Bosh sahifa mavzular Menejmentning modellari.

Menejmentning modellari.

Boshqaruv usullari haqida batafsil va to'liq ma'lumotlar.

Menejmentning modellari

Menejmentning modellari.

Menejmentning modellari.Menejmentning evolyutsiya nazariyasi va amaliyoti ko’plab
ko’rinishlardagi yo’nalishlarda yuzaga chiqdi. «Tinch boshqaruv inqilobi» ning boshlanishi
davridayoq jamiyat rivojlanishi- ning axborotlar bosqichi davriga duch keldi.
Menejmentda o’zining aksini topgan, Amerika modeli deb ataluvchi eski an’anaviy
yo’nalishlar o’rnini nisbatan yangi, xulq-atvorli, yangilangan, emprik yoki marketingli,
individualligi, axborot- liligi bilan tavsiflanuvchi Yaponiya modeli egalladi.Menejmentni
rivojlantirayotgan ko’plab davlatlarning tajribalari O’zbekiston uchun ham foydali bo’lishi mumkin.
Menejmentning boshqaruv modellarini ko’rib chiqishda asosan Amerika va Yaponiya modellariga e’tibor berishadi. Menejmentda eng ko’p tan olingan bu ikki modelning
tavsiflarini keltiramiz.

Menejmentning Yaponiya modeli. Menejmentning Yaponiya modeli ikki omilning ta’siri natijasida shakllandi:
1. Boshqaruv va tashkillashtirish bo’yicha xorijiy tajribalarni ijodiy o’zlashtirish.
2. Milliy an’analarni saqlab qolishdagi ketma-ketlik. Yaponlarga xos bo’lgan xususiyatlar, belgilar va mezonlarga ko’plab xalqlar va millatlar juda qiziqishadi. Bularning eng muhimlari: mehnatsevarlik (biz-mehnatga ta’zim qilamiz-deyishadi yaponlar), o’zini tuta bilish, vazminlik, diplomatlilik, yangilikka qiziqishi va unga intilishi, ehtiyotkorlik.
Yaponlar uchun ishni jamoaviy (guruhli) tashkil qilish shakli juda muhim hisoblanadi. Mehnatning jamoaviy mezonlari menejerdan odamlar bilan kelishib ishlash qobiliyatiga ega
bo’lishni talab qiladi. Shuningdek, ularda hayotiy tajriba juda qadrlanadi, shaxsning ma’naviy-ruhiy, e’tiqodiy rivojlanganligini birinchi o’rinda turadi.
Bugun menejmentning yapon modeli dunyoda eng samarali boshqaruv modeli deb tan olingan. Buning siri nimaga asoslangan? Javob oddiy – odamlar bilan to’g’ri, savodli, mada-
niyatli ishlash qobiliyatiga ega bo’lish. Yaponiya modelidagi bu mazmun va mohiyatni iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar qayd qilishgan. Bu modelning bu darajada yutuqlarga erishishining bosh sababi shundaki, modelning markaziga inson
qo’yilib, modeldagi bosh resurs ham inson hisoblanadi. Aynan ana shu usul bilan dunyoda birinchi bo’lib ishchilarni o’z tashkilotlariga jalb qilishni boshladi.
Bu davlatda modelning yaratilishidan oldin ham ishda modeldagi madaniy tamoyillar qo’llanilib kelgan. Inson omilidan foydalanishda qulay shart-sharoitlar va muhit
samaradorlikning keskin oshishini ta’minlashi tezlikda tashkillashtirish va boshqarishda bu modeldan foydalanish kuchayib bormoqda. Yaponiya iqtisodiyoti juda tez va shiddat bilan rivojlanmoqda.
Bu esa mahsulotlar va xizmatlarni yaratishda uning modellariga qiziqishni kuchaytiradi.
Bu davlat yengil avtomobillar, mikrosxemalar va boshqa ko’plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha lider davlatlar ro’yxatida turishi hammaga ma’lum. Shuningdek, Yaponiya jahon iqtisodiyotida kuchli raqobatbardosh mamlakat ham hisoblanadi. Bunday maqomni Yaponiyaga butun jahonda qo’llanilayotgan menejmentning “Yaponiya modeli” olib berdi.
Yapon menejmentidagi dastlabki xususiyatlar va mezonlar mahalliy an’analarni
e’tiborga olgan holda biznesni boshqarishda Amerika belgilariga, ko’rsatmalariga
asoslangan edi. Bu birikishga tarixiy jarayonlar sabab bo’lgandi: urush, amerika
bosqini, vayronagarchilik va qashshoqlik bilan kurashish natijalari.
Lekin, Amerika iqtisodiyotidagi boshqaruv tamoyillaridan Yaponiya faol
darajalarda foydalandi.
Masalan, odamni butun umri bo’yicha firmada ishlashga majbur qilish g’oyasi
Amerika usuli hisoblanadi. Bu usul o’sha vaqtda to’lig’icha aynan Yaponiyada
qo’llanildi. Natijada bashorat qilingandan ham ortiq yutuqlarga erishildi. Shu bilan
birga, vaqtning o’tishi bilan insonni o’z ixtiyorisiz doimiy va bir yerda ishlatish
jamiyatda siyosiy inqirozlarga olib kelishini o’z vaqtida sezgan, anglagan yaponlar
ertani oldindan ko’ra bildi va insonni ishlatishda birinchilardan bo’lib, uning ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlarini, uning ma’naviy-ma’ri- fiy, madaniy va demokratik ehtiyojlarini birinchi o’rinlarga qo’ydi.
Yaponlar boshqaruvning samarali modelini yaratishda g’arb mamlakatlarida yaratilgan
boshqaruv kontseptsiyalarining eng qulay tomonlarini qo’llay boshladilar. Bu kontseptsiyalarni yaponiyaga kiritishda ular mahalliy xususiyatlarga, belgilarga ta’sir
darajalarini ham o’rgandilar hamda G’arb boshqaruvidagi eng ilg’or texnologiyalar va tajribalarni o’zlariga moslashtirdilar. Shuning uchun ham, yapon ishchisi dunyo tan olgan yapon menejeriga hamisha ishonadi.
Menejmentning yapon modelida «biz hammamiz bitta oila hisoblanamiz» qoidasi
ishlaydi. Balki, jamoa, kompaniya yutug’idagi sirlarning asosi shundadir. Yapon
firmalarida o’tkazilgan so’rov natijalari ham shu xulosalarni berdi.
Tashkilotchilar o’zaro motivlashtirish va o’zaro rag’batlantirish muhitini yaratishga harakat
qilishadi. Jamoa uchun maqsad bo’lishi kerak va bu maqsadga erishish uchun jamoaning
barcha a’zolari hamdo’stlikda, uyushgan, o’zaro hamkorlikda intilishi kerak. Yapon
modelidan foydalanishda iqtisodiy samaradorlikning ma’nosi va mezonlarini
ham shu holatlardan anglab olish mumkin.
Menejmentning Amerika modeli. Menejmentda o’z vaqtida jahonda tan olingan
Amerika modeli asta-sekinlik bilan liderlikni Yaponiya modeliga topshirdi va
so’nggi yillarda yaponiya modelidagi ko’plab xususiyatlar va mezonlarni o’z modeliga olishni
boshladi.
Amerika modelidagi ko’pgina mezonlarda amerikaliklar- ning qo’yidagi milliy
belgilari ham aks etgan, qo’shilgan yoki bog’langan: oxirigacha kurashish qobiliyati, o’zining
hayotiyligi va ustunligi, afzalligini tasdiqlash va boshq… Ular boshqalardan farq qiluvchi
o’ziga xoslik va yagonalikni, «xudo tanlaganligini» hamisha ta’kidlashdan charchamaydi, tezda qo’lga kiritish va katta yutuqlarga erishishga doimo intiladi, o’zining ishiga juda katta
e’tibor qaratadi. Ular liderlik uchun doimo kurash olib boradilar.
So’nggi vaqtlargacha Amerikada boshqaruvning yakkalik usuli ustuvor bo’lib keldi,
firmalarda qattiq intizom tartibi va amerikadagi toza demokratiya muhitida so’zsiz
bo’ysunishga majbur qilish kuzatildi. Lekin, vaqt jamiyatga ertami-kechmi o’z
qonunlarini kiritishini amerikaliklar ham anglab yetdi va boshqaruvning o’z
modeliga insonparvarlik mezonlarini jamlagan Yaponiya modelidan ko’chirmalar olishga
majbur bo’ldi.
Boshqaruv modellari bilan tanishib chiqishda o’z vaqtida jahonda tan olingan
Amerika modeli asta-sekinlik bilan liderlikni Yaponiya modeliga topshirdi va
so’nggi yillarda yaponiya modelidagi ko’plab xususiyatlar va mezonlarni o’z modeliga
olishni boshlaganligini ta’kidlagandi. Bu ikkala modelning yuqorida keltirigan 3-
jadvalidagi mezon va talablarini 4-jadvaldagi mezon va talablarga solishtirsak Amerikalik boshqaruvchilar Yaponiyadagi boshqaruv tamoyillariga tan berganligi ma’lum bo’ladi.
Amerika modelidagi eng muhim o’zgarishlardan biri yakka- likning ya’ni “MEN”ning ancha
kamayganligi va uning ko’plab o’rinlarini jamoa egallaganligini ko’ramiz. Shuningdek, tash-
kilot uchun malakali ishchilar tayyorlashda ham amerikaliklar yaponlarning tizimini deyarli
qabul qilishdi.
Boshqaruvdagi bu modellarni o’rganishdan shunday xulosalar kelib chiqadi:
1. Boshqaruv modellarini yaxshi o’zlashtirishimiz va undagi ko’plab tavsiyalarni mamlakatimiz hayotida qo’llashni boshlash.
2. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Xalq davlatga emas, davlat
xalqga xizmat qilishi kerak” shiori va 2017-yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili”, 2018 yilni “Faol tadbirkorlikni, innovatsion g’oyalarni va texnologiyalarni
qo’llab-quvvatlash yili” 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
deb belgilashi davlatimizda inson omiliga davlat tomonidan katta e’tibor berilishi kuchayib
borayotganligini bildiradi. Bu voqe’lik va jarayonlardan har qanday boshqaruvlarda
foydalanishimiz lozim.
3. Mamlakatimizda hozirda tashkil qilinayotgan turli- tuman tashkilotlar,
korxonalar, firmalar va boshq.. jahonda tan olingan Yaponiya boshqaruv modelini,
tizimini o’rganishi uchun tashviqot ishlarini boshlash kerak. Menejmentning modellari.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba