O’zbеkistonda dеmokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va ijtimoiy adolat tushunchalari, mazmun va mohiyati.
O’zbеkistonda dеmokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va ijtimoiy adolat tushunchalari, mazmun va mohiyati. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda.
“Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush
darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda, O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.” Darhaqiqat, bozor munosabatlariga o‘tish davrida mamlakatimizda kuchëi ijtimoiy himoya tizimi shakllantiriëdi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jixatdan yangi bosqichga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo‘ëlab-quvvatlashning zamonaviy tizimi shakllantirilmoqda. Birinchi Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, biz shunchaki demokratik davlat emas,baëki adolatli demokratik davlat qurishga intilyapmiz.
Adolatga intilish – xalqimiz ma’naviy – ruhiy dunyosiga xos eng muhim hususiyat.
Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak.
Darhaqiqat, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishda adolatomili muhim o‘rin tutadi. SHu ma’noda adolat tushunchasi, uning erkinlik, demokratiya va barqaror taraqqiyot g‘oyalari bilan mushtarak jixatlari bugungi kunda ham zamonaviy mazmun kasb etmoqda.
Lekin tarihan oladigan bo‘lsak, ijtimoiy adolat g‘oyasi insoniyatning butun tarihi orqali o‘tib
kelgan. Shu bilan birga jamiyatni adolatli tashkil etish orzusi va uning hayotdagi haqqoniy
mavjudligi o‘rtasida doimo ziddiyat bo‘lib kelgan. Shunga qaramay uni «naqd qilib qo‘yishga» urinish to‘htamagan. Shu nuqtai nazardan insoniyat sivilizatsiyasining butun tarihi ijtimoiy adolatni kengaytirish tarihi hamdir. Albatta, Sharq va G‘arb jamiyatlaridagi bu kabi qadriyatlar bir-biriga zid emas, ular o‘zaro uyg‘unlikda umuminsoniy qadriyat darajasida jamiyat hayotida ijtimoiy adolat qoidalarining barqaror bo‘lishiga hizmat qiladi. Sharq va G‘arb an’analarida asrlar davomida shakllanib kelgan bu kabi tushunchalar hamda qadriyatlar mustaqillik davrida jamiyatimizda umuminsoniy g‘oyalar sifatida qayta shakllanishi shu jixatdan katta ahamiyatga ega. Zero, bu jamiyatimizda insonparvarlik, birdamlik, inson erki va mas’uliyatini manfaatlar uyg‘unligi, qonun ruhi va demokratiya qadriyatlari asosida amalga oshirishga va shu tariqa ijtimoiy adolatni mustahkamlashga hizmat qiladi. Umuman, mustaqillik davrida odamlarimiz ongida ijtimoiy adolatning yangicha tushunchasining shakllanishi mamlakatimiz kelajagi va islohotlar muvaffaqiyati garoviga aylanmoqda. Adolatli jamiyat qurish haqidagi umuminsoniy orzular va
qarashlarni yangi jamiyat barpo etish manfaatlariga bo‘ysundirish muhim amaliy masala bo‘lib turibdi. Biz barpo etayotgan jamiyat insonparvar bo‘lmog‘i zarur. Bunda demokratik modellarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olmasdan, balki ilg‘or demokratik jamiyatlar tajribasini tanqidiy o‘rganish asosida fuqarolik jamiyatini qurish ehtiyojlariga hizmat qildirish talab etiladi.
Har qanday demokratik jamiyat ma’lum ma’noda ijtimoiy asoslarni birëamchi manba sifatida qabul qiladi. Ijtimoiy asoslari bo‘lmagan jamiyat o‘z taraqqiyotida sobit bo‘la oëmaydi. SHu ma’noda demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari muhimdir.
Umumiy ma’noda ijtimoiy himoya demokratik huquqiy davlat tomonidan fuqarolar, turli
jamoalarning huquqlarini ta’minlash bilan cheklanib qoëmay, ulardan amalda foydalanishni
kafolatlash, amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni anglatadi. Ya’ni,insonlar davlat uchun emas, davlat halq uchun hizmat qiladi‚ bu inson va uning qadr-qimmatigahurmat deb baholanadi.
Ijtimoiy innovatsiyalar paydo bo‘lishi yoki qo‘llanilishiga, ijtimoiy sohadagi ayrim jarayonlar
sabab bo‘ladi, jumladan:
– mavjud ijtimoiy muammolarni jadallashishi, ushbu muammo echimini yangicha usulda hal
qilishni taqozo etadi; ushbu jarayonlarga misol tariqasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganda yurtimizda o‘ta qaltis ijtimoiy vaziyat vujudga kelgan edi. Aholining o‘sish sur’atlari o‘rtacha sobiq ittifoq ko‘rsatkichdan uch barobar yuqori edi. Buning ustiga, mehnat resurslari aholining o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan ikki barobar tez o‘sayotgandi. Oxir-oqibatda ishsizlik darajasi ortib, axoli daromadlari keskin tushib bormokda edi. Bu jarayon o‘ziga xos yangicha ijtimoiy siyosatni amalga oshirishni o‘sha davr talabi darajasiga olib chiqqan edi.
– ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun resurslarning etishmasligi, bu sohada yanada samaralirok vositalardan foydalanishga olib keladi; Bunday holatda ijtimoiy munosabatlarni yanada takomillashtirishda nafaqat tabiy resurslar balukim inson omili, etarlicha mablag‘ bilan ta’minlanish holati, vaqtning chegaralanganligi va masofa hamda transport omillarining etishmasligi sabab bo‘ladi. – ijtimoiy sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga bo‘lgan talabning oshib borishi, yoki xalqaro me’yorlarga moslashtirish. Ijtimoiy sohadagi xizmat ko‘rsatish talablarining oshib borishi innovatsion xarakterga ega bo‘lgan xizmat sohalariga bo‘lgan extiyojlarni oshirib boradi.
Bugungi kunda ijtimoiy innovatsiyalarga bo‘lgan talab va extiyojlardan kelib chiqib, ijtimoiy
innovatsiyalar quyidagicha tasniflanadi:
Birinchidan: ijtimoiy innovatsiyalar ijtimoiy omillarning qamrovi bo‘yicha:kompleks va mahalliy ijtimoiy innovatsiyalarga bo‘linadi. Bu yo‘nalishda ijtimoiy omillar hududlaridagi ko‘lamidan elib chiqib belgilanadi. Misol uchun qaysidir viloyatda uchrayotgan ijtimoiy muammo butun Respublikaga tegishli bo‘masligi mumkin yoki butun Respublikada shu muammo mavjud bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan: jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha:siyosiy, iqtisodiy, madaniy ma’naviy va ijtimoiy sohalarda innovatsiyalarniqo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Uchinchidan: amalga oshirish davri bo‘yicha innovatsiyalar strategik hamda taktik usulda
bajariladi.
To‘rtinchidan:tashkilotda ijtimoiy yo‘nalishni shakllantirish bo‘yicha, xodimlarningmehnat
sharoitlari, madaniy saviyasi hamdakorxonadagi mavjud ijtimoiy infratuzilma orqali amalga
oshiriladi.
Beshinchidan: amalga oshirish holati bo‘yicha, ichki hamda tashqi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy innovatsiyalar.
Oltinchidan: amalga oshirish shakli bo‘yicha, moddiy, tashkiliy va madaniy ijtimoiy innovatsiyalar.
Ettinchidan: ishlatilish ko‘lami bo‘yicha, alohida ob’ektga qaratilgan bir martalik ijtimoiy
innovatsiyalar va bir qancha ob’ektga qaratilgan keng tarqalgan ijtimoiy innovatsiyalar.
Sakkizinchidan:maqsadi bo‘yicha, faoliyat tamoyilini yangilashga qaratilgan innovatsiyalar va yangi maxsulot faoliyatini tashkil etishga qaratilgan innovatsiyalarga bo‘linadi.
Ijtimoiy innovatsiyalarning yuqoridagi struktura bo‘yicha tasniflanishi o‘z navbatida ularning
qo‘llanish sohalarini ham alohida namoyon etadi. SHunday ekan, ijtimoiy innovatsiyalar qo‘yidagi ijtimoiy sohalarda ko‘llaniladi. Birinchidan: aholining yashash sharoiti, bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan sohalarda; ikkinchidan: sog‘liqni saqlash tizimi sohasida; uchinchidan: ta’lim sohasida; to‘rtinchidan: aholi madaniy saviyasini oshirishga qaratilgan sohalarda;beshinchidan: aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan sohalarda; oltinchidan:aholini turar joy bilan ta’minlashga qaratilgan sohalarda; ettinchidan: jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida;
sakkizinchidan: atrof muhitni muhofaza qilish sohasida; to‘qqizinchidan: aloqa xizmatlari sohasida;
o‘ninchidan: kam ta’minlangan oilalar, qariyalar, himoyaga muhtoj bolalar va nogironlarni qo‘llab quvvatlash sohalarida qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda demokratik siyosiy tizimning eng muhim sub’ekti bo‘lmish davlatchilikni isloh qilishda yangi vazifalar ko‘ndalang turibdi. Bu, avvalambor, hozirgi bosqichda siyosiy institutlarning va nodavlat ijtimoiy uyushmalarning xilma-xilligi hamda ularning roli mustahkamlanishi, shuningdek, aholining siyosiy faolligi oshishi asosida jamiyat hayotini yanada demokratlash vazifalari muhim va dolzarb bo‘lib qolganligi bilan izohlanadi1.O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar – huquqiy demokratik davlat va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin va adolatli fuqarolik jamiyati rivojlanish bosqichi kechmoqda. Jamiyat hayotining demokratlashuvi sharoitida demokratik tartibot, barqaror rivojlanish muammolariga e’tibor oshishi tabiiy. Zero bu jarayon siyosatdan tortib ma’naviyatgacha, ish haqidan tortib davlat boshqaruvigacha bo‘lgan sohalarning barchasida tub o‘zgarishlarni, zamonga mos yangiliklar qilishni talab etadi. Bu talablar bajarish mustaqilligimizning ilk yillaridanoq davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib kelmoqda.
SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda 1990 yilda davlat byudjeti harajatlarining
atigi 31% ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. 1992 yilda madaniy-ijtimoiy tadbirlar uchun davlat byudjetining 35,43% sarflangan, bu raqam 1993 yilda 37,79%, 1994 yilda 43,03%, 1995 yilda 45,29%ni, 2008 yilda esa 50%dan oshiqni tashkil etgan. 2015 yilda davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga qariyb 60% mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Uning 34 foizi ta’lim, 15 foizi sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilganligi diqqatga sazovordir. Ushbu ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, rivojlanishning ―o‘zbek modeliga‖ ko‘ra ushbu sohada ham davlat boshislohotchi bo‘lib ijtimoiy sohani har tomonloma rivojlantirib bormoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlangan va erkin
fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimiz hayotining barcha sohalarini modernizatsiyalashning hozirgi davrida ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyiliga tayanib olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlar xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilmoqda.
Bunda albatta ijtimoiy yangilanishlar va ijtimoiy innovatsiyalar muhim ahamiyat kasb etayotganltigini inobatga olish lozim Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. Misol uchun, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‘rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o‘sib borayotganidan dalolat beradi.
Odamlarning daromadlari ortishi bilan oilalarning moddiy ahvoli ham sifat jihatdan o‘zgarib
bormoqda. Tadqiqotlarga qaraganda, bugungi kunda yurtimizdagi oilalarning 94 foizi xolodilniklar, 84 foizi turli oshxona elektr jihozlariga, 63 foizi kir yuvish mashinalari, yarmidan ko‘pi komputer, changyutgich, mikroto‘lqinli pechlarga ega, uchdan bir qismi esa konditsionerlardan foydalanmoqda.
O’zbеkistonda dеmokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va ijtimoiy adolat tushunchalari, mazmun va mohiyati.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.











