Farhod va Shirin

0

Farhod va Shirin mavzusidagi testlar 2. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.

 

Results

#1. Quyidagi misralar Alisher Navoiyning qaysi asari xotimasida uchraydi? Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat.

#2. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi baytda «vard», «ochildi», «bog‘ida» so‘zlari qaysi so‘zlar o‘rnida istiora qilingan? Ochildi bog‘ida bir otashin vard, Demaykim vard, balkim shu’layi dard.

#3. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi baytda so‘z o‘yini vositasida qaysi qahramonning ismi yashiringan va qanday she’riy san’at qo‘llangan? Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard.

#4. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod hamma to‘siqlarni yengib nimalarni qo‘lga kiritadi? 1) Jamshid jomini; 2) Iskandar uzugini; 3) Jamshid boyligini; 4) Temir jussalarni; 5) Sulaymon uzugini; 6) Iskandar boyligini.

#5. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi misralarda qanday san’at qo‘llanilgan? Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.

#6. X. Dehlaviy «Xamsa»sining dostonlari to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) «Matla ul-anvor»; 2) «Shirin va Xusrav»; 3) «Majnun va Layli»; 4) «Hasht behisht»; 5) «Oyinayi Iskandariy»; 6) «Maxzan ul-asror»; 7) «Farhod va Shirin»; 8) «Sab’ai sayyor»; 9) «Saddi Iskandariy»; 10) «Iskandarnoma»; 11) «Haft paykar».

#7. «Farhod va Shirin» dostonida «O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak» kimning shiori edi?

#8. O‘zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazi qaysi?

#9. «Farhod va Shirin» dostonida Xusrav Farhodni qanday yengadi?

#10. Alisher Navoiy «Xamsa»sini qancha muddatda yozib tugatgan?

#11. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod qancha muddatda Qur’oni karimni yod olgan?

#12. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod to‘rtinchi manzilda kim bilan uchrashadi?

#13. «Farhod va Shirin»dan olingan quyidagi baytda qaysi qahramon tasvirlangan? Bo‘lub oshiq g‘ami sharhida g‘amnok, Yaqo chokin o‘qub, aylab yaqo chok.

#14. Nizomiy Ganjaviy va Jomiy «Xamsa»larining nomlarini toping.

#15. Alisher Navoiy «Xamsa»sining dostonlari ichida maqolatlardan tashkil topgan doston qaysi?

#16. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi baytda kim haqida gap ketmoqda va aslida otash (olov)ga o‘xshatilgan narsa nima? Kiyurdi ilgiga davron nigine, Nigin o‘rnida la’li otashine.

#17. Navoiygacha bo‘lgan «Farhod va Shirin» dostonlarining bosh qahramoni kim bo‘lgan?

#18. «Farhod va Shirin» dostonidan olingan quyidagi misralarda kim ta’riflangan? Kiyurdi ilgiga davron nigine, Nigin o‘rnida la’li otashine.

#19. «Farhod va Shirin» dostonida Xusravning «Dilbaringning sifatlarini aytgin» degan murojaatiga Farhod: «Til g‘ayratidan otini tutmayman», – deb javob beradi. Ushbu gapdan qanday mazmun anglashiladi?

#20. Quyidagi baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Boshni fido ayla ato boshig‘a, Jismni qil sadqa ano qoshig‘a Tun-kuningga aylagil nur fosh, Birisin oy angla, birisin quyosh.

Previous
Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish