Farhod va Shirin dostoni haqida mavzusidagi testlar. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.
Results
#1. Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida insoniylikning belgisi sifatida nimani ko‘rsatadi?
#2. Nizomiy Ganjaviy Shirvonshohlardan Axsatan I ning buyrug‘iga ko‘ra qaysi dostonini yozgan?
#3. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi baytda kimning ta’rifi keltirilgan? Falak deb: «Dard elining shohi» oni, Malak deb: «Dard o‘ti ogohi» oni.
#4. Xusrav Dehlaviy asli qayerlik bo‘lgan?
#5. Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»si qancha muddatda yozilgan?
#6. Arab alifbosi harflari, yozuvi asosida o‘ziga xos tashbih (o‘xshatish) yaratishni yoki aytilayotgan fikrni ifodalashni ko‘zlaydigan she’riy san’at qaysi?
#7. «Farhod va Shirin»dan olingan quyidagi qaysi dialog orqali ishqda tama va beg‘arazlik, ishqibozlik va oshiqlik ziddiyati ifodalanadi?
#8. Komil inson deganda qanday shaxs nazarda tutiladi? 1) aqlan va jismonan barkamol shaxs; 2) qalb pokligiga erishgan shaxs; 3) yuksak ma’naviyatli shaxs; 4) faqat aqlan yetuk shaxs.
#9. «Farhod va Shirin» dostonida sandiq ichidan chiqqan sirli ko‘zgu necha olim tomonidan yasalgan edi?
#10. Quyidagi misralar Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostonidan olingan? Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq. Kerak sher ollida ham sheri jangi, Agar sher o‘lmasa, bore palangi
#11. «Farhod va Shirin» dostonidagi Boniy, Moniy va Qoranlar ramziy ma’noda qanday ustozlar hisoblanadi? a) Boniy; b) Moniy; s) Qoran. 1) Ko‘ngilga ilohiy ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan piri komil; 2) Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz; 3) Ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid.
#12. «Farhod va Shirin» dostonida quyidagi bayt qaysi qahramon tilidan aytilgan? Manga yor-u ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur.
#13. Qaysi asarda bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmasligi ta’kidlanadi?
#14. Farhod o‘limi oldidan nimalarni va kimlarni yod etadi?
#15. Qaysi she’riy san’atda misralarda o‘xshayotgan narsa ishtirok etib, o‘xshatilayotgani tushib qoladi?
#16. «Farhod va Shirin» dostonida «Demonkim ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok» misralari kim haqida?
#17. Navoiygacha bo‘lgan «Farhod va Shirin» dostonlari qanday nom bilan mashhur bo‘lgan?
#18. A. Jomiy «Xamsa»siga qaysi dostonlarni qo‘shadi? 1) «Silsilat uz-zahab»; 2) «Matla ul-anvor»; 3) «Salomon va Absol»; 4) «Maxzan ul-asror»; 5) «Hasht behisht».
#19. «Farhod va Shirin»da ko‘zgu tilsimini ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safarga otlanib, qayerdagi tog‘ga borishi kerak edi?
#20. Quyidagi baytning ma’nosini izohlang. Kiyurdi ilgiga davron nigine, Nigin o‘rnida la’li otashine.
Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish



