Saida Zununova. 7 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan test. Online testlar. Abituriyentlar uchun mavzulashtirilgan testlar.
Results
#1. Saida Zunnunovaning pyesalarini toping.
#2. Quyidagi she’r kimning she’rda chizilgan suratiga o‘xshaydi? Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni O‘g‘irlik mol deyman, qilaman hazar Qalbimning parchasi singmasa agar, Rozimasman, birov hadya etsa zar.
#3. S. Zunnunova qaysi she’rida: «Insoniylik hurmati ichaman qasam», – degan so‘zlarni keltiradi?
#4. S. Zunnunova haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim? «Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi.U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi».
#5. S. Zunnunovaning hikoya va qissalari o‘rin olgan kitoblarni toping.
#6. Saida Zunnunovaning qaysi dostonida onaning urush tufayli ota mehridan benasib bo‘lgan, ne mashaqqatlar bilan o‘stirgan o‘g‘lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli o‘y-xotiralari tasvirlanadi?
#7. Saida Zunnunovaning ilk she’ri qanday nomlangan?
#8. S. Zunnunova qaysi she’rida «Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan» tasvirini keltiradi?
#9. Saida Zunnunovaning qaysi asarida onaning qalbidagi ikki qarama-qarshi kechinma – farzandining kamolga yetgani, to‘yini ko‘rganidan quvonchi, shukronaligi hamda shu kunlarga yetolmaganlar haqidagi g‘am-anduhli xotiralari tasvirlanadi?
#10. S. Zunnunova «Yer uzra qo‘ndi oqshom» she’rida: «Dudog‘ing guldan xushbo‘y, yuzlaring undan xushro‘y», – deya kimning tasvirini chizadi?
#11. Quyidagi misralar Saida Zunnunovaning qaysi she’ridan olingan? Jahon mening bag‘rimdami yo men jahon bag‘rida, Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan?!
#12. Saida Zunnunova «Qizimga» she’rida: «ming gulshanning gullaridan rohatbaxsh» – deya nimani ta’riflaydi?
#13. 20. S. Zunnunova qaysi she’rining dastlabki bandida «oy shu’lasi bir mayin», «men seni allalayin» tasvirlarini beradi?
#14. Saida Zunnunova qaysi sevimli adibimizning turmush o‘rtog‘i?
#15. Saida Zunnunovaning she’riy to‘plamlarini toping. 1) «Yangi she’rlar»; 2) «Gullar vodiysi»; 3) «Qizlarjon»; 4) «She’rlar»; 5) «Bir yil o‘ylari»; 6) «Nilufar»; 7) «Sodiq va Anor»; 8) «Xayrixon»; 9) «Surat bilan suhbat».
#16. Saida Zunnunovaning qaysi asarini «Iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya», – deyish mumkin?
#17. Saida Zunnunovaning dostonlarini toping. 1) «Gullar vodiysi»; 2) «Qizlarjon»; 3) «Bir yil o‘ylari»; 4) «Sodiq va Anor»; 5) «Xayrixon»; 6) «Surat bilan suhbat»; 7) «Qo‘shnilarim».
#18. Quyidagi misralar S. Zunnunovaning qaysi she’ridan olingan? To tirik ekanman, mehring, g‘ururing Mehnatda, rohatda jonim payvandi, Sen mening sevganim, sen maqtaganim!
#19. S. Zunnunova qaysi she’rida «sevgili yor rasmini Chizmoqqa munosib rang topolmayin chamanda tentirab yurgan rassomday» misralarini keltiradi?
#20. To‘g‘ri hukmlarni toping. 1) Saida Zunnunovaning birinchi she’riy to‘plami talabalik yillari nashr etilgan. 2) Saida Zunnunovaning ilk she’ri Andijon viloyatining «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. 3) Akademik shoir G‘. G‘ulom S. Zunnovaning birinchi to‘plamiga «Qizingiz yozdi» deb nom qo‘yib bergan. 4) S. Zunnunova haqidagi quyidagi fikrlarni Said Ahmad aytgan: «U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi». 5) Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo‘lida ulg‘aygan.
Ushbu testni yechib bo’lgandan so’ng fikr qoldirishni unutmang.
Agar sizga mavzulashtirilgan testlarni. (word, pdf) shakli kerak bo’lsa : o’tish >>








