Bosh sahifa mavzular Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti.

Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti.

Menejment fanining ob'ekti va sub'ekti haqida batafsil ma'lumotlar.

Menejment fanining ob'ekti va sub'ekti haqida batafsil ma'lumotlar.

Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti.

Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti. Menejmentning sub’ekti tashkilotda boshqaruvni tashkillashtiruvchi va boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshiruvchi inson yoki insonlar (guruhlari) hisoblanadi.
Menejmentning ob’ekti menejment sub’ektining boshqaruvini tashkillashtirish va boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi barcha jarayonlar,
voqe’liklar va harakatlaridir:
1) korxonaning inson resurslari;
2) korxona uchun resurslarni keltiruvchilar;
3) korxonaning raqobatchilari (real va salohiyatli);

4) axborot ta’minoti;
5) korxonaning moliyasi va uni boshqarish. Menejmentning ob’ekti va sub’ektini mamlakatimizda menejmentning asoschilari bo’lgan akdemik M.Sharifxo’jaev va professor Y.Abdullaevlar O’zbekiston Respublikasi misolida mukammal belgilagan va batafsil tushuntirgan. Qo’yida mualliflarning menejmentning ob’ekti va sub’ekti haqidagi
tavsiflari keltirilgan.

Menejmentning predmeti quyidagilarni o’z ichiga oladi:
boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

boshqarish ob’ekti va sub’ekti;
boshqarish tamoyillari va usullari;
boshqarish madaniyati;
menejer va uning fazilatlari;
boshqarish vazifalarini to’g’ri tashkil qilish va amalga oshirish;
xodimlarni boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
samaradorlikni boshqarish;
o’z-o’zini boshqarish.

MENEJMENT FANINING USULLARI VA BOSHQA FANLAR BILAN ALOQALARI Menejment fanining usullari. Boshqaruv usullari –maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko’pincha metodlar deb ham yuritiladi. Menejmentda uning ta’riflariga bog’liq holda boshqaruv usullari ham o’ziga xos
ma’lum bir guruhlarni tashkil etadi. Shuningdek, boshqaruvni tashkil qilish usullari bilan boshqaruv usullari o’rtasidagi farqlar mazmuni va talablari bilan biri-biridan keskin farq
qiladi.
«Metod» grekcha so’z bo’lib (methodos) – «qandaydir maqsadga yetish» ma’nosini bildiradi. Boshqaruv metodlari (o’zbekcha usul) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi.
Menejment usullarining (metodlarining) ko’pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko’pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo’llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham, mavjud bo’lgan barcha boshqaruv usullarini o’z tavsiflariga binoan guruhlashni, tartibga solishni talab qiladi. Usullarning yo’nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo’lim, laboratoriya, kompaniya
va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni ta’minlaydi.

Tashkiliy shakllar usuli ko’p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o’zgara boshlaganida qo’llaniladi. Bu holatda ham o’sha vaziyatga mos bo’lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo’ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga ishlatiladi. Bu holda ishlatilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko’rsatma yoki tavsiyalar yo’q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko’rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko’rinadi. Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning hohish-istaklari o’zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko’plab usullar biri-biriga qo’shilib, biri-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo’llab-quvvatlaydi. Bunday
vaziyatlarda qo’shimcha usullarni qo’llash ham talab qilinadi.
Menejmentning usullarini mamlakatimizda menejment fanining asoschilaridan biri S.S.G’ulomov yaxshi tushuntirgan.
Quyida shu usullarning izohlari keltiriladi:
1. Tizimli usul boshqaruv muammolarini yechishda ishlatiladi va tizimni bir butunligicha asoslaydi. Chunki tizim bitta, yagona majmuani, yo’nalishni anglatadi. Menejmentning tizimli usuli tarkibli tizim, funktsional tizim, kommunikatsiyali tizim kabi usullarga ham
tarmoqlanadi.
2. Izlanishning majmuaviy usuli. Menejmentda yuzaga keladigan voqe’liklar va jarayonlarni, ularning biri-bir bilan bo’ladigan aloqalari va bog’lanishlarini menejment bilan aloqador boshqa fanlarning usullari bilan o’rganadi. Masalan, ishchiga (xodimga) ijobiy ta’sir ko’rsatishni o’rganayotgan menejment albatta pedagogika, psixologiya yoki huquqshunoslikga murojaat qiladi. Bu o’rinda menejmentga ijtimoiy fanlardan etika ko’proq yordam beradi va boshq…
3. Izlanishning tarkibiy usuli. Menejment bu usulni boshqaruvda murakkab vaziyatlar kelib chiqqanda qo’llaydi. Murakkab vaziyatlar kelib chiqishi va uning oqibatlari bo’yicha tarkiblarga bo’linadi, ya’ni maydalashtirilib yechimini
topishga harakat qilinadi.
4. Vaziyatli yondoshuv usuli. Bu boshqaruv faoliyatida kutilgan va kutilmagan vaziyatlarning kelib chiqishi va bu vaziyatlardan muvaffaqiyatli chiqish yo’llarini taklif qiladi. Vaziyatni hosil qiluvchi ichki va tashqi ta’sirlarni aniqlaydi.
5. Integratsion yondoshish usuli. Integratsiya – turli mamlakatlar iqtisodiy hayotining yagona iqtisodiy siyosat asosida o’zaro bog’langan holda rivojlanish shakli. Boshqaruvda
yuzaga kelib chiqadigan turli iqtisodiy muammolarni hal qilishda keng ko’lamli, atroflicha mulohazalar bo’yicha hal qilish masalalari tushuniladi.
6. Modellashtirish usuli. Bu usul menejmentning tizimli usuliga yaqin va tizimlashtirish usuli bilan birga ishlaydi. Chunki, tizimlashtirishning asosi modelni keltirib chiqaradi. Modellashtirish usuli bilan takomillashtirilgan boshqaruv shakllarini bunyod etish imkoniyatlari kelib chiqadi. Modellashtirishda boshqaruvdagi tashkiliy tarkibning samaradorligini oldindan belgilash ham mumkin.
7. Matematik usul. Matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan boshqaruvni takomillashtirish yo’llari bashorat qilinadi. Boshqaruvda qabul qilinadigan qarorlarning natijalari matematik hisoblashlar orqali aniqlanadi va maqbul xulosalar ishlab chiqariladi.
8. Kuzatish usuli – bu kuzatish va boshqaruvning haqiqiy amaliyotini belgilangan vaqt oralig’ida o’rganishdir.
9.Eksperiment (tajriba) – G’arb menejmenti o’zining erishgan muvaffaqiyatlarini sezilarli darajada ba’zi bir bo’linmalarda rahbarlik sohalarida olib boriladigan keng me’yordagi eksperimentlar hisobiga qo’lga kiritadi. Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba