Bosh sahifa 10 sinf adabiyot fanidan testlar Rustamxon dostoni mavzulashtirilgan testlar 5

Rustamxon dostoni mavzulashtirilgan testlar 5

10 sinf adabiyot

Rustamxon dostoni mavzulashtirilgan testlar. 10 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan online testlar.

#1. «Rustamxon» dostonida Sultonxon nechanchi xotinidan farzandli bo‘ladi?

#2. «Rustamxon» dostonida Rustamxon qizga ajdahodan qutilganini qanday isbotlab beradi?

#3. Doston janriga mos ta’rifni toping.

#4. Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning qanday turlari mavjud? 1) qahramonlik dostonlari; 2) romantik – ishqiy-sarguzasht dostonlar; 3) tarixiy dostonlar; 4) ijtimoiy dostonlar; 5) realistik dostonlar.

#5. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada kimlar haqida gap ketyapti? Gunohkor ikkovi, qo‘lin boylanglar, Turmasin, shahardan darrov haydanglar; Kim yomonlik qilsa, jazosin ko‘rsin, Hech tirik qolmasin, ikkovi o‘lsin.

#6. «Rustamxon» dostonida «Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burilmaydi» jumlasi qaysi qahramon tilidan aytilgan?

#7. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz fitnaga aldanib, oilasidan, xotini va farzandidan ajraydi, doston so‘ngida o‘z xatolarini tushunib yetadi hamda xotini va o‘g‘lidan kechirim so‘raydi, yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatishga kirishib, yomonlarni jazolaydi?

#8. «Rustamxon» dostonida «Adashganning oldi yo‘l» maqoli qaysi obraz tilidan berilgan?

#9. «Rustamxon» dostonida kim shunday yigit bu shum kampirning o‘g‘li emasligiga aqli yetib, kampirning o‘zini o‘ldirib, Rustamni qutqaradi?

#10. «Rustamxon» dostonida Rustam va Huroyim haqidagi haqiqatni bilgan Sultonxon o‘z gunohini yuvish va ulardan avf so‘rash ilinjida qanday qiyofaga kirib, yurt kezadi, o‘g‘li va Huroyimni qidiradi?

#11. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? Oh ursam, to‘kilar ko‘zimning yoshi, O‘limdan qaytarmi, bilgin, mard kishi, Bundan qo‘rqib ketmoq nomardning ishi! Ushbu damdir, o‘zga damni dam dema.

#12. «Rustamxon» dostonida shohlikni rad etib, polvonlik va botirlikni mashq qilishni odat qilgan qahramon kim?

#13. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi obraz ta’riflangan? «G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi…»

#14. «Rustamxon» dostonida ko‘p yillik ayriliqlardan so‘ng o‘z yurtiga qaytib kelgan Sultonxon va Huroyim ularning boshiga turli fitnalarni solgan dushmanlarini qanday aniqlaydilar? 1) G‘aznavonlardan ikki kundoshning uch qop tilla olib, mastonga berganliklarini so‘rab biladilar; 2) Ularni ko‘rgani hamma kelib, yolg‘iz dushmanlari kelmaganligidan shubhalanadilar; 3) Amaldorlar bilan maslahat qilib, bir necha sirlarni bilib oladilar; 4) G‘aznavonlardan dushmanlarining to‘rt qop tilla olganliklarini biladilar.

#15. «Rustamxon» dostonida Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxonni qilich bilan chopmoqchi bo‘lganida, qaysi obrazning o‘ziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi ko‘zga tashlanadi?

#16. «Rustamxon» dostonida Rustamxonning ismini kim qo‘ygan?

#17. «Rustamxon» dostoni kimning tilidan yozib olingan?

#18. «Rustamxon» dostonida safarga ketar chog‘ida Sultonxon Huroyimga qancha vaqtda kelishini aytadi?

#19. «Rustamxon» dostonida doston voqealari rivojida qaysi qahramonning qo‘rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko‘rish mumkin?

#20. «Rustamxon» dostonida Ka’ba istab Sultonxon bilan yo‘lga chiqqan qalandarlar soni nechta edi?

Testni tugatish

Results

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish