Домой 9 sinf adabiyot fanidan testlar Farhod va Shirin dostoni haqida testlar

Farhod va Shirin dostoni haqida testlar

Farhod va Shirin dostoni haqida testlar. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.

Results

#1. «Farhod va Shirin» dostonida umri tugab borayotgan Farhod nimalarga murojaat qiladi? 1) ajalga; 2) Azroilga; 3) soqiyi dahrga; 4) falakka; 5) shamsga; 6) gulga.

#2. Nizomiy Ganjaviy Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab qaysi asarni yozgan?

#3. Har bir asar «Xamsa» deb atalishi uchun qanday shartlarga javob berishi kerak? 1) Besh dostondan tashkil topmog‘i lozim. 2) Birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhida yozilishi lozim. 3) Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanishi lozim. 4) Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olishi kerak. 5) To‘rtinchi doston shoh Bahrom haqida va beshinchi doston Iskandar haqida yozilishi shart. 6) Birinchi doston ta’limiy-axloqiy, falsafiy ruhda bo‘lishi lozim.

#4. Alisher Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostoni qahramonlik dostoni hisoblanadi?

#5. Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»sining beshinchi dostonini toping

#6. «Hayrat ul-abror»ning beshinchi maqolatidan olingan quyidagi baytda qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan? Buxl erur borcha sifatdin xasis, Lek saxo javhari asm nafis.

#7. Shirin Mehinhonuning kimi bo‘lar edi?

#8. Quyidagi misralar qaysi dostondan olingan? Shohki ish adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkni obod etar Kofiri odil ani obod etib, Mo‘mini zolim ani barbod etib.

#9. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod yenggan ajdaho, Ahriman dev, temir odamlar nimalarning timsollari sifatida keltiriladi? 1) nafsoniy istaklarning; 2) shaytoniy intilishlarning; 3) johillik, ilmlilik, manmanlik, kibr-u-havoning.

#10. Quyidagi misralarda qanday san’at qo‘llanilgan? Qo‘yib yuz himmat-u iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat.

#11. «Farhod va Shirin» dostonida komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs kim?

#12. Asar «Xamsa» deb atalishi uchun necha shart bajarilishi kerak?

#13. «Farhod va Shirin» dostonida Xitoyning mashhur me’mori kim?

#14. Boniy, Moniy, Qoran aslida qayerning mashhur ustalari edi?

#15. «Farhod va Shirin» dostonidagi Ajam va Arab hukmdori kim?

#16. A. Navoiy «Xamsa»sining mavjud «Xamsa»lardan asosiy farqi nimada edi?

#17. Quyidagi misralar haqidagi to‘g‘ri fikrni va to‘g‘ri tahlilni toping. Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay, Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay. Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq? 1) Ushbu misralarda Navoiy «Xamsa» yozishdagi belgilab olgan o‘z yo‘riqlarini bayon etadi. 2) Shunday asar yozginki, o‘ziga xos bo‘lsin, o‘qigan odamlarga (ulusqa) yig‘latsin. Aks holda (yo‘q ersa) xalq asarni va seni yomon ko‘radi. Yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul. 3) Shunday asar (nazm) – doston yozginki, o‘ziga xos (tarhi toza) bo‘lsin, o‘qigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga o‘xshamas (beandoza)ligi sezilib tursin. Aks holda (yo‘q ersa) asari o‘zgalar (xaloyiq) yozgandek bo‘lsa, bunday takrorlash (mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul.

#18. Qur’oni karimda: «Al-asmo-u tanzil-u min-as-samo», – deyiladi. Buning ma’nosini toping.

#19. «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning o‘limi oldidan aytilgan quyidagi so‘zlari kim haqida? «Yamon ahvolima aylab yaqo chok, O‘zin tufrog‘larg‘a ursa bebok». «Qo‘shub yig‘losa bu ovorasini, Qayu ovora, bag‘ri porasini».

#20. «Farhod va Shirin» dostonida ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid kim?

Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish