Ta’limning Insеrt usuli (texnikasi).
Insеrt – samarali o`qish va fikrlash uchun matnda bеlgilashning intеrfaol tizimi.
Insеrt – avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda bеlgilash uchun savollarning qo`yilish muolajasi. Shundan so`ng matnda uchraydigan, har turdagi axborotlarning bеlgilanishi .
Insеrt – matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o`zining mustaqil bilim olishini
faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli asbob.
Insеrt– bu, o`zlashtirishning majmuali vazifalarini еchish va o`quv matеrialini
Matnda belgilash tizimi
() – men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi;
() – yangi axborot belgisi;
() – meni bilganlarimga, zid belgisi;
() – meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha menga qo‘shimcha axborot kerak belgisi.
| | + | __ | ? |
Insert usuli qo‘llanilgan o‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
| Ishlar bosqichi va mazmuni
|
F a o l i ya t m a z m u n i | |
| ta’lim beruvchi | ta’lim oluvchilar | |
|
1 – bosqich Tayyorgarlik |
O‘quv mashg‘ulot maqsadini aniqlaydi, uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlarini shakllantiradi, kerakli o‘quv materiallarini tayyorlaydi |
|
|
2 – bosqich Kirish |
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi. |
Yozib oladilar. |
|
3 – bosqich Asosiy
|
Mavzu bo‘yicha mavjud axborotlarni faollashtiradi: aqliy hujum usuli yordamida quyidagi savolga javob berishlarini taklif etadi: «Siz… Shu to‘g‘risida nimalarini bilasiz?»
YOzuv taxtasida alohida so‘z yoki so‘z bog‘lovchilari ko‘rinishida yozishni tashkillashtiradi. Olingan axborotlarni toifalar bo‘yicha tizimlashtirishni taklif etadi. Buning uchun: 1) toifali jadval tuzilmasini jamoaviy muhokamasini tashkillashtiradi; 2) yozuv taxtasida jadval chizishni va unga (jamoaviy/ alohida) olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi Hosil qilingan bilimlarni umumlashtiradi: quyidagi savolga javob berishlarini taklif qiladi: «Siz qanday yangiliklarni bilishni xohlar edingiz?», «Sizga…Shu to‘g‘risidagi bilimlar nima uchun kerak?» Matnni tarqatadi, uni o‘qib chiqishni va insert usulidan foydalanib matn chetida belgilar qo‘yishni taklif etadi. Ishning borishini kuzatadi. Ishning o‘zaro tekshiruvini o‘tkazish va o‘qish paytida paydo bo‘lgan savollarga javob berishni taklif etadi Ixtiyoriy belgi bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi va guruhli Insert jadvallarini tuzishni va ularga olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi. Natijalar taqdimoti boshlanishini e’lon qiladi |
Savollarga javob beradilar
Jadvalning tuzilmaviy tarkibiy qismlarini echishda ishtirok etadilar. Unga axborotlar «Kiritadilar». Savollarga javob beradilar Juftlikda ishlaydilar; o‘rganilgan material bo‘yicha fikr almashadilar Muhokama vaqtida tanlab olingan axborotlarga asoslanib, guruhli jadvallar tuzadilar Guruh sardorlari natijalar taqdimotini o‘tkazadilar. Bunda ular e’tiborni asosiy axborotga qaratadilar, o‘qish davomida paydo bo‘lgan savollarni aytadilar. |
| 4 – bosqich. Yakuniy | Olingan axborotni umumlashtiradi va sharhlaydi. Paydo bo‘lgan savollarga javob beradi, muhim qo‘shimcha axborotni beradi. Maqsadga erishish muvaffaqiyatini tahlil qiladi va baholaydi. Keyingi ish istiqbollarini aniqlaydi | |
Ta’limning Insеrt usuli
Muallif:SH.R Xasonova.











