Sahifada Bolalar uchun kasblar haqida sherlar, kasblar rasmi to’plami.
Kasb haqida.
Kasb (lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi.
Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik kasbida xirurg, oftalmolog, dermatolog va boshqa). Kasb, odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi
Hunar-Muayyan koʻnikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashgʻulot; kasb
Kasblar haqida sherlar.
Kasblar kop dunyoda
Bir biridan ziyoda.
Bariga okish kerak,
Va yana ukish kerak.
Har kasbning oziga
Qiyinligi yarasha.
Buning uchun okish kerak
Va yana o’qish kerak!
Duradgor.
O’sib o’sib yildan yil
O‘n yettiga to‘laman
Kasblar juda xilma xil
Menchi men kim bo‘laman?
Juda kop hunarlar bor
Eng keragi
Arra, randa duradgorolimda,
Xizmat qilaman elga,
Doim munosib bolay,
«duradgor» degan nomga.
O’t o’chiruvchi.
Olovga kim kelar bas,
Bu ish qiyin, osonmas
Oʼt oʼchiruvchi odam
Kulfatni yengar bardam.
O’qituvchi kasbi.
Bilim olib chinakam,
Oʼrganamiz harf, raqam.
Hammaga berar taʼlim,
Oʼqituvchi – muallim.
Tavsiya etamiz: Kasb haqida insho rejasi bilan
O’qituvchi.
«Ustoz» degan nomim bor,
Okituvchiga mexrim bor.
Unga berib bilimnn,
Burchim otay- Vatanim.
Sartarosh.
Sarishta yurmok uchun,
Orasta bolmok uchun.
Qolimda kaychi, tarok,
CHiroyli etay ortoq!
Raqqosa.
Raqsga tushib beray,
Konglingiz xushnud etay.
Sanatkor yulduz bolib,
Doimo porlab yuray.
Hamshira.
Davo olganda bemor
Muolajalar darkor.
Charchamas ishlab sira,
Oq xalatli hamshira.
Harbiy.
Harbiylar doim sergak,
Ular jasur, sheryurak.
Shahdam tashlab qadamin
Qoʼriqlashar Vatanin.
Sportchi.
Boks, kurash, shaxmat, shashka
Yana koʼp turlar boshqa.
Sportchilar kuch sinashar,
Аql, sogʼlik birlashar.
Oshpaz.
SHirin taom ustasi,
Elga xizmat niyati.
Zumda palov pishiray,
Oshpaz akang qaragay!
Bog’bon.
Erga mehrim berayin,
Bogu-roglar kilayin.
YUrtim gullashi uchun,
Mehnatterintokayin.
Аrxitektor.
Аrxitektor chizadi
Oʼz rejasin tuzadi,
Soʼng qurilar bino, uy
Goʼzal shahar choʼzar boʼy.
Tikuvchi.
CHiroyli matolardan,
Darrov koylak bichaman.
Atlas, kimxob,parchadan,
Koylak tikib beraman!
Uchuvchi.
Samolyotdan uchuvchi,
Samolarni quchuvchi
Pastlab uchib, shunday der:
Salom Vatan, ona yer!
Shifokor.
Yiqilib tushmang aslo,
Tumov ham bolmang aslo.
Gar bolib kolsa shunday,
Men ozim yordam beray.
«Mexnat birjasi» O’yini
Sotuvchi.
Sotuvchi savdo qilar,
Muomalani bilar.
Аsosiysi minnatdor
Boʼlib ketsin xaridor.
Tarbiyachi.
Tarbiyaning, albatta,
Vazifalari katta.
Bolalarga parvona
Tarbiyachi ham ona
O’t o’chirish mashinasi.
Gugurt oʻynab yosh-yalang,
Oʻt chiqibdi, eh attang!
Alanga koʻkka boʻylar,
Chora bormi yong‘inga!
Kuyib kul boʻlsa uylar,
Chidab bo’larmi bunga?!
Yuz berganda falokat,
Uzoq oʻylash nimasi,
Bunga bas kelar faqat
Veterinar.
Veterinar ham doktor
U kelgach tashvish yoʼqdir.
Jonivorlarni tuzatar
Sogʼaytirib kuzatar.
Tavsiya etamiz: Bayroq haqida sherlar,ssenariylar
Tez yordam.
Ismim bilib ol »Tez yordam»,
Yordamga shayman hardam.
Gar bo‘lib qolsang kasal,
Qo‘rqma,boraman ildam.
Do‘stlarim bo‘ling bardam
Shifokor mashinaman,
Oq kiyimda yuraman
03~raqamin tersang,
Kerakligim bilaman.
Sizga yordam beraman
Militsiya mashinasi.
Yonimda yorligʻim bor:
“Militsiya xizmati”
Shul sabab kaminaning
Har joyda bor hurmati.
El tinchlik, osoyishin
Doim sergak saqlayman.
“Xalq posboni” nomini
Sharaf bilan oqlayman!
Men bor joyda tartib bor,
— Bordir qat’iy intizom.
xalq uchun kim xizmatkor
Ungadir— shon, ehtirom!
Oshpaz.
Palov, manti va lagʼmon
Buncha shirindir taom
Ovqat pishirsa oshpaz
Koʼrib qilasan havas.
Davo olganda bemor
Muolajalar darkor.
Charchamas ishlab sira,
Oq xalatli hamshira.
Nonvoy.
Nonvoy nonin yopadi,
Elda hurmat topadi.
Yozilganda dasturxon
Qoʼyiladi avval non.
Dehqon.
Dalasiga olib yoʼl,
Dehqon koʼzlar hosil moʼl.
Oʼz ishiga u usta
Xirmon uyadi kuzda.
Musiqachi.
Dutor, tanbur, nay va soz
Ohanglar oʼziga xos.
Musiqachi kuy chalar,
Odamlar bahra olar.
Haydovchi.
Mashinada, poezdda,
Tramvayda – temir izda
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yoʼlovchi.
Gulchi.
Gulchi har kun yozu-qish
Qilar gulni parvarish.
Bayramda-chi, birpasda,
Tutar sizga guldasta.
Tavsiya etamiz: Kasblar
manba.