Bosh sahifa 9 sinf adabiyot fanidan testlar Xoja testlar

Xoja testlar

Xoja testlar. 9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar.

Results

#1. Xoja qalamiga mansub Sulaymon alayhissalom va pashsha haqidagi hikoyatda dodxoh (arz tinglaguvchi) kim?

#2. Xoja qalamiga mansub daryoga g‘arq bo‘lmay qolib, podshoh bo‘lgan faqir kishi haqidagi hikoyatda yangi podshoh nechanchi haramda «huriliqoyi yori sohibjamol, farxundafol, noz masnadida sarafroz va husn taxtida sarvnozdek bo‘lub» o‘tirgan go‘zalga duch keladi?

#3. Nisoriy Xojaning qaysi devonlari haqida xabar bergan?

#4. XVI asrning qaysi mashhur insoni Xojani «shahbozi balandparvoz» deya ta’riflagan?

#5. Davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan Xojaning to‘liq ismini toping.

#6. Xojaning ijodi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni toping.

#7. Xoja qalamiga mansub odil podshoh va zohid haqidagi hikoyatda qiyomatda hojilar bilan turishni orzu qilgan podshoh hojining bir hajlik savobini necha ming qizil tangaga sotib olmoqchi bo‘ladi?

#8. Xoja qalamiga mansub Sulaymon alayhissalom va pashsha haqidagi hikoyatning oxirida qaysi she’riy janr namunasi keltirilgan?

#9. Xoja qalamiga mansub Sulaymon alayhissalom va pashsha haqidagi hikoyatda muddai-yu muddao alayh – da’vo qiluvchi va da’vo qilinuvchi (aybdor) qaysi obrazlar?

#10. Xoja qalamiga mansub daryoga g‘arq bo‘lmay qolib, podshoh bo‘lgan faqir kishi haqidagi hikoyatda nima sababdan o‘zga diyordan kelib qolgan bir g‘arib kishini o‘zlariga podshoh qilib ko‘taradilar?

#11. Xojaning Kistan Qaro Odilga bag‘ishlangan hikoyalar to‘plamini toping.

#12. XVI asrda «Maxdumi a’zam» nomi bilan shuhrat qozongan mashhur shaxsni toping.

#13. Xoja qalamiga mansub Iskandar Zulqarnayn va Doro haqidagi hikoyatda Iskandarga xiroj berishni istamagan Hamadon begi kim edi?

#14. Xoja qalamiga mansub odil podshoh va zohid haqidagi hikoyatda zohid necha hajining savobini podshohning bir soat adolat qilganining savobiga almashmoqchi bo‘ladi?

#15. Xoja qalamiga mansub Iskandar Zulqarnayn va Doro haqidagi hikoyatda Doroni o‘ldirib, boshini Iskandarga olib kelgan kim(lar) edi?

#16. Xoja qalamiga mansub daryoga g‘arq bo‘lmay qolib, podshoh bo‘lgan faqir kishi haqidagi hikoyatda yangi hukmdorning buyrug‘iga ko‘ra necha oyda jaziradagi shaharning qal’a, bozor va evlari mukammal qilib bitiriladi?

Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish