Домой Foydali Alisher Navoiy Xamsa asari haqida malumot

Alisher Navoiy Xamsa asari haqida malumot

Alisher Navoiy Xamsa asari haqida malumot

Sahifamiz orqali Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy Xamsa asari haqida malumot, Navoiy g’azalari va asarlari haqida batafsil.

Alisher Navoiy Xamsa asari.

«Xamsa» yozishni ozarbayjonlik ulugʻ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. U 1170–1204-yillar oraligʻida birin-ketin 5 ta doston yaratdi. Bu dostonlar shoirning vafotidan keyin yaxlit bir toʻplam holiga keltirilib „Panj ganj“ („Besh xazina“) deb nomlandi va keyinchalik „Xamsa“ nomi bilan mashhur boʻldi.

Nizomiy beshligidagi birinchi doton „Maxzan ul-asror“ („Sirlar xazinasi“) 1180-yil gʻaznaviylar hukmdori Bahromshohga bagʻishlab yozilgan. „Maxzan ul-asror“ falsafiy-axloqiy masalalarga bagʻishlangan boʻlib, 18 bob, muqaddima va xotimadan iborat.

Nizomiy „Xamsa“sining ikkinchi dostoni „Xusrav va Shirin“ taxminan 1181-yilda yozib tugallangan. Bu doston saljuqiy hukmdor Toʻgʻrul II topshirigʻi bilan yozilgan.

Nizomiy „Xamsa“sidagi uchinchi doston „Layli va Majnun“ 1188–1189-yillarda Shirvonshoh Axsitan ibn Manuchehr topshirigʻiga koʻra yaratiladi.

Tavsiya etamiz:Alisher Navoiy g’azallari

Nizomiy beshligidagi toʻrtinchi doston „Haft paykar“ („Yettigoʻzal“) 1197-yilda yozib tugallanadi. Doston 4600 bayt (1 bayt 2 qatorga teng)dan iborat boʻlib, hukmdor Alouddin Koʻrpa Arslon (1174–1207) topshirigʻi bilan yaratilgan.

Nizomiy beshligidagi soʻnggi – beshinchi doston „Iskandarnoma“ deb atalib, ikki qism: „Sharafnoma“ va „Iqbolnoma“dan iborat. Doston hajman 10500 bayt boʻlib, 1197–1204-yillar oraligʻida yozilgan. Doston uchun Sharq adabiyotida keng tarqalgan Iskandar Zulqarnayn timsoli bosh qahramon sifatida olingan. „Sharafnoma“da Iskandarning harbiy yurishlari va jahongirligi tasvirlansa, „Iqbolnoma“da Iskandar donishmandligi bilan namoyon boʻladi.

Alisher Navoiy Xamsa asari yuqoridagi dostonlardan birinchi farqli jihati turkiy tilda yozilganidir. Navoiy „Xamsa“si

  • „Hayrat ul-abror“ („Yaxshi kishilarning hayratlanishi“)
  • „Farhod va Shirin“
  • „Layli va Majnun“
  • „Sabʼai sayyor“
  • „Saddi Iskandariy“ dostonlaridan iborat boʻlib, 1483–1485-yillarda yozilgan.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek adibi haqida insho