Biz zo’ravonlikka qarshimiz

0
Biz zo'ravonlikka qarshimiz mavzusida insho

Ushbu sahifada Biz zo’ravonlikka qarshimiz mavzusidagi insho va Biz zo’ravonlikka qarshimiz mavzusiga oid rasmlarini topishingiz mumkin. Gender tengligi haqida tushuncha.

Biz zo’ravonlikka qarshimiz.

Ayrim oilalarda yuzaga kelgan moddiy yetishmovchilik holatlarini chetlab o‘tishda saxovat va ko‘mak jamoatchilik jamg‘armasi tomonidan oziq-ovqat maxsulotlari va pul mablag‘larining tarqatilayotganligi birinchi navbatda oila bekasi bo‘lgan ayollarimizni qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasi bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ammo bugungi kunda jamiyatimizda uchrab turayotgan bir noxush holat borki uni bartaraf etishda barchamiz birlashishimiz lozim. Bu ham bo‘lsa xotin-qizlarning zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrashishini oldini olish, aytish lozim bo‘lsa bunday xolatlarga umuman yo‘l qo‘ymaslikdir.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan so‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilindi.

Gender tengligi haqida.

Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari alohida toifaga kiritiladi. Chunki bunday holatlarning oldini olish ham, ularning oqibatlarini bartaraf etish ham o‘ziga xos farqli jihatlarga ega. Ekspertlarning fikricha, uy sharoitidagi zo‘ravonlik va xarassment (tegajog‘lik) – bu noxush vaziyatlarning shunday bir turiki, ularga ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq duch keladilar. Boisi oddiy – ular aynan ayol bo‘lganliklari uchun ko‘p hollarda zo‘ravonlik qurbonlariga aylanadilar…

Mamlakatimiz bo‘ylab 25-noyabr kuni start olgan “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” shiori ostidagi “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi ham aynan mana shu, global miqyosda murakkab muammo deb tan olingan mavzuga bag‘ishlandi.

Gender tenglik demokratik qadriyatlarning bir qismi sifatida: qonunchilik asosini takomillashtirish davom etmoqda.

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik – bu «jins belgisiga asoslangan jismoniy, jinsiy yoki psixologik zararga olib keladigan yoki ayollarga aziyat yetkazadigan, shuningdek, bunday harakatlarning tahdidlari, jamiyat yoki shaxsiy hayotda boʻlsin, majburlash yoki ayollarga nisbatan zoʻravonlik – inson huquqlarining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biridir.

U xotin-qizlarni tenglik, xavfsiz hayotdan mahrum qiladi, inson qadr-qimmatini yerga uradi va asosiy erkinliklarni amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. Shu bois, butun dunyoda bu muammoga qarshi kurash olib boriladi.

Ayollarga nisbatan zo’rvonlikka qarshimiz.

Oʻzbekistonda ham keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish oʻrinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan.

Shu munosabat bilan ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida turli hil zoʻravonlikka duch kelgan xotin-qizlarni ruhiy qoʻllab-quvvatlash va ularga motivatsiya berish, zoʻravonlikka qarshi targʻibot ishlarini kuchaytirish maqsadida jamoatchilik eʼtiborini ushbu masalaga jalb etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrganlar bilan ishlarni takomillashtirish Markazlar tashkil etildi. Markazlarning asosiy vazifalaridan biri tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam koʻrsatishdan iborat.

Tavsiya etamiz: Jaholatga qarshi ma’rifat insho.