Asqad Muxtor 2. 7 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan test. Online testlar. Abituriyentlar uchun mavzulashtirilgan testlar.
Results
#1. Erkin Vohidovning quyidagi «Majnuntol» she’ri qaysi vaznga misol bo‘la oladi? Qubbon sohilida qomating bukib, Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib, Nimalar haqida surasan xayol, So‘yla, majnuntol?
#2. Adabiyotshunoslik ilmida she’rning o‘lchamli nutq holida bayon etilishi, nutqning qolipga, o‘lchamga solinishi nima deb ataladi?
#3. Agar misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda bo‘lsa, qanday vazn hisoblanadi?
#4. Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa, qanday vazn hisoblanadi?
#5. Barmoq she’r tizimida necha xil vazn bor?
#6. O‘zbek she’riyatiga arab va fors she’riyatidan kirib kelgan qaysi tizimda misralardagi hijolarning qat’iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifati, ya’ni qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziqligi ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi?
#7. She’rda barcha toq misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil va barcha juft misralardagi bo‘g‘inlar miqdori boshqacha xil ko‘rinishga ega bo‘lsa, qaysi vaznga misol bo‘ladi?
#8. Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi nima deb ataladi?
#9. Ijodkorning qalbida ma’lum bir voqea-hodisaga nisbatan paydo bo‘lgan munosabat nima deyiladi?
#10. She’riyatimizda, asosan, nechta vazn qo‘llanib kelingan?
#11. Quyidagi she’rning turoqlanish tartibini toping. Garchi shuncha mag‘rur tursa ham Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak?
#12. Hozirgi o‘zbek she’riyatiga xos vaznlardan qaysi birida bir o‘lchamdan boshqasiga erkin o‘tib ketilaveradi, unda na bo‘g‘inlar va na turoqlar sonining bir xilligiga rioya qilinadi?
#13. O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan qaysi vaznda misralardagi bo‘g‘inlar miqdori asosiy o‘lchov hisoblanadi?
#14. Mirtemirning quyidagi she’ri misralardagi bo‘g‘inlar miqdoriga ko‘ra qaysi vaznga kiradi? Alisherga alla aytib uxlatgan Sen – ona. Og‘ushida Bobur kamolga yetgan Sen – ona.
#15. Quyidagi she’r misralaridagi bo‘g‘inlar miqdoriga ko‘ra qaysi vaznga kiradi? Qani, ayt, maqsading nimadir sening? Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?
#16. Quyidagi she’rning turoqlanish tartibini toping. Tuproq ko‘chalardan chopgan bolalik Yillar changi ichra asta yo‘qoldi. Bolalik ketdi-yu sho‘x suhbatlarda Uni kula-kula eslamoq qoldi.
#17. Qaysi vaznda misralardagi bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo‘g‘inlarning sifati, ya’ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi?
#18. Shoirning fikri va ichki kechinmalari ifodasi bo‘lib, ma’lum tartibga solingan ritmik nutq nima deyiladi?
Ushbu testni yechib bo’lgandan so’ng fikr qoldirishni unutmang.
Agar sizga mavzulashtirilgan testlarni. (word, pdf) shakli kerak bo’lsa : o’tish >>