Yo’l harakati qoidalari

0

Yo’l harakati qoidalari haqida, yo’l harakati qoidalari rasmlari va bolalar uchun yo’l qoidalari va transportlar haqida sherlar to’plami.

Yo’l  qoidalari.

Ko’cha va yo’llarda o’zini tutish qoidalari

Piyodalarga yo’lakchalarda va maxsus piyodalar yo’lakchasida yurishga ruxsat etiladi. Bunday joylar bo’lmasa yo’l chekkasida yoki velosiped harakatlanish yo’llarida yurish mumkin. O’ng tarafdan yoqalab, mashinalar yo’nalishi bo’yicha harakatlan.

Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi. Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga yugurib chiqma, transportlar qatnoviga halaqit berma.

Chang’i, g’ildirakchali rolik-konki, skeytbordda faqat to’silgan tomosha bog’larida uch! Yo’lning transport qatnov yo’liga chiqma. Agar, ko’cha yoki yo’lni kesib o’tish zarur bo’lsa, velosipeddan tushib uni boshqar, skeytbordni qo’lingga olib o’t.

Qiziqarli faktlar.

1) “Svetofordaraxt” – Svetoforning ilk vatani London shahrida 1998-yili fransiyalik haykaltarosh Pierre Vivant tomonidan ishlab chiqilgan. Ajoyib ko‘rinishdagi svetofor tartibni saqlash bilan birga havoni ham tozalaydi.

2) Tailandning Krabi shahrida joylashgan ko‘rsatkichli svetoforni “tosh odam” haykali ko‘tarib turadi.

3) Praga shahridagi nafaqat Chexiyaning balki Yevropaning eng tor yo‘lkasida joylashgan svetofor kishi e’tiborini o‘ziga tortishi tabiiy. Chunki yo‘lkadan bir vaqtning o‘zida faqat 1 ta odamgina o‘ta oladi. Qarama-qarshi tarafdan kelayotgan kishining esa sig‘masligi tayin.

4) Yana bir o‘ziga xos svetoforni Daniyada ko‘rish mumkin. Piyodalar uchun o‘rnatilgan svetoforga tushirilgan jangchi tasviri nafaqat 1849-yildagi Frederitsiya jangini eslatadi, balki harakatni ham tartibga soladi.

5) New Yorkdagi noodatiy svetoforda piyodalar uchun ranglar o‘rnini so‘zlar egallagan. Chunonchi, svetoforda yozilgan “walk” ya’ni “yur” yoki “don’t walk” ya’ni “to‘xta” degani. Svetoforda qizil va oq ranglar ishlatilgan.

Svetafor haqida sherlar.

Koʻchamizda oʻzing bor,
Uchta chaqmoq koʻzing bor.
Svetafor,svetafor,
Uchta chaqmoq koʻzing bor.

Qizil koʻzing chaqnasa,
Yoʻl yopiqdir taqa-taq.
Sariq koʻzing chaqnasa,
Yoʻlga xozirlan shu choq
Yashil koʻzing chaqnasa,
Yoʻl ochiqdi har qachon.

Svetafor,svetafor,
Uchta chaqmoq koʻzing bor.

Svetafor.

Bog’cha opam o‘rgatgan
Qoidani bilaman,
Svetafor bizga do‘st
Tartib bilan yuraman.

Qizil ko‘zi porlasa yo‘l yopildi kutaman,
Sariq ko‘zi porlasa bir oz kutib turaman.
Yashil ko‘zi porlasa yo‘l ochildi yuraman.

Samalyot – transport haqida sherlar

Osmonda qilib parvoz,
Dunyolarni kezaman.
Kayfiyatim bo’lib soz,
Men Samalyot bo’laman.

Moshina.

Moshinaman men o’zim,
Turlidur ko’rinishim.
Yo’llarda tez yuraman,
Manzilga yetkazaman.

Kemacha.

Nasiba Erxonova

Oq kemacham oqadi,
Suv yuzida suzadi.
Unga chizgan qasrcham
Erib, dunyo kezadi.

Kemachamning ichida
Orzularim oqadi.
Doʼstim, ayt-chi, kemachang
Qaerlarda suzadi

Mening kemam shu yurtda,
Suzar erkin qush boʼlib.
Shu Vatanning suvida,
Yuguradi joʼsh urib.

Tez yordam mashinasi.

Nasiba Erxonova

Buvim juda mehribon,
Kelishimiz kutadi.
Bir kun borsak toʼsatdan,
Boshin sekin ushladi.

«Tez yordam»ni chaqirdi,
Dadajonim bir pasda.
Chiroqlari charaqlab,
Mashina keldi tezda.

Oq xalatli shifokor,
Biram chaqqon, mexribon.
Buvijonim koʼzlari
Chaqnab ketdi-ku shu on.

— Diydordan xursand bulib,
Erkalanibsiz onam.
Nevarangiz kuchsangiz,
Sogʼayasiz chunonam.

O’t o’chirish mashinasi.

Nasiba Erxonova

Qizil rangli mashina
Yelday uchib oʼtdi-ku!
Xavotirim shundandir —
Bolalar omonmikan?!

Ehtimol, gugurt oʼynab,
Qoʼygandir quloqsizlar.
Balki gazni notoʼgʼri,
Ulagan uyatsizlar?!

Аsosiysi, falokat
Bartaraf etilibdi.
Ut uchirgich amaki,
Xalq olqishin olibdi.

Yo’l qoidalari haqida ssenariylar.

машгулот ишланма 2

Yo’l harakati qoidalari

йул

йўл харакати КУРГАЗМА

YO`L QOIDASI UMR FOYDASI

Yo’l harakati belgilari

YO’L QOIDASI

Yo’l belgilari rasmlari.

Yo’l qoidasi haqida bolalar uchun.

 

Tavsiya etamiz: Kasblar haqida sherlar

manba.