Bosh sahifa mavzular Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari.

Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari.

Boshqaruv qarorlari haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar.

Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari.

 Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari.

Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda “kuchli ijtimoiy himoya” va “ijtimoiy adolat
tamoyillari” tushunchalari. Ularning mazmun va mohiyati. “Adolat” va “tenglik”ning
umuminsoniy demokratik qadriyatlar ekanligi. Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va himoya haqidagi g‘oyalari va qarashlari. O‘zbekiston ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy himoyani jamiyatda tartib, uyg‘unlik va barqaror taraqqiyotini ta’minlash omili sifatida qaralishining asoslari. Prezident Islom Karimovning mamlakatimizda huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish to‘g‘risidagi konsepsiyasi. Ijtimoiy himoya g‘oyasining adolat va liberal demokratiya g‘oyalari bilan bog‘liqligi. Himoyaga muhtoj sotsial guruhlarning ijtimoiy holati. Ijtimoiy adolat va bozor munosabatlari. Demokratik jamiyatda adolat va ijtimoiy himoyaning mushtarakligi.

O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy himoya siyosati: uning maqsadi, bosqichlari, xususiyatlari, rivojlanishi. Demokratik jamiyatda turli qatlamlar, guruhlar manfaatlarini uyg‘unlashtirishda ijtimoiy adolat mezonlari va ijtimoiy himoyani amalga oshirishning barqaror taraqqiyotni ta’minlashdagi ahamiyati. Demokratik jamiyatda oila institutining o‘ziga xosligi. Oilada demokratik ong, tafakkur va hayotning dastlabki shakllarining qaror topishi. Oilaning huquqiy demokratik asoslari. Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining o‘sib borishi. Sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirilishi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishda aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: aholini
ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlarining ahamiyati.

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VA FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI
BOSHQARISH INSTITUTLARINI DEMOKRATIYALASHUVI
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda mahalliy xokimiyat va fuqarolarning o‘zini-
o‘zi boshqarish organlarining o‘rni. Mahalliy davlat hokimiyatining asoslari. Mamlakatimizda
mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning shakllari. Ularning fuqarolik jamiyati qurishdagi roli. Mahalla– fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish negizi sifatida. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik tamoyillar asosidagi o‘zini-o‘zi boshqarish tizimining tiklanishi va rivojlanishi.
Boshqaruvni nomarkazlashtirishni takomillashuvi. Prezident Islom Karimov O‘zbekistonda
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ularni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari
to‘g‘risida. Mahallaning fuqarolarni demokratik qarorlar qabul qilishda ishtirokini ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi o‘rni. Mahalliy davlat hokimiyati ayrim vakolatlarini o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tib borish jarayoni. Uning demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati. Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish. «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishining ahamiyati. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratish demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy
tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, hududlarning salohiyatidan oqilona foydalanish, aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borishdagi chora-tadbirlarini kuchaytirish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla
institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishning ahamiyati. Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba