O’rxun enasoy obidalari. To’nyuquq bitikdoshi. 10 sing adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.
Results
#1. «To‘nyuquq» bitiktoshida nimaga nisbatan «sariq» epiteti – sifatlashi qo‘llanilgan?
#2. «Vatan mustaqilligi uchun jon kuydirish hammaning burchi, beparvolik yomon oqibatlarga olib keladi» degan o‘git qaysi bitiktoshda qayd etilgan?
#3. «To‘nyuquq» bitiktoshidan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos joy nomini qo‘ying. «Tabg‘aсh xoqon yovimiz edi. Buning ustiga, qirg‘izning qudratli xoqoni ham yovimiz bo‘ldi. O‘sha uсh xoqon maslahatlashib, « ... ustiga bostirib boraylik, – debti, shunday maslahat qilishibdi. – Sharqqa, Turk xoqoniga qo‘shin tortaylik, – dedi. Unga qo‘shin lashkar tortilmasa, g‘azablangan chog‘da, u bizni yengadi, xoqoni alp ekan, kengashchisi dono ekan, g‘azablangudek bo‘lsa, o‘ldiradigan ko‘rinadi».
#4. Turfon qayer?
#5. «To‘nyuquq» bitiktoshida nomi keltirilgan qadimgi turklardagi onalik, hosildorlik ma’budini toping.
#6. «To‘nyuquq» bitiktoshida To‘nyuquq turk xalqini dengiz-u daryolar (katta suvlar)gacha yetkazib borganligini va «uyqusini buzib yurtida yengilib» qolgan nechta shaharni mag‘lub qilganliklarini aytadi?
#7. Qaysi bitiktoshda Vatan tushunchasi, vatanparvarlik va erk g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi?
#8. «To‘nyuquq» bitiktoshida o‘g‘uzga ketgan kuzatuvchi yetkazgan xabarga ko‘ra necha o‘g‘uz xalqi ustidan bir xoqon taxtga o‘tiradi?
#9. O‘rxun-Enasoy yodgorliklarini ilmiy jihatdan o‘rgangan o‘zbek olimlarini toping. 1) A. Qayumov; 2) A. Rustamov; 3) S. Ro‘zimboyev; 4) N. Rahmonov; 5) A. Ahmedov; 6) G‘. Abdurahmonov; 7) Q. Sodiqov
#10. «To‘nyuquq» bitiktoshida qo‘llanilgan maqol, matal va naqllarni toping. 1) «Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish»; 2) «Er yigitning uyalgani o‘lgani»; 3) «Oriq buqa va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov semiz buqa va oriq buqani ajrata olmas»; 4) «Otning o‘limi – itning bayrami».
#11. Eramizdan oldingi qaysi xalq tarixchilari turkiylarning o‘ziga xos qo‘shiq va dostonlari bo‘lganini manbalarda qayd etishgan?
#12. «To‘nyuquq» bitiktoshining 10-sinf adabiyot darsligidagi matni qaysi kitobdan olingan?
#13. Turk xoqonligi Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog‘lab turuvchi «Buyuk ipak yo‘li»ning ustida joylashgan qaysi hududlardagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi?
#14. «To‘nyuquq» bitiktoshida nomi keltirilgan Kul Tegin va Bilga xoqonning otasi kim?
#15. «Irq bitigi» yana qanday nom bilan ataladi?
#16. Qadimgi turkiy adabiyot namunalari bo‘lgan qadimiy obidalar keyinchalik qayerlardan ham topilgan bo‘lsa-da, tarixda O‘rxun–Enasoy obidalari nomi muqim o‘rnashib qolgan? 1) Sibir; 2) Mo‘g‘ulistonning boshqa joylari; 3) Arabiston; 4) O‘rta Osiyo; 5) Kavkaz; 6) Volgabo‘yi; 7) Sharqiy Yevropa; 8) Hindiston; 9) Sharqiy Turkiston.
#17. «To‘nyuquq» bitiktoshida Eltarish xoqon dono maslahatchisi bilan bo‘lgani uchun Qitanga necha marta jang qilganligi aytiladi?
#18. «To‘nyuquq» bitiktoshidagi o‘ziga xos tasvir usullaridan biri voqeahodisalarga muayyan yondashish bilan izohlanadi, ko‘pincha bir necha voqea-hodisalar yoki ular bilan bog‘liq detallar ketma-ket sanaladi. Quyidagilardan shularga mos javobni toping. 1) «Turk budun o‘lti, alqinti, yo‘q bo‘ldi»; 2) «Tabg‘ach, bardanayin teg. Qitany, o‘ngdalayin teg. Ban yirdantayin tegayin». (Tabg‘ach, sen o‘ngdan hujum qil! Qitan, oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay!); 3) «... uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudining ich-u tashini - mol-u jonini topshirgan kishiday bo‘lamiz. Yupqa yig‘in tormor qilishga oson emish, ingichka yig‘in uzishga oson emish. Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish»; 4) «Altun yishni oshib keldik, Ertish daryosini kechib keldik. Kelgani alp, deganlar. (Yov bizni) sezma(y qol)di».
#19. «To‘nyuquq» bitiktoshida nomi keltirilgan Bilga xoqon kim edi?
#20. «To‘nyuquq» bitiktoshida turk xalqi ustiga qaysi uchta xalqning birlashib hujum qilishini eshitgach, To‘nyuquq: «Xabarni eshitib, tun uyqum kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi», – deydi?
Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish