bir san’atda mohir bo‘lgan Shirin obrazlari qaysi ijodkor qalamiga mansub?

#6. Yusuf Xos Hojib o‘zining qaysi bosh qahramonini kitobning doimiy yo‘ldoshi sifatida tasvirlaydi?

#7. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kim haqida: «Birovlar Gajdumbekning quli der edi, birovlar o‘g‘li der edi», – fikrlari bildiriladi?

#8. Bobur qaysi yaqin insoni haqida yozganida uning botirligi, shijoati, kitobsevarligi «Xamsa» dostonlarini sevib o‘qishiga alohida urg‘u beradi?

#9. Quyidagi fikrlar Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan? O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil, Har ne istar sen o‘zingdan istagil.

#10. Quyidagilardan qaysi ijodkor inson ma’naviyatini boyitishga har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan asarlargina xizmat qila olishini alohida ta’kidlaydi?

#11. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushiga kirgan «ko‘kargan chinor»ning ta’biri nima edi?

#12. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» asarida qaysi qabila boshlig‘ining qizi uchun maktab ochib beriladi?

#13. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bul otingiz yaxshi, bul otingiz yomon» deb podshoning tabladagi otlarini sinab beradigan sinchi kim edi?

#14. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi xat qaysi qahramonga tegishli? «Bu qanday behurmatlik, podsholardan bunday behurmatlik lozim emas edi-ku. Podsholar yurishni, turishni oldin elchilar bilan bildirib, elchiga ko‘nmasa, so‘ngra safar qilib kelar edi. Bu rasm avvaldan oxir qoida bo‘lib kelayotgan edi...»

#15. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi fikrlarni qaysi qahramon ikki yuz guburlari oldida aytadi? «Mening bir o‘yim bor. Yovmit yurtidan Odilxon podshoni yo‘q qilaman, qo‘rg‘onini qulataman o‘ligini silataman, xazinasini o‘lja qilib sizlarni talataman».

#16. «Qut belgusi − bilig» (Har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir) degan maqolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lganini kimning asaridan bilib olishimiz mumkin?

#17. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying. « ... ... ni o‘g‘il qilib olaman deb, har kuni tong otguncha uning kokilini yetti martaba o‘rib, har o‘rganda mushkning suvini berar edi. U ham bir bola bo‘ldiki, ko‘rganlar havasda, ko‘rmaganlar armonda, kamsiz, suluvxushro‘y».

#18. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan? Elig bir kun o‘ldurdi yangluz o‘zun Kemishti kitob, o‘tru baqti ko‘zin.

#19. Quyidagilardan qaysi adib o‘z asarida elchi – diplomat lavozimidagi kishi uchun asosiy fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning mohiyatini bilishdan iboratligini yozadi?

#20. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi portret qaysi qahramonga tegishli? «...qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, kokili o‘ziga juda ham yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar bo‘lur aftoda».

Testni tugatish

Results

Siz testdan o’tdingiz. Yana boshqa testlarni yechib ko’ring.

Siz testdan o’ta olmadingiz. Yana boshqa testlarni yechib ko’ring.

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish