Rustamxon dostoni testlar

0
10 sinf adabiyot

Rustamxon dostoni mavzulashtirilgan testlar. 10 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan online testlar.

 

Results

#1. «Rustamxon» dostonida yolg‘iz o‘g‘li va Huroyimni izlab Oqrabotga kelgan Sultonxonni dastlab kim ko‘rib qoladi va «belida kamarlari tilladan: qaddi-jasadi kelbati Rustamga keladi» deya Rustamning otasi ekanligini anglaydi?

#2. «Rustamxon» dostonida kim Huroyimni zindonband qilib, uning qiyofasiga kiradi va dev yordami bilan Rustamni o‘ldirmoqchi bo‘ladi?

#3. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz soddadil, mard va qo‘rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi?

#4. «Rustamxon» dostonida Bujul shahridan qaytib kelgan Rustamxon va enasi qayerda yashar edilar?

#5. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qayerlarning beklari va xonlari haqida gap ketyapti? «Bu yerlar tevaragidagi ellar, necha qo‘rg‘on so‘rab turgan beklar ilgaridan ham bir-biriga ma’lum. Goh Sultonxonga boj berib, goh bermay qaytib turar edi».

#6. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlarda qo‘llanilgan «lanqa» so‘zining ma’nosini toping. «Rustam otasini chopibdi» degan Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.

#7. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz kundoshlari yurtidan quvganida ham, ajal ko‘lanka solganida ham, o‘zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, o‘zligidan kechmaydi?

#8. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketgach, Oqtosh mamlakatida tashqarida kim arz so‘radi?

#9. «Rustamxon» dostonida Oqtoshdan bosh olib ketgan Rustamxon enasini otga mindirib, tozilarini ergashtirib yo‘lga chiqadi va qayerdan qo‘nim topadi?

#10. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz ta’riflangan? «Ko‘rdi: ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko‘rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday. Ikki qo‘li orqasiga boylangan, sochidan uyning keragasiga boylovli turibdi».

#11. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parcha kimlarning tilidan kimga qarata aytilgan? Eshit, momo, oyimlarning tilini, Vayron qilsang bunda Oqtosh elini, Xazon qilgin tar ochilgan gulini, O‘lsin deymiz Huroyim ham ulini.

#12. Quyidagilar ichidan xalq og‘zaki ijodidagi ishqiy-sarguzasht dostonlarni toping. 1) «Go‘ro‘g‘li»; 2) «Ravshan»; 3) «Rustamxon»; 4) «Alpomish»; 5) «Oshiq G‘arib va Shohsanam».

#13. Doston deb nimaga aytiladi?

#14. «Rustamxon» dostonida Rustamni o‘ldirmoqchi bo‘lgan Momogul kampir kimdan yordam so‘raydi?

#15. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan olingan? Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi, Tavba qilib o‘zi axtarib keldi, Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi? Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma, «Rustam otasini chopibdi» degan Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.

#16. «Rustamxon» dostonida kim «nor kalla qo‘chqor» deb ta’riflanadi?

#17. «Rustamxon» dostonidagi ajdarga asir bo‘lgan qiz kim?

#18. «Rustamxon» dostonida Sultonxonning nechta xotini bor edi?

#19. «Rustamxon» dostonida oxir-oqibatda kim Oqtoshda podsholik qildi?

#20. «Rustamxon» dostonida Sultonxon safarga ketar chog‘ida taxtini kimga topshirib ketadi?

Previous
Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish