Bosh sahifa 10 sinf adabiyot fanidan testlar O’rxun enasoy obidalari. To’nyuquq bitikdoshi

O’rxun enasoy obidalari. To’nyuquq bitikdoshi

10 sinf adabiyot

O’rxun enasoy obidalari. To’nyuquq bitikdoshi. 10 sing adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

Results

#1. «To‘nyuquq» bitiktoshi nechanchi asr adabiy til namunasi hisoblanadi?

#2. O‘rxun-Enasoy obidalarining «toshbitiklar» deb ham yuritilishiga sabab nima?

#3. «To‘nyuquq» bitiktoshida nomi keltirilgan turkiylarning muqaddas poytaxtini toping.

#4. O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida tasvirlangan turkiy xalqlar qaysi ulkan hududda o‘z davlatlarini idora qilishgan?

#5. «To‘nyuquq» bitiktoshidan olingan quyidagi parchada qaysi tasvir vositasi qo‘llanilgan? O‘ngra qitaynyig‘ o‘lurtachi terman, Bani o‘g‘uzug‘ o‘lurtachi – o‘q terman.

#6. Qaysi bitiktosh qahramoni xalqning, vatanning haqiqiy, asl o‘g‘loni sifatida gavdalanadi, turk xalqini tabg‘achlar asoratidan qutqarish uchun astoydil kurashadi?

#7. «To‘nyuquq» bitiktoshida qaysi xalqning yoriq dubulg‘a kiyishi aytiladi?

#8. «To‘nyuquq» bitiktoshida To‘nyuquq yoshligida turk xalqining qaysi elga qaramligini aytadi?

#9. «To‘nyuquq» bitiktoshini kimlar birgalikda izlab topishgan?

#10. «To‘nyuquq» bitiktoshida bosh lashkarboshi qanday ataladi?

#11. «To‘nyuquq» bitiktoshida To‘nyuquqning o‘z tilidan qaysi xoqonlarga xizmat qilganligi aytiladi?

#12. «To‘nyuquq» bitiktoshida keltirilishicha, To‘nyuquq qaysi xoqonlar bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi?

#13. «To‘nyuquq» bitiktoshi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni toping. 1) Turkiylarning o‘z erkini qo‘ldan berib qo‘yishlarining sababi aytiladi: «Turk xalqi boshboshdoqlikka, o‘zibo‘larchilikka, beparvolikka yo‘l qo‘ydi... o‘zining xoni bilan birga bo‘lmadi»; 2) To‘nyuquqda buyuk sarkardalarga xos bo‘lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur’at, ba’zan nihoyatda keskinlik, cho‘rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko‘rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo‘ladi; 3) To‘nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o‘z vatani, xoqoni, qo‘shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o‘zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan; 4) Bitikda Eltarish xoqonning: «xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan» degan bahosini ko‘rish mumkin. To‘nyuquqning xotirjamligi esa «xalqning tomog‘i to‘q edi» jumlasi orqali ifodalangan;

#14. «To‘nyuquq» bitiktoshida ismi keltirilgan Altaris (Eltarish) kim?

#15. «To‘nyuquq» bitiktoshidan olingan quyidagi parchada turk xalqining qaysi dushmani haqida gap ketyapti? «Qo‘shini uсh ming ekan, biz ikki ming edik, urushdik. Tangri yorliqadi, qochirdik, daryoga tushdi. Qochgan yo‘lida yana o‘ldi, chog‘i. Shundan so‘ng u butunlay (taslim bo‘lib) keldi».

#16. «Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan» jumlalari qaysi bitiktoshdan olingan?

#17. «To‘nyuquq» bitiktoshida keltirilishicha, kim ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan?

#18. «To‘nyuquq» bitiktoshidan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan «tangri» so‘ziga izoh bering. «Tangri anсha tamis arinсh: Qan bartim, qaningin qo‘dub ichikding, ichikduk uсhun tangri «o‘l» tamis arinсh, turk bo‘dun o‘lti, alqinti, yoq bo‘lti».

#19. O‘rxun-Enasoy yodgorliklarini ilmiy jihatdan o‘rgangan butun dunyo turkiyshunoslarini toping. 1) V. Tomson; 2) V. Radlov; 3) S. G. Klyashtorniy; 4) S. E. Malov; 5) I. Reshetov; 6) H. O‘rxun; 7) T. Tekin; 8) K. Pavlov; 9) G. Aydarov; 10) I.V. Stebleva; 11) Najib Osim.

#20. Qadimgi davrlarda yashab ijod etgan adiblarning nomlarini toping. 1) Aprinchur Tegin; 2) Kul Tegin; 3) Singku Seli Tutung; 4) Pratyaya-Shiri; 5) Asig Tutung; 6) Chusuya Tutung; 7) Kalim Keysi; 8) Kul Tarxon; 9) Chuchu; 10) Yo‘llug‘ Tegin; 11) Bo‘gu tarxon.

Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish