Alpomish dostoni testlar to’plami.

3

Alpomish. Alpomish dostoni testlar. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.

 

Results

#1. Alpomish» dostonida Shohimardon pirning ravzasidan necha kun deganda: «Yaratgan farzand bermayman dedi», – degan ovoz keladi?

#2. «Alpomish» dostonida: «Xudoning yaratgan sheri», – deya ta’riflangan obraz qaysi?

#3. «Alpomish» dostonida o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot eli chupronto‘yda Boybo‘ri va Boysarini nima sababdan behurmat qiladi?

#4. «Alpomish» dostonida uchraydigan «eliboylar» kimlar?

#5. «Alpomish» dostonida Barchinning sepi necha nor tuyaga yuk bo‘ladi?

#6. «Alpomish» dostonida Boybo‘ri ukasi Boysarini baxil bo‘lib qolmasin deb necha mahramini zakotga jo‘natadi?

#7. «Alpomish» dostonida Hakimbek necha yoshida Alpomish degan nom oladi?

#8. «Alpomish» dostonida: «Tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi», – deya tasvirlangan shaxs kim?

#9. «Alpomish» dostonida Barchin Ko‘kaldoshdan qancha muhlat so‘raydi?

#10. «Alpomish» dostonida quyidagi epik qolip shakliga kelib qolgan misralar dostonda kim tomonidan kimga qarata aytilgan? «Dam shu damdir o‘zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema». «Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga, Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga».

#11. «Alpomish» dostonida Qo‘ng‘irot elining necha urug‘ ekanligi aytiladi?

#12. «Alpomish» dostonida yo‘lga chiqqan Alpomishga kimlar hamisha homiylik qiladi?

#13. «Alpomish» dostonida Qalmoqqacha necha dovon tog‘ bor edi?

#14. «Alpomish» dostonidan olingan quyidagi fikrlar qaysi obraz haqida? «Majlisli kun bo‘lsa, to‘rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo‘sag‘aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bo‘lib, paygabetda yotar edi».

#15. «Alpomish» dostonida o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli qayerga ko‘chadi?

#16. Xalq dostonlari shartli ravishda necha turga bo‘linadi?

#17. Fozil shoir qancha xalq dostonlarini to‘la yod bilgan?

#18. Xalq dostonlariga berilgan ta’rifni to‘ldiring. «Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan o‘tgan qaltis voqealar … ».

#19. «Alpomish» dostonida Qalmoqdan poygada qancha ot qatnashadi?

#20. «Alpomish» dostonida Barchindan choparlar kelgach, kim Alpomishni Barchin uchun kurashishga chorlaydi?

Previous
Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish