Maqsud Shayxzoda. JALOLIDDIN MANGUBERDI. JALOLIDDIN MANGUBERDI FOJIASI HAQIDA. NAZARIY MA’LUMOT. TRAGEDIYA.
Results
#1. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasidan olingan quyidagi satrlar qaysi obrazga tegishli? Ne qilasan nomimni, unutibman o‘zim ham, Allanima derdilar, esdan chiqqan tamoman.
#2. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida nechanchi pardaning ikkinchi ko‘rinishida sipohiy qiyofadagi Jaloliddin va uning qarorgohi, chodirlar tasvirlanadi?
#3. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida sardor, Xo‘jand hokimi kim?
#4. «Jaloliddin Manguberdi» tragediyasida qaysi qahramonlar tilidan jaranglagan monologlar yurtimiz, xalqimizni sharaflagan madhiyalar kabi yangraydi?
#5. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasidan olingan quyidagi satrlar kim haqida, kimning tilidan aytilgan? Dunyodagi qoplonlar urug‘iga u xoqon. Ko‘z oldimda so‘yildi avlodlarim, xotinim, Yosh qizginam zo‘rlandi, men urildim betinim. O‘g‘lim halok etildi bog‘lanib ot dumiga, Bir qizim qaynatildi tashlanib xum suviga. Kichik o‘g‘lim ko‘mildi tiriklayin tuproqqa.
#6. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida beshinchi parda birinchi ko‘rinishning so‘nggida qaysi qahramon(lar) jarga tushib ketadi?
#7. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasidan olingan quyidagi satrlar qaysi obrazga tegishli? O‘yla bir devonaman, mendan qochar devonalar, Yostig‘im tosh-u tikan, xonam bo‘lib vayronalar. Suvda gar aksimni ko‘rsam, o‘z-o‘zimdan alhazar, Xasta soyamdan cho‘chib, solmasman unga bir nazar.
#8. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida mo‘g‘ul xoqoni kim?
#9. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida qaysi qahramon o‘z kokillarini kesib, jangda egarlardan uzilgan otlarga ayil qilish uchun beradi?
#10. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Jaloliddinga taqdim qilingan uzuk (muhr)ning ko‘ziga yozilgan quyidagi jumlada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos ismni qo‘ying. Podsho ... shohi barru bahr, Sultoni Samarqand, Movarounnahr.
#11. Jaloliddin Manguberdining otasi haqidagi to‘g‘ri tarixiy ma’lumotni toping.
#12. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Jaloliddinning singlisi va onasi Xorazmdan chiqib, qayerga yashiringan edilar?
#13. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Temur Malik qaysi sotqinning hiylasi sabab mo‘g‘ullarga asir tushadi?
#14. «Jaloliddin Manguberdi» tragediyasida Jaloliddinning kimlarga nisbatan mehribonona muomalasi aks etgan sahna epizodlari nihoyatda ta’sirchan, hayotiy chiqqan?
#15. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Jaloliddin Manguberdining otasi kim?
#16. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasining beshinchi parda, birinchi ko‘rinishida qaysi obrazning tushi tasvirlangan?
#17. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Sultonbegimning qaylig‘i qayerning hokimi edi?
#18. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida kim Xorazmlik sotqinga Sultonbegimning tuhfasi deb aldab, Jaloliddinga bir bo‘g‘cha berishini va ulug‘ xoqonning jazosi deb xanjar urishini buyuradi?
#19. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Jaloliddinni nechanchi jangda yordamchilari tashlab ketadilar?
#20. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Badriddinning mulozimi kim?
Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish