Maqsud Shayxzoda. JALOLIDDIN MANGUBERDI. JALOLIDDIN MANGUBERDI FOJIASI HAQIDA. NAZARIY MA’LUMOT. TRAGEDIYA.
Results
#1. Shayxzodaning liro-epik asarlari (dostonlari) qaysilar? 1) «O‘rtoq mulk»; 2) «Tuproq va haq»; 3) «Chirog‘»; 4) «O‘rtoq»; 5) «Meros»; 6) «Ovchi qissasi»; 7) «Shu’la».
#2. Maqsud Shayxzodaning tinch hayot va yaratuvchanlik zavqini kuylagan she’rlardan iborat to‘plamlarini aniqlang. 1) «Kurash nechun»; 2) «Chorak asr devoni»; 3) «Kapitan Gastello»; 4) «Shu’la»; 5) «Jaloliddin Manguberdi»; 6) «O‘n besh yilning daftari»; 7) «Olqishlarim»; 8) «Zamon torlari»; 9) «Ko‘ngil deydiki»; 10) «Jang va qo‘shiq».
#3. Jaloliddin Manguberdining nurli qiyofasini tiklagan yodgorlikning muallifi qaysi taniqli haykaltarosh hisoblanadi?
#4. O‘zbek adabiyotida tragediyaning go‘zal namunasi hisoblanadigan «Abulfayzxon» tragediyasining muallifi kim?
#5. M. Shayxzoda olim sifatida qaysi xalq og‘zaki ijodi vakilining ijodiga bag‘ishlab asar yaratgan?
#6. M. Shayxzoda olim sifatida qaysi o‘zbek mumtoz va zamonaviy ijodkorlarining ijodiga bag‘ishlab asarlar yaratgan? 1) Bobur; 2) Muqimiy; 3) Furqat; 4) Oybek; 5) G‘afur G‘ulom; 6) Hamid Olimjon; 7) Fuzuliy.
#7. M. Shayxzoda qaysi to‘plamlari bilan o‘zbek adabiyotida o‘z ovoziga ega bo‘lgan katta iste’dod sifatida taniladi? 1) «O‘n she’r»; 2) «Undoshlarim»; 3) «Uchinchi kitob»; 4) «Jumhuriyat»; 5) «Loyiq soqchi»; 6) «O‘n ikki»; 7) «Yangi devon»; 8) «Saylov qo‘shiqlari»; 9) «Chorak asr devoni».
#8. M. Shayxzodaning 40-yillarda yaratgan, fashizmni yo‘q qilish, tinchlikni saqlash, xalqni matonatga da’vat etish ruhida yozilgan she’rlaridan iborat to‘plamlarini aniqlang. 1) «Kurash nechun»; 2) «Chorak asr devoni»; 3) «Kapitan Gastello»; 4) «Shu’la»; 5) «Jaloliddin Manguberdi»; 6) «O‘n besh yilning daftari»; 7) «Olqishlarim»; 8) «Zamon torlari»; 9) «Ko‘ngil deydiki»; 10) «Jang va qo‘shiq».
#9. . Qaysi akademik yozuvchilarimiz: «Ko‘pdan buyon uzun umrli, badiiy salmoqdor sahna asarlarini orzu qilar edik. «Jaloliddin» bu orzumizga javob berishga qodir», – deya e’tirof etganlar?
#10. Bugungi kunda ham jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o‘ynalayotgan mashhur tragediyalarni toping. 1) «Otello»; 2) «Gamlet»; 3) «O‘n ikkinchi kecha»; 4) «Boris Godunov»; 5) «Venetsiya savdogari»; 6) «Romeo va Julyetta».
#11. M. Shayxzodaning Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan asarini toping.
#12. O‘lkamizda Jaloliddin Manguberdi tavalludining necha yilligi keng nishonlandi?
#13. Mustaqilligimizdan so‘ng qayerda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi?
#14. «Kolliziya» so‘zi istiloh sifatida qanday ma’noni anglatadi?
#15. M. Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» dramasida Jaloliddin Manguberdi siymosini gavdalantirgan aktyor kim?
#16. M. Shayxzodaning Toshkent haqida yozilgan «Toshkentnoma» asari qaysi janrda yaratilgan?
#17. Mirxond o‘zining qaysi asarida Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyatini mufassal yozib qoldirgan?
#18. M. Shayxzoda kimning ijodi haqida jiddiy tadqiqotlar yaratgan?
#19. M. Shayxzoda adabiyotshunos olim sifatida qaysi jahon adabiyoti vakillarining ijodiga bag‘ishlab asarlar yaratgan? 1) Nizomiy Ganjaviy; 2) Shota Rustaveli; 3) A. Deryayev; 4) Nekrasov; 5) Ostrovskiy; 6) Shevchenko; 7) Chexov; 8) Pushkin.
#20. Yunonlarda qadimda echki terisini yopinib, turli sahna tomoshalarini ko‘rsatuvchi qiziqchilar o‘zlarini qanday ataganlar?
Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish








