Домой 9 sinf adabiyot fanidan testlar Farhod va Shirin dostoni haqida testlar

Farhod va Shirin dostoni haqida testlar

Farhod va Shirin dostoni haqida testlar. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.

Results

#1. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod qaysi ulug‘lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o‘zlashtirgan edi?

#2. «Farhod va Shirin» dostonining hajmini toping.

#3. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi misralarda «Farhod» ismiga asos bo‘lgan so‘zlarni topib, izohlang. Qo‘yib yuz … -u … -u … , Hamul far soyasidin topdi ziynat.

#4. Navoiy turkiy tilda «Xamsa» yozishning sababini qaysi asarida izohlab o‘tadi?

#5. Navoiyning xamsachilikka kiritgan eng katta yangiligi nima edi?

#6. Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»siga kirgan dostonlarni toping. 1) «Matla ul-anvor»; 2) «Shirin va Farhod»; 3) «Majnun va Layli»; 4) «Hasht behisht»; 5) «Maxzan ul-asror»; 6) «Iskandarnoma»; 7) «Shirin va Xusrav»; 8) «Oyinayi Iskandariy».

#7. «Farhod va Shirin» dostonidagi sirli ko‘zguni (har biri Aflotundek) nechta olim yasagan edi?

#8. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod tug‘ilishi bilan xoqon necha yillik xirojdan voz kechadi?

#9. «Farhod va Shirin» dostonida Mehinbonu Xusrav Parvizga Shirinning fe’lini qanday tasvirlaydi?

#10. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi misralar kim haqida? Muhabbat nuri ollinda huvaydo, Jamolida vafo tug‘rosi paydo.

#11. Quyidagi misralar qaysi dostondan olingan? Emas oson bu maydon ichra turmoq Nizomiy panjasiga panja urmoq Kerak sher ollida ham sheri jangi, Agar sher o‘lmasa, bore palangi.

#12. Shoh Bahrom haqida yozilgan asarlarni toping. 1) «Haft paykar»; 2) «Hasht behisht»; 3) «Sab’ai sayyor»; 4) «Tuhfatul-ahror»; 5) «Matla’ ul-anvor».

#13. «Farhod va Shirin» dostonida kimlar halok bo‘ladi? 1) Farhod; 2) Shirin; 3) Mehinbonu; 4) Xusrav; 5) Sheruya; 6) Bahrom.

#14. «Farhod va Shirin»da odamlar tog‘ni kesib, uning narigi yog‘idan suv olib o‘tishni kimning buyrug‘iga ko‘ra bajarayotgan edilar?

#15. «Farhod va Shirin» dostonida: «Mehinbonu bilan Xusrav yarashdi. Xusrav uylanish haqida og‘iz ochgan edi, Mehinbonu jiyanini unga berishga rozi bo‘ldi. Lekin Shirin bundan norozi bo‘lib o‘zini o‘zi o‘ldirdi. Chunki Farhod degan yigitni sevar ekan. Oxirida ham «Farhod! Farhod!» – deya jon berdi», – degan yolg‘on xabarni Farhodga kim aytadi?

#16. Qaysi she’riy san’atda misralarda o‘xshayotgan narsa ishtirok etib, o‘xshatilayotgani tushib qoladi?

#17. «Farhod va Shirin» dostonida xoqon xazinasidagi sirli sandiqdan nima chiqadi?

#18. Alisher Navoiy qaysi dostonda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo‘yadi va boshqa dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi?

#19. Bir so‘zni davomli qo‘llash orqali ma’noga urg‘u berish, ajib bir musiqiylikni yuzaga keltirish qaysi she’riy san’at turi hisoblanadi?

#20. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi bayt kimning tilidan aytilgan? Hunarni asrabon netgumdur oxir, Olib tuproqqamu ketkumdur oxir.

Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish