O’rxun enasoy obidalari. To’nyuquq bitikdoshi. 10 sing adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.
Results
#1. «To‘nyuquq» bitiktoshida yanglishgani sabab bo‘g‘izlangan (o‘ldirilgan) shaxs kim edi?
#2. Eramizdan oldingi davrlardayoq qaysi xalq tarixchilari ajdodlarimiz orasida mavjud bo‘lgan og‘zaki ijod namunalari: ertak, rivoyat va afsonalar haqida ayrim ma’lumotlarni yozib qoldirishgan?
#3. «To‘nyuquq» bitiktoshida To‘nyuquq qaysi xoqonlarning birlashib janubda Tabg‘aсhni, sharqda Qitanni, shimolda O‘g‘uzni ko‘plab o‘ldirganliklarini va bilimdoni, chabusi o‘zi bo‘lganligini aytadi?
#4. «To‘nyuquq» bitiktoshida keltirilishicha, To‘nyuquq kimni Tabg‘achga elchi qilib jo‘natadi?
#5. «To‘nyuquq» bitiktoshida Eltarish xoqon dono maslahatchisi bilan bo‘lgani uchun Tabg‘achga necha marta jang qilganligi aytiladi?
#6. «To‘nyuquq» bitiktoshida keltirilishicha, Inigak ko‘lini kechib, To‘g‘ladan qaysi dushman turk xalqini tor-mor qilgani keladi?
#7. «To‘nyuquq» bitiktoshida Eltarish xoqon dono maslahatchisi bilan bo‘lgani uchun O‘g‘uzga necha marta jang qilganligi aytiladi?
#8. «To‘nyuquq» bitiktoshida qaysi yo‘lning bitta ekanligi, uni ham qor bosib qolganligi, shu sabab yer biladigan kishi yollashganligi aytiladi?
#9. «To‘nyuquq» bitiktoshida qaysi dashtda o‘n tuman (yuz ming) lashkar yig‘ilganidan qo‘rqib turk lashkarining ayrimlari: «Qaytaylik, halol (kishining) uyati (or-nomusini saqlagani) yaxshi», – deb turganda To‘nyuquqning: «Altun yishni oshib keldik, Ertish daryosini kechib keldik. Kelgani alp, deganlar. (Yov bizni) sezma(y qol)di. Tangri Umay, muqaddas yer-suv bosib bergan, shekilli, nega сhekinamiz,(yovni) ko‘p deb, nega qo‘rqamiz, (o‘zimizni) oz deb. Qani, bosaylik, hujum qilaylik», – dedim. Hujum qildik, tor-mor qildik», – degan qahramonona tasviri chiziladi?
#10. O‘rxun-Enasoy obidalarining eng yiriklari qaysi yodgorliklar hisoblanadi?
#11. «To‘nyuquq» bitiktoshida To‘nyuquq o‘zining qaysi elda voyaga yetganligini aytadi?
#12. «To‘nyuquq» bitiktoshida xoqonlar janubda Tabg‘aсhni, sharqda Qitanni, shimolda O‘g‘uzni ko‘plab o‘ldirganlarida To‘nyuquq qayerlarni manzil qilib turganliklarini aytadi?
#13. . O‘rxun-Enasoy yodgorliklarini kimlar Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilganlar?
#14. «To‘nyuquq» bitiktoshi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni toping. 1) Bilga xoqon iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: «Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim»; 2) To‘nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy asar bo‘lishidan qat’i nazar, unda hayot haqiqati ham, tarixiy haqiqat ham badiiy tarzda o‘z aksini topgan. 3) To‘nyuquqning harakatlarida, so‘zlarida o‘ziga ham, butun xalqiga ham buyuk ishonch balqib turadi. Xuddi shu holat uning g‘alabalarida asosiy omil bo‘ladi; 4) Asar tilidagi ko‘plab so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida aynan qo‘llaniladi. Bir qism so‘zlarda ozgina tovush o‘zgarishlari yuzaga kelgan, yana bir toifa so‘zlar esa bugungi iste’moldan chiqib ketgan; 5) Yodgorliklarda inson shaxsi va, ayniqsa, uning erki bilan bog‘liq masalalar teran badiiy tahlil qilingan. Turli-tuman tarixiy ma’lumotlarga tayanib, O‘rta Osiyoni eposlar beshigi deb nomlash mumkin bo‘ladi.
#15. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog‘ozga, turli buyumlar (kumush ko‘zachalar, yog‘och, teri, oyna, qayish to‘qasi)ga yozilgan namunalari ham bor bo‘lib, jumladan «Irq bitigi» nimaga yozilgan?
#16. Qadimgi turkiy adabiyot namunalari bo‘lgan obidalarning topilishi qaysi daryolarning havzalari bilan bog‘liq?
#17. «To‘nyuquq» bitiktoshida kimni tor-mor keltirib, elliktacha yigitini o‘sha kechasiyoq xoqoni tomon jo‘natib yuborishgach, o‘sha xabarni eshitib, o‘n o‘q beklari, xalqi, yoppasiga kelib, bosh egganligi aytiladi?
#18. «To‘nyuquq» bitiktoshida dushmanni yengach, Bilga To‘nyuquqning turk xalqini qayerga joylashtirganini eshitib, janubdagi, g‘arbdagi, shimoldagi, sharqdagi xalq ham keladi?
#19. «To‘nyuquq» bitiktoshi Ulan-Batordan necha kilometr janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilidan topilgan?
#20. «To‘nyuquq» bitiktoshi kompozitsion jihatdan qanday qismlardan tashkil topgan?
Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish