Rustamxon dostoni mavzulashtirilgan testlar. 10 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan online testlar.
Results
#1. «Rustamxon» dostonidan olingan ushbu satrlar kim tomonidan kimga qarata aytilgan? Beliga yarashgan zarrin po‘tasi, Ko‘p bo‘ladi aytgan so‘zning xatosi, Siz bo‘p yurmang bizning xonning otasi, Xabar ber, qalandar, qaydan kelasan?
#2. «Keraga» so‘zining ma’nosini toping.
#3. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz doston voqealari davomida juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi?
#4. «Rustamxon» dostonida Oqtosh mamlakatidagi kundoshlar Rustam va Huroyimning hozir ham tirik ekanligi daragini eshitgach, qanday tadbir qo‘llaydilar?
#5. Quyidagi misralar muallifini toping. Sen bu kun sinfda shod yurak bilan Sinov navbatini kutib turasan. A’lo mamlakatning a’lo farzandi, Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
#6. «Rustamxon» dostonida ajdahoni yengish uchun kutayotgan Rustam ajdahoni har tarafga o‘t sochib, tog‘ ustidan qaysi ko‘lga tushib kelayotganini ko‘radi?
#7. «Qone’ (qanoatli) darveshning quruq noni tome’ (ta’magir, birovning narsasiga ko‘z tikuvchi) shohning xitoyi xoni (dasturxoni)din xo‘broqdur» fikrlari kimga tegishli?
#8. «Rustamxon» dostonida kundoshlar yuborgan odamning yomonligidan qutulgan Huroyim, Oftoboy va Rustamxon qaysi tog‘da baxtli yashay boshlaydilar?
#9. So‘zlash va yozish odobiga doir «So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak» hikmatining muallifi kim?
#10. «Rustamxon» dostonida qaysi ayol obrazlariga xos go‘zallik, oqilalik, sadoqat va mehribonlik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli tasvirlangan?
#11. «Rustamxon» dostonida qayerlarning beklari Sultonxonning kelishini ko‘rib, shunday maslahatda bo‘ldi: «Xalqdan yig‘ilgan to‘sat-to‘sat, dastadasta lashkar tarqab ketgan. El-u xalq och-yalang‘och, bari tentirab qolgan. Bularni otlantirib, Sultonxonning ustiga bosib bormoq bizning qo‘limizdan kelmas. Ustimizga keldi, endi biz qancha mol-hol olib borib ko‘rmog‘imiz darkor».
#12. Alisher Navoiy «Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q» degan xulosani qaysi asarida keltiradi?
#13. «Chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin». Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimovga tegishli bo‘lgan ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
#14. Insonni hurlikka, haq-huquqini tanishga undaydigan «Haq berilmas, olinur» hikmatining muallifi kim?
#15. «Rustamxon» dostonida Momogul mastonga xizmati evaziga qancha haq berishlarini aytishadi?
#16. «Rustamxon» dostonida Rustamxon kimga uylanadi?
#17. «Rustamxon» dostonida: «Oqtosh viloyatida daftari mastondan uch yuz oltmish mastoni bor edi», – deya ta’riflanuvchi mastonlarning boshlig‘i kim?
#18. «Rustamxon» dostonida safarga ketar chog‘ida Sultonxon Huroyimga agar o‘g‘il tug‘ilsa, qaysi ismni qo‘yishini aytadi?
#19. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan olingan? Podsholiging menga ma’qul bo‘lmadi: Otam tirik, so‘raybersin yurtini. Cho‘l-u ko‘lni kezib o‘zim yuraman, Yurishimni shohdin ziyod bilaman.
#20. Qahramonlarining asosiy qismi ma’naviy jihatdan boy insonlar bo‘lgan «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlarining muallifi kim?
Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish