Said Ahmad. Ufq. Qochoq roman. Roman turlari 2

0
8 sinf adabiyot test

Said Ahmad. Ufq. Qochoq roman. Roman turlari

 

Results

#1. Romen Rollanning «Jan Kristof» romani nechta jildlik roman hisoblanadi?

#2. Roman-dilogiyalarni toping. 1) Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» romanlari; 2) Hamid G‘ulomning «Mash’al» romani; 3) Najib Mahfuzning «Xan al-Xalili» romani; 4) Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi» romanlari; 5) Mirzakalon Ismoiliyning «Farg‘ona tong otguncha» romani.

#3. Oybekning «Quyosh qoraymas», Shuhratning «Shinelli yillar» romanlari mavzusiga ko‘ra qanday roman hisoblanadi?

#4. «Jan Kristof» asarining muallifini toping.

#5. Ufq» romanining qaysi qismida qahramonlarning urushdan so‘nggi taqdirlari tasvirlangan?

#6. «Ufq» romanining qaysi qismida qahramonlarning urushda va front ortidagi qahramonliklari haqida hikoya qilinadi?

#7. «Qochoq» hikoyasida Tursunboy onasi va Zebini kimdan qizg‘anadi?

#8. O‘rta asrlarda roman tillarida yozilgan har qanday asarni qanday ataganlar?

#9. Qaysi roman shaklining boshqa roman shakllariga faqat bilvosita aloqasi bor, ya’ni unda asarning necha kitobdan iborat bo‘lishi emas, balki qanchalik ko‘p va katta voqea-hodisalarning qamrab olinishi muhim?

#10. Najib Mahfuzning «Xan al-Xalili» asari hajmi va shakliga ko‘ra romanning qaysi turiga kiradi?

#11. Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi… Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg‘usi, quvonchi, qilish-qilmishi, muhabbati, g‘azabi, og‘zidan chiqadigan har bir so‘zi rost…»

#12. Umumiy mazmuni, g‘oyasi, asosiy qahramonlari, voqealar tizimining o‘zaro aloqadorligi, bog‘liqligi bilan bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi to‘rt kitobdan iborat to‘rtta mustaqil roman nima deb ataladi?

#13. Jahon adabiyotida kimlar roman-trilogiyaning mukammal namunalarini yaratganlar? 1) L.N. Tolstoy; 2) S.T. Aksakov; 3) Jon Golsuorsi; 4) Najib Mahfuz; 5) Vasiliy Yan; 6) V. Katayev.

#14. Umumiy mazmuni, g‘oyasi, asosiy qahramonlari, voqealar tizimining o‘zaro aloqadorligi, bog‘liqligi bilan bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi ikki kitobdan iborat ikki mustaqil roman nima deb yuritiladi?

#15. Balzakning «Insoniyat komediyasi» asari romanning qaysi turiga mansub?

#16. «Qochoq» hikoyasida Ikromjon to‘qayda sochlari o‘sib yelkasiga tushgan, kiyimlarining juldiri chiqqan, yuzlari chivin chaqqandan yara bo‘lib ketgan odamning Tursunboyligini qanday tanib qoladi?

#17. «Qochoq» hikoyasida uchraydigan qishloq nomini toping.

#18. «Qochoq» hikoyasida Tursunboyni kasal, behol holda ko‘rgan onasi sababini so‘raganida u qanchadan beri tuz totmaganini aytadi?

#19. Roman o‘zining hajmi va shakliga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 1) dilogiya; 2) trilogiya; 3) tetralogiya; 4) romanlar turkumi; 5) epopeya.

#20. «Qochoq» hikoyasida Tursunboyning onasi kim?

Previous
Testni tugatish

Agar sizga ona tili va adabiyoti bo’yicha testlarning matnli fayli kerak bo’lsa, uni ushbu saytga kirib yuklab olishingiz mumkin: yuklab olish