Домой 9 sinf adabiyot fanidan testlar Farhod va Shirin mavzusidagi testlar. 9 sinf adabiyot

Farhod va Shirin mavzusidagi testlar. 9 sinf adabiyot

Farhod va Shirin mavzusidagi testlar 2. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.

Results

#1. Nizomiy Ganjaviy Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan qaysi asarini yozgan?

#2. «Farhod va Shirin» dostonida quyidagi satrlar kimning tilidan aytilgan? Kerak ishq ahli qul bo‘lmoq bu so‘zga: «Ki, shahliq o‘zgadur, oshiqlik o‘zga».

#3. Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yana qanday nom bilan ataydi?

#4. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi gap kim tomonidan kimga qarata aytilgan? Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq oyini, vah-vah?! Vafo-yu mehr sharti, ollah-ollah?!

#5. «Farhod va Shirin» dostonida ikkinchi misrada «shu’layi dard» deganda kim nazarda tutilmoqda? Ochildi bog‘ida bir otashin vard, Demaykim vard, balkim shu’layi dard.

#6. «Farhod va Shirin» dostonining asosiy voqealari nima bilan boshlanadi?

#7. «Farhod va Shirin» dostonida qaysi qahramonlar o‘z nafsiga qul bo‘lgan shaxs timsoli sifatida keltiriladi?

#8. «Farhod va Shirin» dostonida Shirinning yurti berilgan javobni belgilang.

#9. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi baytning ma’nosini izohlang. Harimi iffat ichra shoh ul ermish, Sipehri ismat uzra moh ul ermish.

#10. «Hayrat ul-abror»da Navoiy saxovatdan ham ulug‘ himmat deb bilgan narsa nima?

#11. «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning safarda topgan do‘sti kim?

#12. Tasavvufda nafsni yengishning yo‘li?

#13. «Farhod va Shirin» dostonida Xusravni kim o‘ldiradi?

#14. «Xamsa» yozish an’anasini kim boshlab bergan?

#15. «Hayrat ul-abror»ning beshinchi maqolatidan olingan quyidagi baytda qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan? «O‘yla bulutdekki, quruq bog‘ uza Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘ uza».

#16. «Farhod va Shirin»da quyidagi baytlar qaysi o‘rinlarda keltiriladi? 1) Dedi: – «Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod»; 2) Ulum ichra manga to bo‘ldi madxal Topilmas mushkile men qilmag‘an hal.

#17. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod Yunonistonga borish uchun qaysi manzillarni bosib o‘tishi va nimalarni yengishi kerak edi? 1) Birinchi manzilda ajdahoni yengishi kerak edi; 2) Ikkinchi manzilda Ahraman devni yengishi kerak edi; 3) Uchinchi manzilda yanada mushkulroq tilsimni yengishi kerak edi; 4) To‘rtinchi manzilda tog‘dagi g‘or ichidan donishmand Suqrotni topishi kerak edi; 5) Beshinchi manzilda cho‘ldan Mulkoroni topishi kerak edi.

#18. «Farhod va Shirin» dostonida quyidagi fikrlar kim tomonidan kimga qarata aytilgan? «…valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko‘p-ko‘p ibodat qilganlaridan emas, o‘z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug‘ darajaga erishganlar».

#19. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod Arman yurtiga kelgunga qadar odamlar metindek toshlardan iborat tog‘ni kesish uchun necha yil zahmat chekkan edilar?

#20. «Farhod va Shirin» dostonida quyidagi misralarda qanday san’at qo‘llangan? Demonkim, ko‘ngli pok-u ham ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.

Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish