Домой Foydali Mahmudxo’ja Behbudiy haqida

Mahmudxo’ja Behbudiy haqida

Mahmudxo’ja Behbudiy haqida.

Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston, o’zbek jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919-y.) tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi.

O‘lkamizni bosib olgan Rossiya imperiyasi uzoq yillar zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinayotgan bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lishdan saqlab qolish, avlodlarni ozodlik va mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning izdoshlari zimmasiga tushgandi.

Ular Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktablar tashkil etib, ulardagi o‘qitish tizimini isloh qildi. Xususiy maktablar ochib, bolalarga diniy fanlar bilan birga aniq va tabiiy fanlarni o‘qitdi, she’r va maqolalari hamda sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindi.

Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919-y.) tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi.

Tavsiya etamiz: Jadidlar haqida va rasmlari

O‘lkamizni bosib olgan Rossiya imperiyasi uzoq yillar zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinayotgan bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lishdan saqlab qolish, avlodlarni ozodlik va mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning izdoshlari zimmasiga tushgandi.

Ular Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktablar tashkil etib, ulardagi o‘qitish tizimini isloh qildi. Xususiy maktablar ochib, bolalarga diniy fanlar bilan birga aniq va tabiiy fanlarni o‘qitdi, she’r va maqolalari hamda sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li Ahmad Yassaviy avlodidan bo‘lib, imom-xatiblik bilan shug‘ullangan. Ona tomondan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, Buxoro amiri Shohmurod davrida (1785-1800-y.) Samarqandga kelib qolgan. Mahmudxo‘ja tog‘asi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramog‘ida o‘sib voyaga yetdi. Arab tili grammatikasini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rgandi. Buxoro madrasalarida tahsil olib yurgan paytlarida dastlab onasi (1893-y.), so‘ng otasi (1894-y.) vafot etgach, moddiy qiyinchiliklar sabab o‘qishni nihoyasiga yetkaza olmadi. Samarqandga qaytib, Muhammad Siddiq qozixonasida mirzalik qila boshladi. Tez orada qozilikdan mufti darajasiga ko‘tarildi.

1899-1900-yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy Haj ziyoratiga otlanadi. Sakkiz oylik sayohati davrida ozodlik uchun kurash yo‘llarini izladi. Jahonda bo‘layotgan voqea-hodisalar, jumladan, milliy ozodlik harakatlari va ularning sabablari, mohiyatini millat manfaati nuqtai nazaridan tafakkur chig‘irig‘idan o‘tkazadi. Sharqning Yevropa davlatlari mustamlakasi ostida bo‘lgan boshqa mamlakatlari ahvoli haqida ma’lumot to‘plab, ularning hurriyat yo‘lidagi harakatlarini o‘rgandi.

Vataniga qaytgan mutafakkir tariximizning tanazzul bosqichlari, sabablarini taftish qildi, bu masalalar borasida maslakdoshlari Hoji Baqo, Ho‘qandboy Abduxoliq o‘g‘li, Badriddin singari dunyoqarashi keng insonlar bilan munozaralar o‘tkazdi. Ana shu bahslar, fikr almashuvlar natijasida xulosalar chiqarib, Turkistonning mustamlakaga tushib qolishi sabablarini ko‘rsatib, yurtni ozod qilish bo‘yicha rejalarini ishlab chiqadi.

Ammo buni amalga oshirish yo‘lida bir-biridan kuchli to‘siqlar bor edi. Ularning eng og‘iri xalq ommasining parokandaligi, ijtimoiy va huquqiy ongining pastligi edi. Shuning uchun ham Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning safdoshlari hurriyat uchun kurashning dastlabki va zaruriy bosqichi — millatni ma’rifat bilan “qurollantirish”ni tanlaydi.

Tavsiya etamiz: Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar.

1903-yili alloma tashabbusi bilan shogirdlari Siddiqiy Ajziy, Abduqodir Shakuriy Rajabamin qishlog‘ida, Hoji Muin Xo‘ja Nisbatdor mahallasida jadid maktablarini ochadi. Behbudiy maktablar faoliyatini tashkil etish bilan birga, ular uchun “Risolai asbobi savod” (1904-y.), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (1905-y.), “Risolai jug‘rofiyoyi Rusiy” (1905-y.), “Kitobat ul-atfol” (1908-y.), “Amaliyoti islom” (1908-y.), “Tarixi islom” (1909-y.) kabi darslik va qo‘llanmalar yozadi.

1908-yili “Qiroatxonayi Behbudiya” (keyinchalik “Behbudiya” nomi bilan mashhur bo‘lgan) kutubxonasini ochadi. Ushbu kutubxona ikki navbatda – soat 9 dan 17 gacha va soat 18 dan 24 gacha kitobxonlarga xizmat ko‘rsatgan.

Alloma “Samarqand kutubxona islomiyasi” maqolasida kutubxonada 600 ta kitob va risola, gazeta va jurnal esa undan ham ko‘p bo‘lganini yozadi. 1914-yilgi sayohati davomida Kavkaz, Qrim, Turkiya, Yunoniston, Bulg‘oriston, Avstriya va Germaniyaning turli shaharlarida bo‘lib, u yerlardan o‘z kutubxonasi uchun juda ko‘p kitob va risolalar olib keladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy yangi usul maktablari faoliyatini tashkil etish, darsliklar yozish, kutubxona ochish bilan cheklanib qolmagan. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib borish, millat va Vatan ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lish uchun 1913-yildan matbuot ishlarini yo‘lga qo‘yadi va shu yilning aprelidan “Samarqand” gazetasi hamda avgust oyidan “Oyina” jurnalini chiqara boshlaydi. “Samarqand” gazetasi o‘zbek va tojik tillarida, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt sahifada chop etilgan.

1919-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy Favqulodda komissiya ayg‘oqchilari yordamida Shahrisabz bekligida qo‘lga olinadi. Oradan taxminan ikki oy o‘tgach, Qarshiga keltirib zindonga tashlanadi. Bir necha kundan so‘ng Qarshi begi Tog‘aybekning buyrug‘i bilan yordamchisi Nuriddinxo‘ja Og‘aliq Ahmadxo‘ja o‘g‘li tomonidan zindon yaqinidagi “podsholik chorbog‘i”da o‘ldiriladi.

Tavsiya etamiz: Jadid maktablarning vujudga kelishi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev XX asr boshlarida Turkistonda zamonaviy ta’lim tizimiga asos solgan, millat ozodligi, xalq farovonligi uchun kurashgan barcha jadidlarga, jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiyga ehtirom bildirib, yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish hamda ma’naviy merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha adolatli ishlar qilmoqda.

Chunonchi, 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida milliy yetakchimiz “…2020-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida ma’rifat mash’alasini baland ko‘tarib chiqqan ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanadi. Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak.

Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”, deya ta’kidlagani buyuk allomaning millatimiz va davlatimiz oldidagi tengsiz xizmatlari e’tirofidir, albatta.

Tavsiya etamiz: Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo’shgan hissasi.

manba.