Bosh sahifa mavzular Menejmentning funksiyalari.

Menejmentning funksiyalari.

Menejmentning funksiyalari

Menejmentning funksiyalari

 Menejmentning funksiyalari.

Menejmentning funksiyalari.Funktsiya so’zi o’zbek tilining izohli lug’atida – funktsiya-deb, ruscha-o’zbekcha lug’atlarda-funktsiya, vazifa, ish, xizmat deb tarjima qilingan. S.I.Ojegov va N.YU.Shvedovalarning “Tolkoviy slovar` russkogo yazika” (Moskva, 1999 y) lug’atida
funktsiya so’zi falsafada – hodisa, matematikada – qonun, ish, rol, faoliyat doirasidagi majburiyat deyilgan. Funktsiya atamasining bu izohlaridan uning mazmunini tushunib olish
qiyin. Chunki, ish, vazifa, xizmat, hodisa va qonunning asl ma’nolarini hamma ham yaxshi bilishadi.
Shuning uchun ham, funktsiya so’zining ta’rifini O’zbekistonda menejment ta’limining asoschilari bo’lgan M.Sharifxo’jaev va YO.Abdullaevlar26ning izohlari bo’yicha aynan keltiramiz:

-“Funktsiya” – bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
-“Vazifa” – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir. “Funktsiya” tushunchasi “vazifa”tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. Zero, funktsiya o’z faoliyati doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
Menejmentning funktsiyasini XX asrning boshlanishida birinchi bo’lib Anri Fayol
shakllantirgan. Dastlab, Adam Smitning nazariyasiga muvofiq boshqaruvning yagona
funktsiyasi- investitsiyalash (ishchi kuchi va asbob-uskunalar olish va kapital qo’yish) bor edi.

Keyin A.Teylor menejer faoliyatidagi mustaqil turlar sifatida rejalashtirish, nazorat va muvofiqlashtirish funk- siyalarini kiritdi. A.Fayol asosiy funktsiyalarning maqsadi va vazifalarini belgiladi, tavsiflar berib, ularni majmuaviy holatga keltirdi va menejmentdagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan – “funktsional tarkibli yondoshish” yo’nalishiga asos soldi.
Menejmentning asoschilaridan bo’lgan Anri Fayolning nazariyasi bo’yicha menejmentda quyidagi beshta funktsiyani ajratishadi:
1. Rejalashtirish – bu bashorat va kelajakka tayyorlanish.
2. Tashkillashtirish – bu faoliyat ko’rsatish uchun barcha zaruriy narsalar, shart-sharoitlarni ta’minlash (asbob-uskunalar, materiallar, moliyalashtirish, odamlar), bu yerda eng muhim element menejerning o’quv tayyorgarligi hisoblanadi.
3. Motivlashtirish – aniq maqsadli yo’nalishi bor insonning faoliyatga qiziqishi, hissiyoti va tuyg’ularini uyg’otish bo’yicha boshqaruv faoliyati turi.
4. Muvofiqlashtirish – taqsimlash. Tashkiliy ishlarni bajarishda vosita sifatidagi jamoaviy faoliyat. Mohiyati bo’yicha bu -bo’ysunuvchilarni boshqarish.
5. Nazorat – tekshiruv va nazorat – hammasi rejadagidek bo’lishi kerak.

Rejalashtirish. Menejmentning bosh funktsiyasi rejalashtirish hisoblanadi. Tadbirkor yoki boshqaruvchi uni amalga oshirishda hozirgi vaqtda tashkilotdagi vaziyatni, uning istiqbolini har tomonlama va mukammal tahlil qilishi asosida keyingi davr uchun maqsadi va vazifalarini shakllantiradi, harakatlar strategiyasini ishlab chiqadi va nihoyat ularni amalga oshirishning zaruriy rejalarini va Rejalarni tuzishda quyidagi tamoyillardan foydala- niladi:
• rejalashtirishning to’liqligi – rejalashtirishda tashki- lotni rivojlantirish uchun muhim
hisoblangan barcha vaziyat- lar, voqealar va jarayonlar hisobga olinishi kerak;
• rejalashtirishning aniqligi – rejalarni tuzishda basho- ratning aniqligini ta’minlovchi
taktikalar va tartiblar, vositalar, zamonaviy usullardan foydalaniladi;
• rejalashtirishning ochiqliligi, tiniqliligi – rejalash- tirishning maqsadi va o’lchamlari
tashkilotning barcha a’zolari uchun tushunarli bo’lishi uchun shakllar, standartlar, oddiy va
yengil izohlarda, tavsiflarda berilishi kerak;
• rejalashtirishning uzluksizligi – rejalashtirish bir marotabalik dalolatnoma emas, u
uzluksiz, doimiy jarayon;
• rejalashtirishning iqtisodliligi – rejalashtirishning xarajatlari rejalashtirishdan
olinadigan foydaga mos va mutanosib bo’lishi kerak.

Tashkillashtirish funktsiyasi. Tashkillashtirish funktsiyasi rejalashtirilgan maqsadlarga
erishish uchun aniq sharoitlar yaratishga qaratilgan, tayinlangan. Menejmentning bu funktsiyasi yordamida korxonani rivojlantirish uchun qabul qilingan strategiyani joriy qilish
maqsadida rejada belgilangan vazifalarni bajarish ta’minlanadi.
Buning uchun quyidagilar bajarilishi kerak:
• zaruriy resurslar va ijrochilarni belgilash;
• topshiriqlarni taqsimlash;
• personalning ishi uchun zaruriy bo’lgan moliyani, asbob-uskunani, xarajatli materiallarni, ish joylari, xonalarni ta’minlash;
• ijrochilarning ishlarini vaqt bo’yicha muvofiqlashtirish;
• qatnashuvchilarning kooperatsiyasini yo’lga qo’yish, o’zaro
axborotlar va nazoratni ta’minlash.
Qayd qilingan vazifalar korxonaning tashkiliy tarkiblarini yaratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, tashkillashtirish funktsiyasi ishlab chiqarish jarayonlarni rejalarda qabul qilingan qarorlarni eng samarali maqsadlar va barcha elementlarning vaqt va kenglik bo’yicha tejamli qo’shilishini ta’minlaydi.
3. Motivlashtirish funktsiyasi. Motivlashtirish funksiyasining faoliyati aniq maqsadli yo’nalishi bor insonning faoliyatga qiziqishi, hissiyoti va tuyg’ularini uyg’otish yo’li bilan rejalarda qo’yilganlarni, maqsadlarni bajarish uchun samarali mehnat qilishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun ularni iqtisodiy va ma’naviy rag’batlantirish amalga oshiriladi, ularning o’z-o’zini rivojlantirish va ishchilarning ijodiy salohiyati o’sishi uchun sharoitlar yaratiladi.
4.Nazorat funktsiyasi. Nazorat funktsiyasi boshqaruv siklini xulosalaydi, oxiriga yetkazadi va qolgan barcha funktsiyalarni samarali amalga oshirishni kafolatlaydi. Nazorat yuzaga kelib chiqadigan muammolarning jiddiy mojarolarga aylanib ketmasligini aniqlaydi va hal qiladi.
Shuningdek, nazorat funktsiyasidan muvaffaqiyatli faoliyatni rag’batlantirish uchun ham
foydalanadi. Nazorat jarayoniga olingan natijalarning belgilangan standartlarga
nisbatan katta farqlari kelib chiqqanda to’g’rilashlar kiritiladi.
5. Muvofiqlashtirish funktsiyasi. Muvofiqlashtirish funktsiyasining vazifasi kommunikatsiyalarni belgilash va tash- kilotning barcha bo’limlarida kelishish muhitiga erishishni ta’minlash hisoblanadi. Muvofiqlashtiriladigan jarayonlarni
bir-biriga bog’lash uchun hisobotlar, interv`yular, yig’ilishlar, komp`yuter aloqasi,
radio va televideniya vositalari, hujjatlardan foydalaniladi. Bular va boshqa aloqa
shakllari yordamida tashkilot tizimdagi bo’limlar o’rtasida o’zaro hamkorlik
belgilanadi, boshqaruv jarayonlarining barcha bos- qichlarida kelishuvlik va yakdillik
ta’minlanadi.
Menejmentning asosiy funktsiyalari boshqaruv jarayonlari bilan to’g’ridan-to’g’ri
bog’langan. Boshqaruvga jarayon sifatida qaraladi, shuning uchun ham, ish bo’yicha boshqalar yordamida maqsadlarga erishish, bu qandaydir bir marotabalik, vaqtin- chalik
harakatlar emas, balki o’zaro bog’langan harakatlarning uzluksizligi va davomiyligidir.
Bu harakatlar boshqaruv Boshqaruvning har bir funktsiyasiga muvofiq jarayonning to’xtab qolishi ham taqdim qilinishi mumkin, shuning uchun ham, funktsiyalar o’zaro bog’langan, o’zaro uzluksiz harakatlarning birligidan iborat. Boshqaruv jarayoni barcha funktsiyalarning yig’indisi hisoblanadi.
Menejmentning eng to’liq mazmuni va mohiyati jarayon sifatida boshqaruvning umumiy
sharoitlari ko’rinishidagi ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar asosiy funktsiya- larni
aks ettiradi.
Boshqaruv funktsiyalari tayinlanganlik va boshqaruv fao- liyati, boshqaruvning o’zining
maqsadi va vazifalarini aniqlovchi turi sifatida aniqlanadi.
Boshqaruv funktsiyalari – maxsus usullar va amaliy qobiliyatlar, shuningdek, ishlarni talab qilinadigan sharoitlarda tashkillashtirishdagi boshqaruv faoliyatidagi aniq tur.
Menejmentning funktsiyalari boshqaruv jarayonini, boshqaruv faoliyatining
ko’rinishini, boshqaruv tizimining (boshqaruv sub’ektlari) umumlashgan majburiyatlarini
o’zida aks ettiradi. Boshqaruvning oxirgi natijasi qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan buyruqlar, topshiriqlar, boshqaruv ta’sirlarini ishlab chiqish
hisoblanadi. Bir ishchi bir necha funktsiyalarni va bir necha ishchilar bitta funktsiyani bajarishi mumkin.
Menejmentning har bir funktsiyasi boshqaruv jarayonidagi aniq sohada harakatlanadi, ish
bajaradi, aniq ob’ekt yoki faoliyat turini boshqarish tizimi-yagona boshqaruv sikllari
bilan bog’langan funktsiyalarning umumlashgan to’plamidir. Menejment
funktsiyalarining tadqiqotlariga jarayonli yondoshishning asl mohiyati shundan
iborat.

Xulosalar:
I. Boshqaruvning keltirilgan tamoyillari har qanday quyi tizimlar uchun xususiyatli bo’lib, shu bilan birga, har bir quyi tizim va tizimlar boshqaruvning o’ziga xos bo’lgan tamoyillari asosida shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi lozim.
Personalni boshqarishda o’ziga xos bo’lgan tamoyillar quyidagilar:
• Qo’llanuvchanlik tamoyili – menejer (boshqaruvchi) firmaning barcha xodimlariga moslashgan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
• Tizimli tamoyili – menejer ichki va tashqi o’zaro bog’liqliklarni hisobga olib korxonani tizimli rivojlantirish maqsadida boshqaruvning barcha jabhalarini qamrab oladigan umumiy boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
• Ko’p faoliyatlilik tamoyili – menejer sohalarni (resurslar, xizmatlar, mehnatni tashkil qilish, maqsadga erishish) jihatlarini qamrab oladigan faoliyatlarni birlashtiradigan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi;
• Integratsiya tamoyili – menejer boshqaruv tizimida xalqaro me’yor va huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Firma xodimlari o’z sohalarida xalqaro usullarni qo’llash, ishlatish, o’zaro hamkorlik vositalariga ega bo’ladilar;
• Baholashga mo’ljallash tamoyili – menejer baholash, qadriyat-ma’naviyat qoidalarini (mehmondorchilik, milliy xizmatlar, o’zaro foydali shartnomalar) boshqaruv tizimiga kiritadi;
• Boshqaruvning egalik (xususiylik) tamoyillari ancha murakkab boshqaruv tizimlariga duch kelishini keltirib chiqaradi. Bu tamoyilda boshqaruvni markazlashtirish va markazlashishga yo’l qo’ymaslik tamoyillariga amal qilishga to’g’ri keladi. Bu holatda menejer o’z vakolatlarini saqlab qolgan holda navbatdagi boshqaruv tizimini ishlab chiqishga majburdir.
II. Menejmentning asoschilaridan bo’lgan Anri Fayolning nazariyasi bo’yicha menejmentda quyidagi beshta funktsiyani ajratishadi:
1. Rejalashtirish – bu bashorat va kelajakka tayyorlanish.

Rejalashtirish har qanday voqe’lik, hodisa va jarayonlar- ning paydo bo’lishi yoki kelib chiqayotganligini bildiradi va bu voqe’lik, hodisa yoki jarayonning kelib chiqishi yoki
bashorat qilinishi bilan bog’liq holatlarda bu voqe’lik, hodisa va jarayonlarga
qo’shilish va faoliyat ko’rsatish uchun birinchi navbatda mavzu tanlanadi, iikinchi navbatda maqsad va vazifalar belgilanadi, uchinchi navbatda strategik reja va bu rejani amalga oshirish faoliyati taktik rejalar ishlab chiqariladi.
Bularning umumlashmasi bir so’z bilan rejalashtirish deyiladi. Shuning uchun ham menejmentdagi bosh funktsiya-rejalashtirishdir.
2. Tashkillashtirish – bu faoliyat ko’rsatish uchun barcha zaruriy narsalar, shart-sharoitlarni ta’minlash (asbob- uskunalar, materiallar, moliyalashtirish, odamlar), bu yerda eng muhim element menejerning o’quv tayyorgarligi hisoblanadi.
3. Motivlashtirish – aniq maqsadli yo’nalishi bor insonning faoliyatga qiziqishi, hissiyoti va tuyg’ularini uyg’otish bo’yicha boshqaruv faoliyati turi.
4. Muvofiqlashtirish – taqsimlash. Tashkiliy ishlarni bajarishda vosita sifatidagi jamoaviy
faoliyat. Mohiyati bo’yicha bu – bo’ysinuvchilarni boshqarish.
5. Nazorat – tekshiruv va nazorat hammasi rejadagidek bo’lishi kerak.
Menejmentning funksiyalari.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba