Rustamxon dostoni testlar

0
10 sinf adabiyot

Rustamxon dostoni mavzulashtirilgan testlar. 10 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan online testlar.

 

Results

#1. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketgach, Oqtosh mamlakatida tashqarida kim arz so‘radi?

#2. «Rustamxon» dostonidagi ajdarga asir bo‘lgan qiz kim?

#3. Doston deb nimaga aytiladi?

#4. «Rustamxon» dostonida Rustamni o‘ldirmoqchi bo‘lgan Momogul kampir kimdan yordam so‘raydi?

#5. Quyidagilar ichidan xalq og‘zaki ijodidagi ishqiy-sarguzasht dostonlarni toping. 1) «Go‘ro‘g‘li»; 2) «Ravshan»; 3) «Rustamxon»; 4) «Alpomish»; 5) «Oshiq G‘arib va Shohsanam».

#6. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan olingan? Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi, Tavba qilib o‘zi axtarib keldi, Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi? Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma, «Rustam otasini chopibdi» degan Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.

#7. «Rustamxon» dostonida yolg‘iz o‘g‘li va Huroyimni izlab Oqrabotga kelgan Sultonxonni dastlab kim ko‘rib qoladi va «belida kamarlari tilladan: qaddi-jasadi kelbati Rustamga keladi» deya Rustamning otasi ekanligini anglaydi?

#8. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlarda qo‘llanilgan «lanqa» so‘zining ma’nosini toping. «Rustam otasini chopibdi» degan Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.

#9. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qayerlarning beklari va xonlari haqida gap ketyapti? «Bu yerlar tevaragidagi ellar, necha qo‘rg‘on so‘rab turgan beklar ilgaridan ham bir-biriga ma’lum. Goh Sultonxonga boj berib, goh bermay qaytib turar edi».

#10. «Rustamxon» dostonida Oqtoshdan bosh olib ketgan Rustamxon enasini otga mindirib, tozilarini ergashtirib yo‘lga chiqadi va qayerdan qo‘nim topadi?

#11. «Rustamxon» dostonida kim Huroyimni zindonband qilib, uning qiyofasiga kiradi va dev yordami bilan Rustamni o‘ldirmoqchi bo‘ladi?

#12. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parcha kimlarning tilidan kimga qarata aytilgan? Eshit, momo, oyimlarning tilini, Vayron qilsang bunda Oqtosh elini, Xazon qilgin tar ochilgan gulini, O‘lsin deymiz Huroyim ham ulini.

#13. «Rustamxon» dostonida Sultonxonning nechta xotini bor edi?

#14. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz soddadil, mard va qo‘rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi?

#15. «Rustamxon» dostonida Bujul shahridan qaytib kelgan Rustamxon va enasi qayerda yashar edilar?

#16. «Rustamxon» dostonida kim «nor kalla qo‘chqor» deb ta’riflanadi?

#17. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz kundoshlari yurtidan quvganida ham, ajal ko‘lanka solganida ham, o‘zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, o‘zligidan kechmaydi?

#18. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketar chog‘ida taxtini kimga topshirib ketadi?

#19. «Rustamxon» dostonida oxir-oqibatda kim Oqtoshda podsholik qildi?

#20. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz ta’riflangan? «Ko‘rdi: ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko‘rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday. Ikki qo‘li orqasiga boylangan, sochidan uyning keragasiga boylovli turibdi».

Previous
Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish