Домой Adabiyot fanidan 7 sinf testlar Badiiy so’z qudrati 2

Badiiy so’z qudrati 2

adabiyot 7 sinf test

Badiiy so’z qudrati. 7 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan test. Online testlar. Abituriyentlar uchun mavzulashtirilgan testlar.

#1. Qay tarzda yaratilganligi va kishilik xotirasida qaysi shaklda saqlanib qolganligiga ko‘ra badiiy adabiyot necha turga ajratiladi?

#2. Quyidagi ma’lumot qaysi asardan olingan? «Butun Turkiston o‘lkasida 1918-yildan 1930-yillargacha davom etgan milliy ozodlik kurashi jarayonida halok bo‘lganlarning sonini hech kim bilmaydi. Taxminiy hisob-kitob qilishlaricha, faqat Turkiston o‘lkasida halok bo‘lganlar soni 800000 dan ortiq. Ko‘plab oilalar o‘z uy-joylarini tashlab, ... boshqa o‘lkalarga bosh olib ketishga majbur bo‘ladilar».

#3. Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi nimada?

#4. Badiiy adabiyot ifoda xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

#5. «Yaral» so‘zining kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga kelganligi rivoyat qilinadi. Ushbu so‘zning arabchasini toping.

#6. «Tong otmoqda...» she’rining muallifi kim?

#7. Qaysi hukmlar to‘g‘ri? 1) Badiiy adabiyot ifoda xususiyatiga ko‘ra lirik, epik va dramatik singari turlarga bo‘linadi. 2) Qay tarzda yaratilganligi va kishilik xotirasida qaysi shaklda saqlanib qolganligiga ko‘ra badiiy adabiyot ikki turga ajratiladi: og‘zaki va yozma adabiyot. 3) Og‘zaki adabiyot oldinroq, yozma adabiyot esa undan keyinroq paydo bo‘lgan. 4) Har bir adabiy tur o‘z navbatida muayyan janrlardan tashkil topadi. 5) Yozma adabiyot og‘zaki adabiyot uchun tayanch vazifasini o‘taydi. 6) Ko‘rkam adabiyotning asosiy belgisi va odamga chuqur ta’sir etishining boisi uning obrazli ekanidir. 7) Adabiyot hayotning in’ikosi (surati), ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas. 8) Har bir adabiy janr o‘z navbatida muayyan turlardan tashkil topadi.

#8. Ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri nima deyiladi?

#9. «Buzilgan o‘lkaga» she’rining muallifi kim?

#10. Quyoshning zambarak bo‘lib, «o‘qlar» (nurlar) otishi, o‘sha o‘qlardan Yerning yaralanishi va bu yaralanish tufayli o‘lim emas, balki boshida «yashil chambarak» paydo bo‘lishini juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifodalagan shoir kim?

#11. Qaysi she’rda bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, o‘likxonaga aylantirilgani bironta raqam, bironta ism, nasab, nom keltirilmagan holda tasvirlanadi?

#12. Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli nima?

#13. Rivoyat qilishlaricha, dunyodagi birinchi she’r kim tomonidan va nima munosabat bilan aytilgan?

Testni tugatish

Results

Siz testdan o’tdingiz

Siz testdan o’ta olmadingiz.

Ushbu testni yechib bo’lgandan so’ng fikr qoldirishni unutmang.

Agar sizga mavzulashtirilgan testlarni. (word, pdf) shakli kerak bo’lsa : o’tish >>