Sahifamiz orqali Kasb haqida insho rejasi bilan o’qishingiz va foydalanishingiz mumkin. Men tanlagan kasb mavzusida matn.
Kasb haqida insho.
Reja:
- Kasblar haqida.
- Men tanlagan kasb.
- Kasbimning vazifalari.
- Kasb tanlash ma’sulyatdir.
Kasblar haqida.
Kasb-kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg’ulot turi; muayyan ish turini malakali bajarisjga imkon beradigan bilim mahorati, tajribani talab etadim Buyuk ozuvchilardan biri shunday degan edi:Hayotda siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlang va siz bir umr ishga bormaysiz». Agar kishi o’z sevgan kasbda ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zni ishga ketyapman , deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq,xursandchilik,shijoat, rag’bat kamida ma’naviy ozuqa beradi.
Men tanlagan kasb.
Kasbim-kelajagim degan soz bejizga aytilmagan. Chunki xozirdan tanlangan kasb kelajakda kasbga fidokorlik bilan ishlashga sabab bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Avvlao men kasbning qanchalik insonlarga foydasi tegishi haqida o’ylab ko’raman. Kelajakda men tanlamoqchi bo’lgan kasb bu- shifokorlik kasbidir. Yoshligimdan bolalarga bo’lgan mexrim boshqacha. Ularni dardiga darmon bo’lish mehribonlik qilishdir. Balkim shuning uchun ham shifokor bo’lmoqchiman.
Kasbimning vazifalari.
Men shifokor bo‘lishni orzu qilaman.
Hozir butun dunyoda turli kasalliklar ko‘paygan. Bunga noto‘g‘ri ovqatlanish, sun’iy ozuqa turlarining ko‘payishi, jismoniy harakatning kamayishi, tibbiy savodxonlikning yetarli emasligi kabi omillar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. So‘nggi uch yil ichida koronavirus pandemiyasi hayotimizni o‘zgartirib yubordi.
Kasallikni davolash mumkin, lekin uning asorati yomon. Ba’zi hollarda xastalikdan batamom tuzalmagan, qayta-qayta davolanayotgan bemorlar haqida eshitaman. Bunga, avvalo, organizmda kasallikning murakkab kechishi, qolaversa, ayrim shifokorlarning bilimsizligi sabab bo‘ladi.
Shifokor bo‘lishni istayotgan ba’zi tengdoshlarim kimyo va biologiyani o‘qib-o‘rgansak bo‘ldi, deb fikrlaydi. Ammo bo‘lg‘usi shifokor barcha fanlarni puxta o‘qib-o‘rganishi kerak. Masalan, matematika qon bosimini o‘lchash, qon guruhini tavsiflashda asqatadi. Ona tili dori-darmonlarni yozish uchun kerak. Ingliz tili chet elllik biror mehmon bilan muloqot qilishda zarur bo‘ladi.
Kasb tanlash ma’sulyatdir.
Kasb tanlash katta hayot yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o‘zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo‘lishidan tashqari, o‘z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo‘lishi zarur.
Ba’zi yoshlar ko‘p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo‘la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o‘ylanib qoladilar. Asosiysi, yoshlar to‘g‘ri yo‘lni tanlash o‘z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo‘lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur.
Inson qaysi kasbni orzu qilmasin yoki egallamasin, unga maktabda o‘qib-o‘rgangan barcha o‘quv fanlari poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz: O’qituvchi – trenerning ko’p qirrali kasbiy – pedagogik funksiyalari.